Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet49/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Adabiyotlar


  1. Navigating the new pedagogy: six principles that transform teaching/Jeff Halstead, United Kingdom, 2011 – 23-30 p.

  2. http://majmua.tdpu.uz/shaxsiyreja/views/majmua/files/22103_7-ma’ruza.pdf

  3. https://referat.arxiv.uz/index.php?do=files&op=download&fileid=61633& news_ page=2

  4. 2 Jan Kielven THE ARTFUL SCIENCE OF INSTRUCTIONAL INTEGRATION. Adapted from: BEYOND MONET.

Barrie Bennett / Carol Rolheiser. 2001 p 14.

  1. Lutfillaev M.X. Oliy ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi. Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.

  1. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

  2. Рахима Мавлванова, Наргиз Рахманкулова Бошланғич таълим педагогикаси, инноватсия ва интергатсия “Бошлангич таълим” мутахассислиги: Бакаиаврият йўналиши - 5111700 бўйича педагогика

университетининг талабалари учун ўқув қўлланма.-Т.: « Ворис-нашриёти » 2013й.

  1. Н.Н.Азизхужаева Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Т.: Фан, 2003й.

  2. Омонов Х., Хўжаев Н., Мадярова С., Эшчонов Э., Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат.-Т.: ИҚТИСОД МОЛИЯ, 2009.

  3. Мусурмонова О. Педагогик технологиялар – таълим самарадорлиги омили; монография / Т.: “Ёшлар нашриёт уйи”, 2020 y.

  4. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
  1. mavzu: Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining mazmuni va mohiyati

Reja:


  1. Ta’limning metodologik asoslari.
  2. Zamonaviy didaktika konsepsiyasi.


  3. Sharq mutafakkirlarining didaktika haqidagi fikrlari.

Ta’lim va o’qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo`lgan didaktika o`rganadi.
Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo`shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o`qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.
Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar.
Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim.
O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz.
Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq
vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi.



Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling