Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.
Adabiyotlar.Lutfillaev M.X. Oliy ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi. Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005. -104 b. Рахима Мавлванова, Наргиз Рахманкулова Бошланғич таълим педагогикаси, инноватсия ва интергатсия “Бошлангич таълим” мутахассислиги: Бакаиаврият йўналиши - 5111700 бўйича педагогика университетининг талабалари учун ўқув қўлланма.-Т.: « Ворис-нашриёти » 2013й. Н.Н.Азизхужаева Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Т.: Фан, 2003й. Омонов Х., Хўжаев Н., Мадярова С., Эшчонов Э., Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат.-Т.: ИҚТИСОД МОЛИЯ, 2009. Мусурмонова О. Педагогик технологиялар – таълим самарадорлиги омили; монография / Т.: “Ёшлар нашриёт уйи”, 2020. 184 б Mavzu: Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.Reja.Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari. Integratsiyalangan darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar.Integratsiyalangan darslarni tashkil qilishda chet el tajribasi va undagi muammolar. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari. Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang‘ich talimni integratsiyalash masalasi bo‘yicha keyingi paytda bir qancha yondashishlar bo‘ldi: darsni ikki fan o‘qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o‘qituvchi tomonidan o‘tilishi, integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirish. Bunga maktab ham, didaktika va metodika ham tayyor emas. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladi. Bunday yondashish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda gap faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o‘rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan. Oxirgi paytda maktab ta’limini integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p gapirildi. Olimlar va amaliyotchi-o‘qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo‘lmoqda: masalan, matematika va konstruksiyalash, tasviriy san’at va badiiy mehnat, bu yo‘llarning samaradorligi to‘g‘risida chet ellik pedagoglarning ko‘p yillik ishlari natijalari bo‘yicha baholash mumkin integratsiyalangan kurslar chet el maktablari uchun odatiy holga aylangan. Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, tabiat va jamiyat xaqidaga bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘kuv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishiga ega bo‘lgan integratsiyalangan fanlar jahon hamjamiyatida o‘kuvchilarda atrof- muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanliga to‘g‘risida xabar beradi. Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo‘llaniladi. Birinchisi bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. SHu masaladagi 1988 yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba o‘rganishi natijalari juda keng. Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o‘z ichiga odamlar bilan muloqot (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar), o‘z-o‘zi bilan muloqot va atrof-muhitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi. Kursning maqsadlaridan yana biri o‘zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli- tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko‘rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yadi. Bunda kursning ta’limiy kichik maktab o‘quvchilarining kurs bilan parallel ravishda asosiy fanlarni ham o‘rganishlariga hamda o‘rta maktab ta’limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Kursning tuzilishi qanday? Kursning integrativligi uning tuzilishiga xos xususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo‘lgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida o‘z rivojini topadi. Shunday qilib kurs asosiga qo‘yilgan (fikrlarning) g‘oyalarning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yo‘l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan-sinfga), bunda bir mavzu bolaning o‘sishiga qarab murakkablashib boradi. Integrativlik insonning olam bilan o‘zaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga kiritilgan: bola idrokida abstrakt bo‘lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, er planetasi, katta bo‘shliqlar va vaqt qa’ri). YAqin olam (mikroolam, uy oldidagi hayvonlar va o‘simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati). Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya markazlari, insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari insonning ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari). Shu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochish-kurs tizimining asosiy mantiqidir. Kurs oddiydan murakkabga, bilishdan-ilmga, tartibsizlikdan uyg‘unlikka, chanqoqlikdan mohirlikka va ijodga bo‘lgan harakatni, taklif qiladi. Bola dunyo yaralishining «g‘ishtchalari» bilan taniladi, olamning boshlanishga, insonning erda paydo bo‘lishiga murojat qiladi. So‘zlar, sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar sirlarini ochish fikrlariga. Bola makon va zamon bo‘ylab sayohatga otlanadi. Shunday qilib bola har kuni ochishi kerak bo‘lgan olamning go‘zalligini va turli tumanligini his qiladi. Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling