Reja: Orol dengizi kelib chiqish sabablari
Download 377.91 Kb.
|
orol muammosi 10 list ref
Orol dengizi (qoz. Арал Теңізі, Aral Tengizi, toj. Дарёчаи Хоразм, Daryochai Xorazm) O’rta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozog’iston, janubdan Qoraqalpog’iston (O’zbekiston) yerlari bilan o’ralgan.
1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 bo’lib, dunyoda kattaligi bo’yicha to’rtinchi ko’l bo’lgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining ko’p miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90% qismini yo’qotib, uchta alohida ko’lga aylandi. Sho’rlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab bo’ldi. Mahalliy iqlim o’zgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq bo’la boshladi. 2004-yil ma’lumotlariga ko’ra Orol dengizi chuqurligi 30.72 m, maydoni 17,600 km2, hajmi 115 km3 dir. 1996-yil yanvarida O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston o’rtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.
Orol dengizi chegaralari (1960-yilga ko’ra; ma’muriy xarita bugungi kunga doir). Orol dengizining bugungi holati. Orol dengizi kichrayishi. Orol muammolariga bag‘ishlangan konferensiya ishtirokchilarining fikrlari Poytaxtimizda “Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari, mamlakatimiz va xorijdagi ekologiya muammolari, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish masalalari bilan shug‘ullanadigan ilmiy markazlardan ikki yuzdan ziyod yetakchi mutaxassis va olim ishtirok etdi. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi. Download 377.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling