Reja Oraliq stansiyalarda bajariladigan asosiy texnologik jarayonlar


Oraliq stansiyalarning chizmalari


Download 455.24 Kb.
bet2/2
Sana15.03.2023
Hajmi455.24 Kb.
#1269079
1   2
Bog'liq
8-Ma\'ruza

2. Oraliq stansiyalarning chizmalari

Stansiya va uzellarni loyihalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda tavsiya etilgan oraliq stansiyalarning asosiy chizmalari bir yo‘llik liniyalar uchun 8.1, 8.2 va 8.3-rasmlarda va ikki yo‘llik liniyalar uchun 8.4-rasmda keltirilgan. 8.5-rasmda bir yo‘llik liniyalarda ikkinchi bosh yo‘l qurilishi munosabati bilan yuqorida keltirilgan (8.1, 8.2, 8.3-rasmlar) oraliq stansiyalarni qayta qurish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.


Bir yo‘llik liniyalar uchun qabul qilish-jo‘natish yo‘llari ketma-ket joylashgan bo‘ylama turdagi oraliq stansiyalarni asosan 4 xil chizma (8.1-rasm) ko‘rinishida loyihalash mumkin. 1a, 2 va 3 chizmalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari bosh yo‘lning ikki tomonidan joylashgan va 1b chizmada bosh yo‘lning bir tomonida joylashgan. Barcha chizmalarda yo‘lovchi poezdlarni hamda manevr ishlari bajariladigan terma poezdlarni qabul qilish – jo‘natish yo‘llari yo‘lovchi binosining qarama-qarshi tomonida joylashgan. III chizmada yuk inshootlari va manevr tortish yo‘li yo‘lovchi binosi tomonidan joylashgan bo‘lib shahar bilan avtomobil aloqalari uchun qulaylik yaratadi. I va II toifali yo‘llarda joylashgan bo‘ylama turdagi oraliq stansiyalarni loyihalashda kelajakda qabul qilish-jo‘natish yo‘lini ikkinchi bosh yo‘lga aylantirish imkoni (8.1-rasmlarda punktir chiziqlar bilan ko‘rsatilgan) hisobga olinishi kerak.
Agar ikkinchi bosh yo‘lni qurish II chizmaga tatbiq qilinsa, u holda ikkinchi bosh yo‘lni stansiya hududida, yo‘lovchi binosi tomonida, 3-yo‘l o‘rnida qurish kerak bo‘ladi. Barcha chizmalarda bosh yo‘lga aylantirilgan qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘rnida yangidan qabul qilish-jo‘natish yo‘llari loyihalanishi kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda yangi loyihalanayotgan qabul qilish-jo‘natish yo‘lining tomonliligi o‘zgarib mavjud stansiya chizmasi o‘rnida boshqa, yangi turdagi stansiya chizmasi shakllanishi mumkin.
Bo‘ylama turdagi stansiya uchun zaruriy maydon uzunligi kelajakda ikkinchi bosh yo‘l qurishni hisobga olganda
m,
bunda – qabul qilish-jo‘natish yo‘llari uchun belgilangan foydali uzunik qiymati, m.

8.1-rasm. Bir yo‘llik liniyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari ketma-ket joylashgan bo‘ylama turdagi oraliq stansiyalarning chizmalari: – stansiya maydonining uzunligi, m; --- – qabul qilish-jo‘natish yo‘llarini poezdlarni beto‘xtov o‘tkazish uchun uzaytirish imkoniyatlari


Maydon yetishmovchiligi bo‘lgan qiyin hollarda stansiya maydonining uzunligi ko‘ndalang turdagi stansiya maydoniga teng olinishi mumkin. Ushbu maydonda asosiy manevr ishlari bajariladigan bir tomon qabul qilish-jo‘natish yo‘li joylashib, stansiya yo‘llarining qolgan qismlari manevr ishlari, lokomotivni uzish, tarmoq yo‘llarining ulanishi ko‘zda tutilmaganda 2,5‰ dan 10‰ gacha qiyalikda qo‘yilishi mumkin.





8.2-rasm. Bir yo‘llik liniyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmasi: – stansiya maydoni uzunligi, m; --- – qabul qilish-jo‘natish yo‘lini poezdlarni beto‘xtov o‘tkazish uchun uzaytirish imkoniyatlari


8.2-rasmdagi yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmasi bo‘ylama turdagi chizmadan birmuncha qisqa maydonda m joylashish imkoniyati bilan farqlanadi. Ushbu turdagi chizmalarda bir tomon yo‘llaridan qarshi tomon yo‘llariga to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi.


Terma poezdlar bilan bajariladigan barcha manevr ishlari yo‘lovchi binosi qarshisida joylashgan asosiy yo‘llar guruhida bajariladi. Chizmada uchinchi yo‘l stansiyadan o‘tib ketadigan B tomon poezdlarini qabul qilish uchun mo‘ljallanadi. Yarim bo‘ylama turdagi chizmalarning ham 1b chizmadagi kabi boshqa varianti, shu qatorda tortish yo‘lining B tomonda joylashgan ko‘rinishi ham bo‘lishi mumkin.



8.3-rasm. Bir yo‘llik liniyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari parallel joylashgan ko‘ndalang turdagi oraliq stansiya chizmalari: – stansiya maydoni uzunligi, m; --- – qabul qilish-jo‘natish yo‘lini poezdlarni beto‘xtov o‘tkazish uchun uzaytirish imkoniyatlari


Mahalliy sharoitlarga ko‘ra yuk hududi yo‘lovchi binosi tomonda joylashishi mumkin (8.1-rasm III chizma va 8.3-rasm II chizma). U holda manevr ishlari uchun mo‘ljallangan yo‘llar guruhi ham shu tomonda joylashadi.


Chizmalardagi bu kabi o‘zgarishlar faqat varinatlarni texnik asoslaydi.
8.3-rasmda kichikroq yuk hovlisi bo‘lgan ko‘ndalang turdagi oraliq stansiyaning ikki chizmasi ko‘rsatilgan bo‘lib uning zaruriy maydon uzunligi m.
III va IV toifali yo‘llarda stansiya maydonining uzunligi 200 m ga kamaytirilishi mumkin.
Chizmalarda I-yo‘l yo‘lovchi poezdlari va to‘xtamay o‘tadigan yo‘lovchi va yuk poezdlari uchun; 2-yo‘l yuk poezdlari uchun; 3 - 5-yo‘llar yo‘lovchi va yuk poezdlari uchun. Kirish strelkalarini loyihalashda o‘ng tomonlama harakat tamoyili saqlanishi kerak.



8.4-rasm. Ikki yo‘llik liniyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari ko‘ndalang
(I chizma), yarim bo‘ylama (II chizma) va bo‘ylama (III chizma) turda joylashgan
oraliq stansiya chizmalari

Yuk qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun: 8,9-ehtiyot berk yo‘li va 10 manevr tortish yo‘llari quriladi. Agar yo‘l oralig‘ida elektr kontakt tarmog‘ining tayanchlari o‘rnatiladigan bo‘lsa, yo‘l o‘qlari orasidagi masofa tegishlicha kattalashtirilishi kerak.


10-tortish yo‘lida bajariladigan manevr ishlari poezdlarning qabul qilish-jo‘natish yo‘llaridan ajratilgan. Loyihalanayotgan tortish yo‘lining uzunligi foydali uzunlikning yarmidan kam bo‘lmasligi, qiyin sharoitlarda esa, uchdan bir poezd uzunligidan kam bo‘lmasligi kerak. Yo‘llarning poezd o‘tkazish qobiliyati parallel grafik bo‘yicha 12 juftdan oshmasa va bosh yo‘lning bo‘ylama profili qulay bo‘lsa, u holda tortish yo‘li o‘rnida manevr ishlarini bosh yo‘lga chiqib bajarishga ruxsat etiladi. Buning uchun tegishli tomondagi kirish signali strelkali o‘tkazgichdan manevr tarkibi uzunligida qo‘yilishi kerak.
Toq yo‘nalish terma poezdlari chekka yo‘lga qabul qilinishi mumkin. Mahalliy vagonlar ajratilgandan keyin lokomotiv vagonlarni 10 – yo‘lga tortib chiqadi. Keyin esa ajratiladigan mahalliy vagonlarni yuk hududining ortish-tushirish yo‘liga olib kiradi. Agar bo‘shagan yoki yuk ortilgan vagonlar bo‘lsa, ularni saqlash yo‘liga olib qo‘yadi, keyin esa mahalliy vagonlarni ortish-tushirish yo‘liga kiritib uzib qoldiradi. Lokomotiv u yerdan qaytib chiqib qaytadan saqlash yo‘liga kiradi va jo‘natiladigan vagonlarni olib ushbu yo‘nalishdagi terma poezdga ulaydi. Tarkibning manevr vaqtida bosh yo‘lga chiqib qolishining oldini olish maqsadida 8 (yoki 9) muhofaza berk yo‘li quriladi.
Juft yo‘nalish terma poezdlari 2- yoki 3- yo‘lga qabul qilinadi, lokomotiv tarkibdan uzilib, bosh yo‘l yoki bo‘sh qabul qilish-jo‘natish yo‘li orqali aylanib o‘tib, tarkibning orqa tomonidan ulanadi va vagonlarni uzish bilan bog‘liq bo‘lgan manevr ishlarini tortish yo‘li orqali bajaradi. Juft yo‘nalish poezdlarini tuzishda ushbu stansiya uchun vagonlar tarkibning orqa tomoniga yaqin qo‘yilishi kerak.
Yo‘lovchi poezdlari birinchi yo‘l orqali o‘tkaziladi. Agar stansiyada 2 tomon bo‘ylab to‘xtab o‘tuvchi yo‘lovchi poezdlari kesishsa, u holda birinchi kelayotgan poezd yo‘lovchi binosi oldidagi 5 - yo‘lga qabul qilinadi, ikkinchi poezd esa 1- yoki 3 - yo‘lga qabul qilinadi.
III chizmadagi (8.1-rasm) stansiyaning afzalligi yuk hovlisiga olib boradigan shoxobcha yo‘lning arzonligida bo‘ladi. Ushbu chizmaning kamchiligi: yuk hovlisining yo‘lovchi binosi tomonidan joylashishi faqat kam miqdordagi mahalliy ishlar uchun qulay; yuk hovlisini joylashtirish uchun maydon chegaralangan bo‘lib, aksariyat hollarda mahalliy yuk ishlari hajmi ko‘payganda to‘kma yuklar bilan bajariladigan ishlarni alohida maydonga chiqarishga olib keladi; stansiyada ikki ortish-tushirish hududlari paydo bo‘lishi mumkin. Natijada terma poezdlar bilan bajariladigan manevr xarakatlarida bosh yo‘llarni kesib o‘tish (ayniqsa, 2 - bosh yo‘l bo‘lganda) bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ikkinchi bosh yo‘l qurilishiga o‘tganda barcha ko‘ndalang turdagi stansiyalarga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha kamchilik, ya’ni B dan 3 - yo‘lga qabul qilinadigan yuk poezdi yo‘lovchilarning bosh yo‘ldagi yo‘lovchi poezdlarga o‘tish imkoniyatlarini qiyinlashtiradi.
Ushbu kamchiliklarning ko‘pgina qismi 1a chizmada bartaraf etilgan, yuk inshootlari yo‘lovchi binosining qarama-qarshi tomonidan joylashgan. Yuk inshootlari, hovlilarini joylashtirishda kelajak rivojlanishni ko‘zlab, qabul qilish-jo‘natish yo‘lidan vagonlar chiqarib qo‘yiladigan yo‘lgacha bo‘lgan oraliqda qo‘shimcha ikki - uch yo‘l qo‘yish uchun joy qoldirish tavsiya etiladi.
Yo‘lovchi binosi va platformalari yo‘l tarmoqlariga (stansiya o‘q chizig‘iga) nisbatan markazlashgan holda qo‘yiladi. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari 1b chizmada ikki tomonlama harakat uchun mo‘ljallangan bo‘lib, terma poezdlarni yuk hovlisiga yaqin joylashgan qabul qilish-jo‘natish yo‘liga olish ko‘zda tutiladi.
Stansiyaning tortish yo‘liga ulanadigan strelkali bo‘g‘zi loyihalanganda, 4 - yo‘ldagi manevr harakatlari yuk poezdlarini B dan 2 – yo‘lga qabul qilish yoki jo‘natish imkonini berishi kerak.
Bir yo‘llik liniyada ikkinchi bosh yo‘l quriladigan bo‘lsa, uni stansiyada yo‘lovchi binosi tomonidan joylashtirish maqsadga muvofiq. 1a chizmada yo‘lovchi va yuk ishlari aniq chegaralangan bo‘lib, ortish-tushirish frontini kengaytirish imkoniyatlari katta. Tortish yo‘llarida terma poezd bilan bajariladigan manevr ishlari yuk va yo‘lovchi poezdlarni o‘tkazish yo‘llaridan ajratilgan. Ammo 1a chizmada yuk hovlisiga yo‘lovchi binosi tomonidan joylashgan shaharchadan kelish uzoqroq bo‘lib, qurilish qiymatlari birmuncha qimmatlashadi. Ayrim stansiyalarda chekka yo‘l yoqasida maxsus ortish-tushirish maydonchasini joylashtirish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday hollarda yuk inshootlarini stansiya yo‘llariga parallel qilmay, ma’lum burchak ostida joylashtirish tavsiya etiladi. Ko‘ndalang turdagi barcha chizmalarda yuk hovlisi va tortish yo‘llari mahalliy sharoitlarga qarab stansiyaning chap yoki o‘ng tomonida joylashishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘ndalang turdagi chizmalardan (12.3-rasm) 1 chizmasi 2 chizmaga nisbatan yaxshiroq. Ushbu chizma qator afzalliklardan tashqari mahalliy yuk ishlarini konsentratsiyalash talablariga ham javob beradi. Ib chizma harakat miqdori va mahalliy ishlar kam hamda yuk hovlisini joylashtirish uchun mahalliy sharoit qiyin hollarda qo‘llanishi mumkin.
Bir yo‘llik liniyalarda sutkalik o‘tkazish qobiliyati parallel grafik bo‘yicha 24 juft poezddan oshmasa, stansiyada bosh yo‘ldan tashqari 2- qabul qilish-jo‘natish yo‘lini qo‘yish yetarli. Harakat miqdori katta bo‘lgan ikki yo‘llik liniyalarda esa 2 - 3 yo‘l qo‘yiladi. Uzel oldi stansiyalarida qabul qilish-jo‘natish yo‘llari soni bir yo‘lga ko‘payishi mumkin. Oraliq stansiyalardagi yo‘llar soni uchastkaning poezd o‘tkazish qobiliyatidan tashqari, uning bajarilishi, harakat grafigi xarakteri, yo‘lovchi va terma poezdlar soni, yuk vagonlar aylanmasi miqdori katta bo‘lgan shoxobcha yo‘llarning ulanishlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining uzunligi temir yo‘l liniyasining tegishli yo‘nalishi uchun belgilangan standart uzunlikdan kam bo‘lmasligi kerak. Stansiyaga ulanadigan sanoat korxonalarining shoxobcha yo‘llariga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan yo‘llarning soni va uzunligi shoxobcha yo‘llarga beriladigan uzatma tarkiblar soni va har bir uzatmadagi vagonlar soniga nisbatan belgilanadi.
Temir yo‘l uchastkalari uchun tuzilgan harakat jadvalida yo‘l ta’mirlash ishlari uchun “okno” (darcha) deb ataladigan harakatdan bo‘shatilgan vaqt oralig‘i ko‘zda tutiladi. Shu “okno” sababli yoki yo‘lning o‘tkazish qobiliyatini kuchaytirish maqsadida qo‘shma poezdlarni o‘tkazish ehtiyoji tug‘iladi. Qo‘shma poezdlarni (kesishuv yoki o‘zib o‘tish maqsadlarida) o‘tkazish uchun 12.1-rasmdagi chizmalardan foydalanish mumkin. Poezdlar oqimi katta bo‘lganda (24 juftdan ortiq) yo‘lovchi yoki boshqa zaruriy poezdlarni bosh yo‘l bo‘ylab o‘tkazishga to‘g‘ri kelganda yoki terma poezdlarni istalgan tomondan qarshiliksiz qabul qilinishi va manevr ishlarni bajarish uchun yana bir qo‘shimcha yo‘l qurish kerak bo‘ladi.
Ayrim stansiyalarda ikki yo‘llik qo‘ymalar poezdlarni beto‘xtov kesishtirish uchun qo‘yiladi, bo‘ylama turdagi boshqa stansiyalarda qo‘shma poezdlarni o‘tkazish uchun uzaytirilgan yo‘l qurilib, bu yo‘llarga kirish strelkali o‘tkazgichlari 1/18 marka bilan loyihalanadi.
Odatda yuk inshootlari qabul qilish-jo‘natish yo‘llari yonida joylashganda, unga parallel ekipirovka-ta’mirlash punkti, yo‘l va aloqa masofasi binolari, qozonxona, yoqilg‘i omborxonasi va sochiluvchan yuklar maydonchalari joylashadi. Ulardan tashqari oraliq stansiyada yo‘lovchi inshootlari (25 – 50 kishilik sig‘imda vokzal binosi, EM posti, 1 - 2 yo‘lovchi platformalari) dizel yoqilg‘isini tushirish qurilmalari, nasos stansiyasi, oqava suvlarni biologik tozalash stansiyasi, strelkachilar xonasi, transformator nimstansiyasi kabilar bo‘lishi mumkin.
Oraliq stansiyaning turlari va chizmalarini o‘zaro taqqoslab quyidagilarni belgilash mumkin. Bir yo‘llik liniyalarda bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmalari (12.1-rasm) ko‘ndalang turdagi chizmaga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega; stansiya bo‘yiga uzaygani uchun yondosh uchastkalarning uzunligi qisqarib ularning poezd o‘tkazish qobiliyati qisman oshadi; ikki tomondan poezdlarni birvarakayiga qabul qilishda harakat xavfsizligi ko‘proq ta’minlanadi; ikkilangan uzunlikdagi qo‘shma poezdlar kesishuvini tashkil qilish mumkin; bosh yo‘llarga qabul qilingan yo‘lovchi poezdalrga yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish imkoniyatlari qulay. Yo‘lovchilar uchun ushbu qulayliklar stansiyada ikkinchi bosh yo‘lni qurishda ham saqlanib qoladi.
Yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmasi (8.2-rasm) o‘z xususiyatlari bo‘yicha, bo‘ylama turdagi 1b chizmaga yaqin bo‘lib, unda 3 - yo‘ldan to‘g‘ridan to‘g‘ri 2 – 4 yo‘llarga o‘tish imkoni bo‘lmaydi.
Yarim bo‘ylama turdagi stansiyada strelkalar qo‘lda boshqariladigan bo‘lsa, u holda strelkachilar uchun to‘rt joyda boshqarish xonasi bo‘lishi chizmaning katta kamchiligi hisoblanadi. Poezdlar elektrovozlar va teplovozlar bilan boshqariladigan, yo‘l uchastkalari avtoblokirovka, stansiyalarda boshqaruv elektrli markazlash bilan jihozlangan hozirgi zamonaviy sharoitlarda bo‘ylama va yarim bo‘ylama turdagi stansiyalar qurilishi o‘ta ahamiyatlidir. Shuning uchun I va II toifali yangi temir yo‘l liniyalarida beto‘xtov kesishuv imkoniyatlarini hisobga olib oraliq stansiyalarni faqat bo‘ylama yoki yarim bo‘ylama turda loyihalash tavsiya etiladi. Ko‘ndalang turdagi stansiyalar III, IV toifali yo‘llar uchun mo‘ljallanib, I va II toifali yo‘llarda faqat o‘ta murakkab topografik sharoitlarda, yoki bo‘ylama va yarim bo‘ylama stansiya qurilishining boshlang‘ich bosqichi sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Har qanday holatda ham yangi liniyalar uchun stansiya chizmasi mahalliy sharoitlarni chuqur o‘rganish va texnik-iqtisodiy asoslash orqali tanlanishi kerak.
Temir yo‘lning katta shaharlarga yaqinlashish oldi uchastkalarida harakat, ayniqsa yo‘lovchi va shaharatrof poezdlari harakati katta bo‘lganda qo‘shimcha 3- yoki 4 - bosh yo‘llar qurilishi mumkin.
Ko‘p yo‘llik liniyalarda va katta shaharlarga yaqinlashishda ko‘ndalang yoki yo‘lovchi va yuk inshootlari, hamda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiyalarni loyihash tavsiya etiladi. Undan tashqari oraliq stansiya chizmalari stansiya maydonining uzunligi, bosh yo‘llarning harakat bo‘yicha ixtisoslanishi va boshqa mahalliy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. 8.5-rasmning a va b chizmalarida uch yo‘llik liniya uchun oraliq stansiyaning chizmasi ko‘rsatilgan bo‘lib, a chizmada bosh yo‘llarning ixtisoslanishi, 8.5b – rasmda esa yuk hovlisi yo‘lovchi binosiga qarama-qarshi joylashgan ko‘rinish berilgan. Chizmada poezdlar harakati yo‘nalish belgilari bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, I va II variantlar bilan bosh yo‘llarning harakat gavjumligiga qarab yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslanishi ko‘rsatilgan.
8.5b-rasmda ko‘rsatilgan stansiya chizmasi barcha bosh yo‘llardan stansiyaning istalgan qabul qilish-jo‘natish yo‘liga kirish imkonini beradi hamda 3 - yo‘l bo‘ylab kelayotgan poezdni I va II - bosh yo‘llardagi haraktdan qat’iy nazar o‘tkazish imkonini beradi.



8.5-rasm. Ko‘p yo‘llik (uch yo‘llik) liniyalarda oraliq stansiya chizmasi


To‘rt yo‘llik liniyalarda joylashgan stansiyalar asosan katta shaharlarga yaqin joylashib, unda bir juft bosh yo‘l asosan shaharatrof poezdlar harakati uchun, ikkinchi jufti esa boshqa yo‘lovchi va yuk poezdari harakati uchun ixtisoslanishi mumkin.


Oraliq stansiyalarning beto‘xtov kesishuv uchun mo‘ljallangan chizmalari 8.6-rasmda ko‘rsatilgan. Rasmdagi I – chizma ko‘ndalang turdagi chizmadan, IIa, IIb va III – chizmalar esa bo‘ylama yoki yarim bo‘ylama turdagi chizmalardan biror qabul qilish-jo‘natish yo‘lini beto‘xtov kesishuv hisobiy uzunligigacha uzaytirish yo‘li bilan tuzilgan. IIa va III chizmadagi 2- yo‘lni A va B tomonga qarab uzaytirish beto‘xtov o‘tkazish vaqtida poezdlarning to‘g‘ri yo‘ldan og‘ish joylarini 5 dan 2 gacha kamaytiradi va yo‘l yonida qo‘shimcha qabul qilish-jo‘natish yo‘lini qurishga ehtiyoj qolmaydi.
8.6-rasmdagi barcha chizmalarda yo‘llar va qurilmalarni 2 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh bosh va uzaytirilgan qabul qilish-jo‘natish yo‘li, ikki yo‘llik qo‘yma va yo‘lovchi qurilmalaridan iborat bo‘lib, yo‘lovchi poezdlarni o‘tkazish, yuk poezdlarni qabul qilish- jo‘natish va beto‘xtov o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi guruh mahalliy yuk ishlarini ta’minlovchi yo‘llar va qurilmalarni o‘z ichiga olib mahalliy vagonlari mavjud bo‘lgan yuk poezdlari uchun ikki qabul qilish-jo‘natish yo‘li, manevr tortish yo‘li, yuk hovlisi yo‘li va yuk inshootlaridan iborat bo‘ladi.



8.6-rasm. Bir yo‘llik liniyalarda oraliq stansiyani poezdlarni beto‘xtov o‘tkazish uchun ikki yo‘llik qo‘ymalar bilan uzaytirish chizmalari


Yuk hovlisi yo‘lovchi binosi tomondan joylashgan ko‘ndalang turdagi stansiya chizmalarida yo‘llar beto‘xtov kesishuv va mahalliy harakat uchun aniq ajralmaydi va shu sabali I va II toifali yo‘llarda asosiy chizma sifatida tavsiya etilmaydi. 12.6-rasmda stansiya maydonchasi A tomondagi ikki yo‘llik qo‘yma oxirida joylashgan bo‘lib, A ga chiqish signali beto‘xtov kesishuv o‘qidan masofada joylashadi. Beto‘xtov kesishuv va stansiya maydonchasi o‘qlari orasidagi optimal masofa;


, m.

Bu yerda: – qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining kelajakka mo‘ljallangan foydalanish masofasi.


Agar stansiya maydonchasi 2 - yo‘lning boshqa tomonida yoki o‘rtasida joylashsa, chizmalar tegishlicha o‘zgartiriladi.
Beto‘xtov kesishuvga o‘tishda mavjud stansiya maydonchasini uzaytirish zarurati yo‘q. Yo‘llarning beto‘xtov harakati uchun uzaytiriladigan qismiga qo‘yiladigan talablar raz’ezddagi kabi bo‘lib, beto‘xtov kesishuvdan yon yo‘lga yo‘naltiruvchi boshlang‘ich strelkalar 1/11 yoki 1/22 markada qo‘yilishi kerak.
Poezdlarning beto‘xtov kesishishi sharoitlari barcha chizmalarda bir xil bo‘lib, II a, II b chizmadagi stansiyalarda bir vaqtda 2 yo‘lovchi poezdi, 2 quvib o‘tiladigan yuk va 1 terma poezdlar turishi mumkin. I chizmada faqat 4 poezd joylashadi.
Agar yangi yo‘lda beto‘xtov kesishuv avvalboshdanoq tashkil etilsa, u holda stansiyaning I chizmasi loyihalanishi kerak. Beto‘xtov kesishuv II bosqich taraqqiyotida amalga oshirilsa stansiya chizmasi texnik-iqtisodiy asoslab tanlanishi kerak. Yo‘lovchi poezdlari harakati katta bo‘lganda IIa chizmani tanlash ma’qul.
Poezdlarni qabul qilish, jo‘natish, o‘tkazish, beto‘xtov kesishuv va o‘zib o‘tishini tashkil qilish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va yuklarni qabul qilish, tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish uchun stansiyada yetarlicha yo‘llar loyihalanishi kerak. Bundan tashqari marshrutli jo‘natuvchi poezdini tuzish va jo‘natish uchun maxsus yo‘l loyihalanishi kerak. Agar oraliq stansiyadan shaharatrof yo‘lovchi poezdlari orqaga qaytariladigan va poezdlar saqlab turiladigan bo‘lsa, ular uchun ham maxsus yo‘l loyihalanishi kerak.

Nazorat savollari



  1. Oraliq stansiyalarining raz’ezd va quvib o‘tish punktlaridan qanday farqi bor?

  2. Oraliq stansiyalarida bajariladigan texnologik jarayonlar nimalardan iborat?

  3. Oraliq stansiyalarida qanday qurilmalar mavjud?

  4. Oraliq stansiyalarining necha xil chizmalari mavjud?

  5. Bo‘ylama turdagi oraliq stansiyasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiyasi deganda nimani tushunasiz?

  7. Ko‘ndalang turdagi oraliq stansiyasi deganda nimani tushunasiz?

Download 455.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling