Muammo qo‘yishga misollar keltiramiz:
1. Arximed qonuniga doir muammoni qo‘yish. Nima uchun temir parchasini suvga tashlasak u cho‘kadi? Ayni paytda temirdan yasalgan ulkan kemalar dengizda suzib yuradi? Ushbu muammoni hal etish uchun o‘quvchi Arximed kuchi tabiatini tushuntirishdan boshlaydi. Jismlarning suvda suzish sharti, ya’ni Arximed kuchining og‘irlik kuchidan katta bo‘lishi orqali izohlanadi.
Lutfillaev M.X. Oliy ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi. Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
Рахима Мавлванова, Наргиз Рахманкулова Бошланғич таълим педагогикаси, инноватсия ва интергатсия “Бошлангич таълим” мутахассислиги: Бакаиаврият йўналиши - 5111700 бўйича педагогика университетининг талабалари учун ўқув қўлланма.-Т.: « Ворис-нашриёти » 2013й.
Н.Н.Азизхужаева Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Т.: Фан, 2003й.
Омонов Х., Хўжаев Н., Мадярова С., Эшчонов Э., Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат.-Т.: ИҚТИСОД МОЛИЯ, 2009.
Мусурмонова О. Педагогик технологиялар – таълим самарадорлиги омили; монография / Т.: “Ёшлар нашриёт уйи”, 2020 y.
Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
Ma’ruza. Didaktik o’yin texnologiyasi (2 soat). Reja.
Didaktik o‘yinlar turlari va maqsadlari.
Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dars shakllari.
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi va rivojlantirishning amaliy echimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |