2-mavzu: aKTni o‘qiTish
vosiTasi sifaTida
ta'lim jarayoniga integratsiyalashning turli
dasturiy
vositalaridan foydalanish
texnologiyasi(2 soat amaliy).
Reja:
1. O‘quv jarayonida elektron o‘quv materiallarini yaratishda Microsoft office paketi
dasturlaridan maqsadli foydalanish.
2. O‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda elektron ko‘rgazmali didaktik material hamda
flayerlarni tayyorlash va taqdim etish imkoniyatlari.
3.
“K
undalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimida ishlash bo‘yicha maktab o‘qituvchilari
uchun ko‘rsatmalar.
1. O‘quv jarayonida elektron o‘quv materiallarini yaratishda Microsoft office paketi
dasturlaridan maqsadli foydalanish.
Microsoft office dasturlari yordamida o‘quv materiallarni yaratish usullari (Word, Excel,
Power Point dasturlari misolida)
Kompyuter va uning amaliy dasturlari ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda
pedagoglarga va ta’lim oluvchilarga katta yordam beradi. Pedagogik
faoliyatda Microsoft Office
dasturlari juda ko‘p foydalaniladi. Office dasturlari kompyuter uchun eng zarur dasturlardan bo‘lib,
hozirgi kunda kompyuter foydalanuvchilarining aksari Microsoft kompaniyasining MS Office
dasturlaridan foydalanishadi. Microsoft kompaniyasi bu sohada katta tajribaga ega bo‘lib,
dasturlarini doimo yangilab, foydalanuvchilari uchun qulay, oson va ishonchli bo‘lishini ta’minlash
ustida katta ishlar olib boradi. So‘nggi yillarda bu kompaniya tomonidan foydalanuvchilar e’tiboriga
havola qilingan MS Office 2016 paketi juda muvaffaqqiyatli chiqdi. Microsoft kompaniyasi dastlab
Windows operastion sistemasida “WordPad” va “Bloknot” matn muxarrirlaridan
foydalanilgan
bo‘lsada, hozirgi kunga kelib Microsoft Office paketini amaliy dastur muxarrirlari
foydalanuvchilarga qulay qilib ishlab chiqarmoqda. Bu paket amaliy dasturlari
foydalanuvchilarga
juda katta imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilmoqda.
Microsoft Office paketi quyidagi turlari mavjud:
•
Microsoft Office 2003
•
Microsoft Office 2007
•
Microsoft Office 2010
•
Microsoft Office 2013
•
Microsoft Office 2016
Bu Microsoft Office paketi amaliy dastur muxarrirlari bir biridan
interfeys oynasi,
gorizantal menyu satri, uskunalar paneli va foydalanuvchilarga beradigan
qo‘shimcha imkoniyatlari bilan farqlanadi.
Microsoft Office paketi amaliy dastur muxarrirlari:
Microsoft Office paketi amaliy dasturlarining menyu satrlari: