Reja: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish ona tili o’qituvchisining asosiy vazifasi
Download 70.63 Kb.
|
NUTQNI O\'STIRISH
Mavzu:Ona tili darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish Reja: 1. O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish ona tili o’qituvchisining asosiy vazifasi. 2. O’quvchilar nutqiga qo’yilgan asosiy talablar. 3. O’quvchilar nutqini o’stirishda qo’llanadigan amaliy tadbirlar 4. Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi Inson nutq yordamida o’zining fikrlari, his-tuyg’ulari, istaklaririni bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg’ulari, istaklarini anglab yetadi. Nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq odatdagi so’zlashuv nutqi bo’lib, bu nutq ko’proq ohang va turli imlo-ishoralarga aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar, qo’shma gaplar deyarli qo’llanmaydi. Yozma nutq tuzish esa murakkabroq jarajon bo’lib, u o’quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to’g’ri jumla qurishni, har bir so’zni o’z o’rinida to’g’ri qo’llashni, imlo va tinish belgilariga rioya qilishni talab etadi. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, maktabda o’qitiladigan barcha o’quv fanlari o’quvchi nutqi ustida ishlashga qaratilgan bo’ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim sanaladi. O’quvchining bilimi, dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va tafakkuri ham muttasil o’sib boradi. Ravon, ixcham, ta’sirli nutq tinglovchiga huzur bag’ishlaydi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o’z o’quvchilarini ana shunday so’zlashga o’rgatishdir. Chiroyli so`zlashni, savodli, to`g`ri yozishni, o`z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o`quvchi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o`zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo`lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Nutq orqali odamzot o`zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to`la rivojlangan yoki shakllangan bo`lavermaydi. Boshlang`ich sinflardagi o`quvchilar nutqidagi kamchiliklar o`qituvchi va logaped yordamida bartaraf etiladi va turli yo`llar bilan rivojlantirilib boriladi. O`quvchilar yuqori sinflarga chiqqandan keyin e’tibor bergan bo`lsangiz aziz o`qituvchilar: ayrim o`quvchilar bilib turgan narsasini ham aytib bera olmay qiynaladi. Mana shunday holatlarda o`qituvchi o`sha o`quvchini e’tiborsiz qoldirmasdan sekin yo`naltiruvchi savollarga tutib, u bilan biron bir mavzuda suhbat qurishga harakat qilishi kerak. Darsingizning ozgina qismini dialog shaklida didaktik tarbiya berishga sarflang. Masalan: - Siz ertalab turib nima qilasiz? --Dasturxon atrofida qayerda o`tirasiz? –Nonushtani kim birinchi bo`lib boshlab beradi? Kabi suhbat quring. Faqatgina bu bilan ish bitmaydi. O`quvchining endi lug`at boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak. “… Doim bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ta’lim har xil usullarda uyushtirilganda o`quvchi turli gullar ochilgan bog`da yurganga o`xshaydi, ularga qiziqadi, ko`rishni istaydi”—Abu Rayhon Beruniy fikrlari. Men ham iloji boricha buyuk bobokalonimiz fikrlarini inobatga olib o`quvchilar og`zaki nutqini rivojlantirish uchun ona tili darslari va to`garakda har xil topshiriqli usullardan foydalanishga harakat qilaman. Men hozir sizga taqdim qilmoqchi bo`lgan usulim dam olish daqiqasida o`quvchilar tafakkuri va og`zaki nutqini rivojlantirish uchun o`tkazilsa ham bo`ladi. “Zinama-zina” usuli. O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, 1 daqiqa ichida bir xil harf bilan boshlanadigan va har bir pog`onada harflar soni bittadan ortib boradigan 6 ta so`z yozish topshiriladi.
“Piramida” usuli. Bir xil harf bilan boshlanib, bir xil harf bilan tugaydigan va harflar soni bittaga ortib boradigan so`zlardan piramida qurish sharti 1 daqiqa ichida to`g`ri bajarish talab qilinadi.
O`quvchilarda paronim so`zlarni farqlash, so`zlarning ma’nolarini to`g`ri qo`llay olish malakalarini oshirishda “So`zlarga mos gap tuz”usulidan foydalanish juda qo`l keladi. Bunda avvaldan tayyorlab qo`yilgan paronim so`zlar juftligi yozilgan biletlar tarqatiladi.
Bunda o`quvchilar tarqatmada berilgan paronim so`zlar ishtirokida gap tuzishlari kerak bo`ladi. Masalan: Bobur shoh va shoir edi. Daraxt shoxi egilib turardi. Ushbu usuldan tutuq belgili va belgisiz so`zlarni farqlashda ham foydalanish mumkin.
Mazkur so`zlar ishtirokida gap tuzish orqali o`quvchilarda tutuq belgisining qaysi so`zda ishlatilishiga doir ko`z xotirasi shakllanririladi. Biz daraxt tanasini oqladik. U doim o`z saxovatini ta’na qilar edi. “Gapni kengaytir” mashqi. Bunda o`quvchilar berigan sodda yig`iq gaplarni bittadan so`z qo`shib kengaytirishlari kerak bo`ladi. Men o`qidim. Men kitob o`qidim. Men qiziqarli kitob o`qidim. Men bugun qiziqarli kitob o`qidim. “Payrovlar” o`yini. Ushbu o`yin orqali o`quvchilarning nutqiga o`z-o`zidan ibora, maqollar sekin-asta kirib boradi. Ibora, maqol kabi xalq og`zaki ijodi na’munalari nutqimiz ta’sirchanligini oshiradi. Bu o`yinni o`tkazish uchun kichik guruhga oldindan tanlangan ibora yoki maqollar dars boshida beriladi. Bu o`yinni qo`llashda o`quvchilarga shior qilib Adabiyotshunos olim Ro`zmin Keldiyorovning “Ehtiyot bo`ling qalb bor” degan da’vatini qo`llash juda o`rinli bo`ladi. S Masalan: 1.Burnidan baland gapirib bo`lmaydi. 2.Tish bergan rizq ham beradi. 3.Tishga bosgulik nima bor? 4.Tishining kovagida saqlab yurgan. 5.Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar. 6.Yo`q joydan yo`ndirib. 7.Quyonning rasmini chizdi. Bu iboralarni qatnashtirib o`quvchilar dialogik matn yaratadilar.Bu jarayonni biz “Ona tilim – jon-u dilim” to`garage qatnashchilari bilan birgalikda ko`rsatib beramiz. ---Sanobar! --- A, labbay! ---Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz. Tish bergan rizq beradi, deb. ---Tishga bosgulik nimangiz bor? ---Sanobar, Intizor opadan chiqadi, kechagiday tishining kovagida saqlab yurgan shokaladlari. ---Sizlar uchun topamiz-da yo`q joydan yo`ndirib. Qizlar, kecha Muborak quyonning rasmini chizdi. ---Ajab bo`ldi, kecha unga ozgina qattiqroq gapirgan edim. ---Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar, shirin shokaladlardan quruq qoldi. ---Kecha ishim chiqib bir marta ketganimga shunchami? ---Ana ko`rdingizmi hozirgi yoshlarning burnidan baland gapirib bo`lmaydi. O`quvchi bilan samimiy suhbat, do`stona hazil-mutoyibadan qochish kerak emas deb o`ylayman. Qancha ko`p suhbatlashganimiz sari ham o`quvchi shaxsiga yaqinlashamiz, ham nutqini rivojlanishiga erishamiz. Shu bilan birga odob doirasidagi suhbatimiz, samimiyligimiz bilan shaxsiy na’muna bo`lamiz. Maktab o’qituvchilarining, birinchi navbatda, ona tili o’qituvchisining vazifasi o’quvchilar nutqidagi nuqsonlarning oldini olib, nutqini sheva ta’siridan, har xil vulgar so’zlar ta’siridan tozalash va adabiy til meyorlariga amal qilgan holda so’zlashga o’rgatishdir. O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1.Nutqning nutq sharoitiga mosligi. Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so’zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Masalan, so’zlovchi bitta, tinglovchi ko’p bo’lsa, so’zlovchining baland ovozda to’xtam (pauza)larga rioya qilib, fikrni izchil va bir-biriga bog’liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o’ziga xos ko’rinishi o’quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir mavzuni sinfda, biror yig’inda ochib berishdagi nutqida o’z aksini topadi. Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so’zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishi hamdir. 2.Nutqning mazmundorligi: O’quvchi nutqi nutq sharoitiga mos tushsa hamda uning o’zi bilgan va xabordor bo’lgan voqea-hodisalarni og’zaki va yozma shakllarda bayon qilsagina mazmunli bo’ladi. Aniq dalillar, o’quvchining shaxsiy kuzatish yoki taassurotlari, his-tuyg’ulari asosida yuritgan fikrlari o’zgalar diqqatini o’ziga tortadi. 3.Nutqning mantiqan tog’ri, aniq va izchil bo’lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo’lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o’quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga tog’ri baho bera olish, shu yo’l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. O’quvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to’g’ri bog’lay olishi, mavzuga aloqador bo’lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, qaytariq fikrlarga yo’l qo’ymasligi kerak. 4.Nutqning boy va rang-barang bo’lishi Nutqning boy va rang-barangligi, avvalo, fikrni bayon qilishda o’zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, maqol va matallardan, ko’chma ma’noli so’zlardan, o’xshatish, sifatlash kabi badiiy til vositalaridan keng va o’rinli foydalanishda namoyon bo’ladi. 5.Nutqning grammatik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi. O’quvchi so’z, so’z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog’lash, kelishik va egalik qo’shimchalarini o’rinli qo’llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi shart. 6.Nutqning ohangdor bo’lishi. Ohang o’quvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish vositasi sanaladi. O’quvchi har bir she’riy yoki nasriy asarni ohangdorlikka amal qilgan holda, sintagmalarga rioya qilib, mantiqiy urg’uni to’g’ri qo’llab o’qishi zarur. O’quvchilar nutqini o’stirishda quyidagi amaliy tadbirlar qo’llanadi: 1.Adabiiy talaffuzni har bir darsda o’rganiladigan qoidalarga bog’lab o’rgatish. 2.Boshqa fanlarni o’qitishda ham nutq o’stirishga e’tibor berish. 3.O’quvchi nutqidagi adabiiy tilga xos bo’lmagan dalillarni tushuntira bilish. 4.Fonetika o’qitishda aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan tovushlar talaffuziga e’tibor berish. 5.Orfografik malakalarni mustahkamlashga oid darslar. 6.O’quvchilarni turli tadbirlarda va yig’inlarda chiqib so’zlashga odatlantirish. 7.She’riy va nasriy asarlardan parchalar yod oldirib borish. Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi maktab ma’muriyati va o’qituvchilar jamoasi oldiga o’quvchilarning savodxonligini oshirish, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish ishida faol ishtirok etish vazifasini qo’yadi. Bunda savodxonlik va nutq madaniyatini o’stirishda yagona talab amalga oshiriladi. Yagona orfografiya va nutq rejimi quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab qiladi: 1) o’qituvchining adabiiy talaffuz meyorlariga to’la rioya qilishi, darsda orfografik va punktuatsion talablarga hamda chiroyli yozuv qoidalariga to’la amal qilgan holda yozish; 2) buni o’quvchilardan ham talab qilish: og’zaki javoblarida bo’ladigan orfoepik, shevaga xos va gap qurilishiga oid xatolarni tuzatib borish; 3) barcha fanlar bo’yicha tutgan daftarlarida xatoning bo’lmasligi, kalligrafiya qoidalariga rioya qilish; 4) maktabda mavjud turli jadval, e’lon va ro’yxatlar, shiorlarni orfografik-punktuatsion va stilistik jihatdan savodli yozish; 5) “Imlo lug’ati”dan muntazam foydalanishni barcha fan o’qituvchilaridan talab qilish; 6) maktabda “Lug’at doskasi”, o’quvchilarda “Notanish so’zlar lug’ati” mavjud bo’lishi lozim. Yagona orfografiya va nutq rejimini amalga oshirishda ona tili va adabiyot o’qituvchilari tashabbuskor bo’ladilar. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi Download 70.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling