Dars soatlari rejalarini yuklab olish
Dars rejalashtirishni yuklab olish yoki chop etish uchun «Darslarni rejalashtirish» bo‘limini
ochishingiz, barcha kerakli filtrlarni o‘rnatishingiz va «Yuklab olish» / «Chop etish» tugmasini
bosishingiz kerak.
Eslatma: agar siz faqat tanlangan o‘quv yilining nomi ko‘rsatilgan filtrni qoldirsangiz va qolgan
qatorlarni bo‘sh qoldirsangiz, dars soatlarini rejalashtirish eksport qilinadi.
JURNALNI TIZIMGA YUKLASH (IMPORT QILISH)
Jurnalni import qilish jarayoni sizga quyidagilarga imkon beradi:
ma’lumotlarni zahira nushalaridan tiklash (joriy va yakuniy baholar, davomatlar);
jurnalning «oflayn» shaklini tashkil qilish.
Eslatma: barcha jurnallarni kamida har bir-ikki haftada bir marta zahira nushalash tavsiya
etiladi. Saytda baholar yo‘qolgan holda, ularni zahira nushasidan osongina tiklashingiz mumkin
(baholarning yo‘qolishining namunali sabablari «Baholar yo‘qolgan holda nima qilish
kerak?») maqolasida tasvirlangan.
Fan jurnalini qanday import qilish kerak?
1-qadam. Jurnalni kompyuterda to‘ldirib, keyinchalik saytga yuklash uchun, avval jurnallarni
eksport
qilish
kerak.
Buning
uchun «Ta’lim» / «Jurnallar» / «Fan
jurnali» bo‘limiga o‘ting
va «Eksport» havolasini bosing.
Eksport qilingan jurnallar kompyuterda Ehcel hujjati (.hlsh) formatida saqlanadi. Siz istalgan
davrda eksport qilingan faylga baholarni kiritishingiz va ma’lumotlarni qayta Tizimga import
qilishingiz mumkin.
«Oflayn» jurnalni eksport qilish faqat hisobot davrlari va dars jadvallari to‘g‘ri
sozlangandan keyin amalga oshiriladi.
Eslatma: «offlayn» jurnalni eksport qilgandan so‘ng, ular bilan ishlash vaqtida jadvallarga yoki
hisobot davrlariga o‘zgartirish kiritish yoki faylga ish va uy vazifasi uchun ustunlar qo‘shish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |