Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet30/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Nazorat uchun savollar:


  1. Psixik rivojlanish omili bo‘yicha turi

  2. Pedagogik texnologiyaning aspektlari

  3. Pedagogik texnologiyalarning turlari

  4. Psixik rivojlanish omiliga ko‘ra pedagogik texnologiyalarni turlari belgilang

  5. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari

  6. Pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi, metodologik asosi, didaktik asosi

  7. Pedagogik texnologiyaning pedagogik asosi, fiziologik asosi, gigenik asosi

  8. Pedagogik texnologiyaning mafkuraviy asosi, huquqiy-mea’yoriy asosi, mafkuraviy asosi

  9. Pedagogik texnologiyaning iqtisodiy asosi, tarixiy asosi, nazariy va amaliy asoslari

  10. Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi.

7-mavzu: Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi

Reja:


  1. Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar.
  2. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi


  3. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari
  4. Pedagogik texnologiyani metodikadan farqi


Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham.


Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda ko‘zlangan natijalarga erishishga bo‘lgan pedagogikaning yo‘nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989).
“Pedagogik texnologiya” so‘z birligi – bu inglizcha “an educational technology

  • “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.

“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.

    1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir (izohli lug‘at).

    2. Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini amalga oshirishning texnikasidir (V.P. Bespalko).

    3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).

    4. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik- pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).

    5. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga olib o‘qitish va bilimlar o‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashga sistemali yondashishidir (YuNYeSKO).

    6. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini o‘zgartirishdir (V.M. Shepel).

    7. O‘qitish texnologiyasi - bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib boorish bo‘yicha har tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M. Monaxov).

    8. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto).

    9. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o‘zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller).

    10. Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin).

    11. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini sistemali, konseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin).

    12. Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh assotsiatsiyasi).

      1. Download 245.83 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling