Tugatilmagan ishni kuzatish vidjeti
Vidjet tizimdagi ishlarning bajarilishini nazorat qilishda o‘qituvchining asosiy yordamchisidir. U
o‘qituvchilarning tizimda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarini ko‘rsatadi.
Vidjet qanday ishlaydi?
Har safar boshlang‘ich sahifaga kirganingizda quyidagilar tekshiriladi:
o‘tgan darslar uchun jurnalga baholar kiritilganmi;
keyingi dars uchun to‘g‘ri uy vazifasi berilganmi;
o‘tgan darslarning mavzusi darsni rejalashtirish bo‘limida to‘ldirilganmi;
muhim e’lonlar o‘tkazib yuborilmaganmi.
Barcha bajarilmagan vazifalar kategoriya bo‘yicha qizil kartalarda ko‘rsatilgan:
baholash kartasi;
uy vazifalari kartasi;
dars mavzulari kartasi;
yozuvlar kartasi.
Agar o‘qituvchining ushbu toifada muhim vazifalari bo‘lmasa, tasdiq belgisi bilan yashil
karta ko‘rsatiladi.
Eslatma: agar o‘qituvchi tizimdagi barcha majburiy ishlarni bajargan bo‘lsa, vidjet sahifada
ko‘rinmaydi.
Vazifalarni ko‘rish uchun kartani bosishingiz kerak. Bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning batafsil
ro‘yhati quyidagiday ochiladi:
Baholar kartasi
Ushbu kartada o‘qituvchilarning bitta ham baho belgilanmagan va «Dars o‘tildi» belgisi
kiritilmagan darslari ko‘rsatiladi.
Ushbu kartadagi vazifani bajarish uchun:
«Baholash» tugmasini bosing;
yangi yorliqda ochiladigan dars sahifasida baholar yoki dars o‘tkazilgani haqida
belgi qo‘ying;
boshlang‘ich sahifa yorlig‘iga qayting.
Agar topshiriq bajarilgan bo‘lsa, qator tasdiq belgisi bilan belgilanadi.
Uy vazifasi kartasi
Ushbu kartada o‘qutivchilarning uy vazifasi berilmagan yoki bir haftadan avvalroq berilgan (va
endi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin) kelgusi darslari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |