Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
2. Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari.Muammoli darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan («Tafakkur bo‘roni» B.R.Qodirov), («Miyaga hujum», «Fikrlar to‘qnashuvi», «Fikrlar jangi maydoni» V.M.Karimova, F.A.Akramova), («Aqliy hujum» J.G‘.Yo‘ldoshev) atash rasm bo‘ldi. Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llaniladi. Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalarni, eksperimental topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni echishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi (talaba)lar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi, oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, hodisalarning sabablarini aniqlaydi, ularning kelib chiqishini tushuntiradi, muammoli vaziyatni echishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o‘quvchi (talaba)larning bilimga qiziqishini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi, Ta’limning muammoli-qidiruv uslublari amalda bilimni so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyot uslublari yordamida amalga oshiriladi. SHu bilan birgalikda o‘quv materialini muammoli bayon qilish uslubini qo‘llash, amaliy muammoli-qidiruv ishlarini bajarish, hatto tadqiqot tipidagi amallarni olib borish to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. O‘quv materialini muammoli uslub yordamida o‘tish muammoli tuzilgan ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, faktlarni tahlil qilish, o‘quvchi (talaba) fikrini o‘z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishini ko‘zda tutadi. Muammoli ta’lim uslublaridan biri evristik va muammoli qidiruv suhbati hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchi (talaba)lar oldiga qator izchil va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan savollar majmuini qo‘yadi. O‘quvchi (talaba)lar ularga javob berganda qandaydir shakllarni aytadilar. Aytganlari to‘g‘ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. SHu bilan birga yangi bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil ravishda oldinga siljishni amalga oshiradilar. Agar evristik suhbatda bunday taxminlar yangi mavzuning faqatgina biror qismiga aloqador bo‘lsa, muammoli-qidiruv suhbatda o‘quvchi (talaba)lar muammoli vaziyatning butun bir tizimini echadilar, SHuning uchun ham bu suhbatlarning farqi shartli va faqatgina muammoli vaziyatda qo‘llanish tadbirlariga taalluqlidir. Ta’limning muammoli- qidiruv uslublarida ko‘rgazmali qo‘llanmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda muammoli vaziyatni yaratadigan eksperimental masalalarni qo‘yish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, keyingi paytda rasmlar va chizmalar tizimi ko‘rinishida muayyan o‘quv vaziyatlari tasvirlarining ko‘rgazmali qo‘llanmalari ko‘p tayyorlanmoqda. Bu usulda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashining ustuvor sabablarini aniqlash oson kechadi. Muammoli-qidiruv uslublari ko‘proq ijodiy bilim faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular o‘quvchi (talaba)larning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu uslublar, ayniqsa, quyidagi hollarda samarali qo‘llaniladi: o‘quv jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko‘zda tutilganda, faktik axborotni ma’lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya – eksperimental o‘quv va ko‘nikmalarini hosil qilishda, o‘quv materialining mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo‘lmasdan, ilgari o‘rganilganining mantiqiy davomi bo‘lsa, uning asosida o‘quvchilar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sabab-oqibat va boshqalarga olib kelsa. Qidiruv uslublari o‘qituvchi (pedagog)lar o‘quvchi (talaba)larni muammoli vaziyatni echish faoliyatiga tayyorlagan hollarida qo‘llaniladi. SHu nuqtai nazardan bu uslub o‘zini tadqiqot ishiga bag‘ishlagan yoshlarga bilim berishda asqotadi. Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling