Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Ma’ruza. Boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlaridagi integratsiya jarayonlarining tarixiy tadrijiy rivoji
AdabiyotlarРахима Мавлванова, Наргиз Рахманкулова Бошланғич таълим педагогикаси, инноватсия ва интергатсия “Бошлангич таълим” мутахассислиги: Бакаиаврият йўналиши - 5111700 бўйича педагогика университетининг талабалари учун ўқув қўлланма.-Т.: « Ворис- нашриёти » 2013й. Н.Н.Азизхужаева Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Т.: Фан, 2003й. Омонов Х., Хўжаев Н., Мадярова С., Эшчонов Э., Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат.-Т.: ИҚТИСОД МОЛИЯ, 2009. Мусурмонова О. Педагогик технологиялар – таълим самарадорлиги омили; монография / Т.: “Ёшлар нашриёт уйи”, 2020. 184 б 3-Ma’ruza. Boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlaridagi integratsiya jarayonlarining tarixiy tadrijiy rivojiReja.Integratsiya tushunchasi, pedagogik jarayonda integratsiya. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini integratsiyalashning rivojlanish tarixi va nazariy asoslari.Boshlang‘ich maktabni integratsiya kilish. Integratsiya tushunchasi, pedagogik jarayonda integratsiya. Dastlab integratsiya so‘zining ma’nosiga to‘xtalsak. Bu termin XX asrning o‘rtalarida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik sohalarda qo‘llanila boshlangan. «Integratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan. D.N.Ushakovaning atamalar lo‘g‘atida integratsiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: «Integratsiya – bu taraqqiyot jarayonida elementlarni yoki bo‘laklarini qanday bo‘lmasin bir butunga birlashtirishdir». Xorijiy so‘zlar lo‘g‘atida bir oz boshqacharoq ta’rif berilgan: «Integratsiya – tiklash, butlash, to‘ldirish ma’nosini anglatib, elementlarni yoki qismlarni qanday bo‘lmasin bir butunga birlashtirishdir». Kondakovning «Mantiqiy lo‘g‘at-ma’lumotnomasi» kitobida integratsiya tushunchasi quyidagicha keltirilgan: «Integratsiya – qanday bo‘lmasin elementlarni yagona bir butunga birlashtirish va qandaydir yaxlitlikni tiklashdir». Yu.S.Tyunnikovning fikricha, integratsiya tushunchasiga tegishli bir qator belgilar mavjud bo‘lib, ularga: Integratsiya turli o‘zaro aloqadagi elementlar asosida quriladi. Integratsiya o‘zaro aloqadagi elementlarning sifat va son o‘zgarishi bilan bog‘liq. Integrativ jarayon mantiqiy mazmun asosiga ega. Integrativ jarayon o‘zining tuzilmasiga ega. Pedagogik yo‘naltirilganlik va uning nisbatan mustaqilligi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, integratsiya pedagogik jarayonda qo‘yilgan maqsadga bog‘liq holda yaxlit tizimni ifoda etuvchi bilimlar, usullar va ular bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bilish jarayonlari, o‘quv-bilish muammolari, o‘qitish vositalari hamda metodlarini qamrab oladi. V.S.Bezrukovaning ta’rifi bo‘yicha pedagogik integratsiya – bu ilmiy integratsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, uning ilmiy integratsiyadan farqli xususiyatlarini e’tiborga olgan holda pedagogik nazariya va amaliyot doirasida amalga oshiriladi. Integratsiya – ob’ektiv sabablarga ko‘ra har xil elementlarni birlashtirish va ularni bir butun holda qarash natijasida sodir etilayotgan tizim sifatida e’tirof etiladi. Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling