Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-Ma’ruza. Muammoli o’qitish texnologiyasining mohiyati va mazmuni.
AdabiyotlarLutfillaev M.X. Oliy ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi. Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y. Рахима Мавлванова, Наргиз Рахманкулова Бошланғич таълим педагогикаси, инноватсия ва интергатсия “Бошлангич таълим” мутахассислиги: Бакаиаврият йўналиши - 5111700 бўйича педагогика университетининг талабалари учун ўқув қўлланма.-Т.: « Ворис-нашриёти » 2013й. Н.Н.Азизхужаева Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Т.: Фан, 2003й. Омонов Х., Хўжаев Н., Мадярова С., Эшчонов Э., Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат.-Т.: ИҚТИСОД МОЛИЯ, 2009. Мусурмонова О. Педагогик технологиялар – таълим самарадорлиги омили; монография / Т.: “Ёшлар нашриёт уйи”, 2020 y. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y. 12-Ma’ruza. Muammoli o’qitish texnologiyasining mohiyati va mazmuni.Reja. Muammoli ta’lim va uning xususiyatlari.Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari. Muammoli ta’lim XX asrning 20-yillarida Amerikalik olim J.Dyui va uning shogirdi V.X.Kilpatrik tomonidan taklif etilgan. Bu texnologiya ta’lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatlar qo‘yilishi va o‘quvchilarning ushbu muammoni hal etish orqali bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga asoslanadi. Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq: 1.O‘quv materialini muammolashtirish; O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish; Ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish; 4.O‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o‘quvchilarga bayon etish. Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Muammoli ta’limning zamonaviy nazariyasida muammoli vaziyatlarning ikki turi mavjud: Psixologik muammoli vaziyatlar. Pedagogik muammoli vaziyatlar. Psixologik muammoli vaziyatlar o‘quvchilar faoliyatiga, pedagogik muammoli vaziyatlar o‘quv jarayonining tashkil etilishiga taalluqlidir. Muammoli vaziyatlarning bu ikki turi bir-birini taqozo etadi. Pedagogik muammoli vaziyatlar o‘quvchilardan faqat fikr yuritishnigina talab qilmay, balki bilish munozarasida ishtirok etish, u yoki bu hodisa haqidagi hayotiy va ilmiy tasavvurlarni qiyoslash, olimlarning turli nuqtai nazarlarini taqqoslash, shuningdek, ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida dars davomida yangi dalillarni ma’lum qilish, mazkur dalillarning fan-texnika rivoji uchun ahamiyatini yoritish, ajablanarli dalillarni, qiziqarli biologik masalalarni bayon etish orqali vujudga keltiriladi. Muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi. Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o‘tish tavsiya etiladi. O‘qitish jarayoniga muammoli darslarni qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi zarur: O‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish mumkinligini; Mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilishini; O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish yo‘llarini belgilashi. Muammoli darslarda o‘qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o‘quvchilar oldiga o‘quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo‘yish, darsda mazkur o‘quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o‘quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. O‘quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi. Hozirgi zamon muammoli darslarning didaktik maqsadi: o‘quv muammolarni hal etishda o‘quvchilar tomonidan avval o‘zlashtirgan bilimlarini ijodiy qo‘llanib, yangi bilimlarni egallash ko‘nikmalarini; bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish va amalda qo‘llanish malakalarini; izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlantirishdan iborat. Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling