Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Birgalikdagi samarali faoliyat konsepsiyasi


Download 245.83 Kb.
bet44/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Birgalikdagi samarali faoliyat konsepsiyasi


O‘qituvchining talabalar bilan hamda talabalarning talabalar bilan birgalikdagi samarali faoliyati konsepsiyasini professor V.Ya. Lyaudis ishlab chiqqan.
Bu o‘quv vaziyati bir-biri bilan bog‘liq to‘rt qismdan iborat: ➢ o‘quv predmetining mazmuni;
sharoit;
o‘zaro harakatdagi o‘quv tizimi;
barcha qismlarning o‘zaro aloqa dinamikasi.

Birgalikdagi samarali faoliyat vaziyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar:


-o‘qishning boshidan qatnashchilarni ijodiy samarali faoliyatga qo‘shish;
-oraliq vazifalar tizimini talabalar va o‘qituvchilarning birgalikda rejalashtirishi;

  • o‘quv faoliyatida hamkorlik, mazkur faoliyatga o‘zining xissasini qo‘shishini aniqlashga yo‘naltirish;

-o‘qitishning borishi qonuniyatlari: faoliyatga kirish, harakat, imitatsion harakatlar, harakatni qo‘llash.

O‘qituvchi ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagilarni:


-Qaysi mavzularni hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur mashg‘ulotlarni taqvim-rejada belgilashi;
-Ushbu mavzu bo‘yicha talabalarga tavsiya etiladigan o‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalarni tayyorlashi;
-Hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘tiladigan mashg‘ulot turi, mashg‘ulotning tuzilishi va borishini loyihalashi;
-O‘tgan va yangi mavzular yuzasidan talabalar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud:


Komandada o‘qitish (R.Slavin) da talabalar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir talaba mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishiga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, talabalarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha ko‘rsatma berilishi yetarli emas. talabalar o‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir talabaning qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada talabalarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir talabaning kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina talabalar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi.

Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling