Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet10/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Adabiyotlar.


  1. Lutfillaev M.X. Oliy ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi. Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.

  2. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005. -104 b.

4-ma’ruza. Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari


Reja.
  1. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashtirilgan darslarni rejalashtirish.


  2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari
  3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari


Har qanday jamiyatda pedagogik tizimning maqsadi jamiyatning shaxsni shakllantirishga qo‘ygan talablari asosida belgilanadi va jamiyat talablari asosida tizim ham o‘zgarishi mumkin. Juda ko‘p tadqiqotlarga asoslangan holda V.R.Bespalko pedagogik tizimning o‘zaro bog‘liq 6 ta elementini ko‘rsatadi.
Bular: o‘quvchi; ta’lim tarbiyaning maqsadi; mazmuni; didaktik jarayoni; o‘qituvchi yoki texnik vositalar; ta’lim tarbiyaning tashkiliy shakllari.
Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o‘quv materialini va uni amalda qo‘llashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari o‘rganilgan narsalarni o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarning o‘zaro bog‘lanishidir.
Bizningcha pedagogik faoliyatni tahlil qilishda uning barcha tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish, ularning uzviy bog‘liqligini chuqur tushunish, o‘qituvchi qo‘ygan masalalar, uni echish yo‘llari va ko‘zlangan maqsadlar qanchalik uyg‘unlashib ketishini his etish lozim.
Dars o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti, ham munosabati doirasida amalga oshadi. Darslar asosan 3 ta komponentdan iborat bo‘ladi:

    1. Tayanch bilimlarni aktuallashtirish, ya’ni avvalgi o‘tilganlarni xotirada tiklash.

    2. YAngi tushunchalarni o‘rganish usullarini aniqlash.

    3. Olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli tushuntiradi, savol javob mavzu doirasida qiziqarli uyushtiriladi. Keyingi darsda o‘quvchilar o‘qituvchi kabi gapirishga harakat qiladi, kitobdan mavzuni qayta qayta o‘qiydi, aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu o‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mavzu so‘ralganda o‘quvchi aytishga qiynalib qoladi. YUzaki yodlashning natijasi shunday mavhum holatlarga olib keladi.
Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, bahs munozaraga, o‘zini-o‘zi tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishga, bola tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.



Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling