Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet48/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

«Birgalikda o‘qiymiz».


Sinf 3-4 nafardan iborat guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh bitta topshiriq oladi. Bu topshiriq sinf topshirig‘ining bir qismidan iborat. Har bir guruhda tayyorlangan ekspertlar yordamida butun sinf o‘quv materialini to‘laligicha o‘zlashtirishiga erishiladi.
O‘qitish jarayonida jamoada o‘qitish usullari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-juftlikda ishlash. O‘quvchilar bir-birlarini o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilimlarini nazorat qiladilar. Bunda o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan test topshiriqlari, savolnoma, misol-mashqlar yozilgan kartochkalardan foydalanish mumkin. Har bir o‘quvchi kartochkadagi o‘z topshirig‘ini bajarib bo‘lib, sherigining javoblarini tekshiradi. Birgalikda javoblar muhokama qilinadi, asoslanadi;
-hamkorlikda yangi material ustida ishlash. Bir o‘quvchi kartochkadagi o‘quv materialini o‘qiydi, ikkinchisi matn bo‘yicha kuzatadi. YAngi tushunchalar ta’riflari daftarga yoziladi;
-yangi o‘quv materialidagi asosiy tushunchalarni yaxshi tushungan o‘quvchi nazoratida ikkinchi o‘quvchi o‘rganilayotgan ta’rif, tasdiqlar mohiyatini tushuntirishga harakat qiladi;
-har bir o‘quvchi yangi tushunchalarga doir misollar echadi va o‘zi echgan misolning echilish jarayonini sherigiga tushuntiradi. Bunda har bir o‘quvchi o‘qituvchi vazifasini bajaradi;
-yangi o‘quv materiali ustida ishlash jarayonini A.G.Rivin metodikasi asosida tashkil etish ham mumkin. Bunda yangi o‘quv materialini bir qismini o‘zlashtirgan o‘quvchi ikkinchi qismini o‘zlashtirish uchun sherik qidiradi. YA’ni o‘quv materialining ikkinchi qismini o‘zlashtirgan o‘quvchilardan birini tanlaydi. Juftlik hosil qilgan o‘quvchilarning har biri o‘zi o‘zlashtirgan o‘quv materialini sherigiga tushuntiradi. Uchinchi qism o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun yana bir boshqa o‘quvchi tanlanadi v.h.
-o‘zgaruvchi juftliklarda ishlashni tenglama yoki tengsizliklarni, taqqoslamalarni turli echish usullarini o‘zlashtirishda, to‘plamlar yoki mulohazalar ustida bajariladigan amallarni o‘rganishda tashkil etish mumkin. Bunda misol echishning bir usuli yoki amalning bir turi bilan tanishgan o‘quvchi ikkinchi usul yoki ta’rifni o‘zlashtirish uchun sherik topadi. O‘qituvchi o‘quvchilar harakatini kuzatib, zarur holda maslahat beradi. Dars yakunida mavzuni umumlashtiradi;
-darslik bilan ishlash. Bunda «ilg‘or» o‘quvchidan maslahatchi va nazoratchi sifatida foydalanish mumkin;

  • o‘zaro nazorat. Bunda yangi o‘zlashtirilgan ta’rif yoki teoremalar, darslikdagi misol, mashqlardan foydalanish mumkin;

  • nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishda juftlikda ishlashni tashkil etish;

  • jamoada ishlash uchun kartochkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.




Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling