Reja o’rto Osiyo hududlarida ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davrlari. Antropogenez jarayo


Download 18.93 Kb.
Sana14.09.2020
Hajmi18.93 Kb.
#129614
Bog'liq
Хошимов С.О. 1-seminar(1-u)


Mavzu: Markaziy Osiyo – jaxon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.

REJA



1. O’rto Osiyo hududlarida ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davrlari. Antropogenez jarayon.

2. Paleolit,mezolit davrlari manzilgohlari.

3. Urug’chilik jamiyatining shakillanishi. Ona urug’.

4. Neolit, Eneolit va Bronza davri manzilgohlari. Ota urug’i.

5.Temir davriva uning hususiyatlari.

Ibtudoiy jamoa tuzimi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davrdir.O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoyat tuzilishining alohida bosqichlari quyidagi bosqichlarga bo’linadi:



1.Paliolit (palayos-qadimgi, litos tosh) davri; bundan tahminan 800 ming yil avval boshlanib, 15-12 ming ming yil ilgari tugaydi; O’z navbatida bu davr uchga bo’linadi:

a) ilk paelolit davri, mil.avv. 800-100ming yilni o’z ichiga oladi;

b) o’rta paleolit davri, mil.avv. 100-40ming yilliklar;

c) so’nggi paleolit davri, mil.avv.40-12ming yilliklar;

2. Mezolit (mezos-o’rta, litos-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.

3. Neolit (neos-yangi, litos-tosh) miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar.

4. Eniolit (mis tosh davri) miloddan avvalgi 4-ming yillikning oxri – ming yillik boshi.

5. Bronza davri miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.

6. Temir davri miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida.

O’zbekiston hududidagi eng qadimgi odamlarning manzilgiohlari Farg’ona vodiysidagi Selung’ur, Toshkent viloyatidagi Ko’l buloq, Buxoradagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo’pol qurollar (chopperlar) yasab, temirchilik va jamoa bo’lib ov qilish bilan shug’ullanishgan.

Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jixatdan ham aqliy jixatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojis bo’lib, unda tayyor bo’lgan mahsulotlarni o’zlashtirganlar.

O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent, Samarqanddagi Omonqo’ton, Boysun tog’laridagi Teshiktosh kabi ko’pgina makonlarda aniqlangan bo’lib, ularda shu davrga oid ko’pgina turli-tuman toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Obirahmat makoni yoysimon shaklda bo’lib, bu yerda 10metr qalinlikdagi 21 tamadaniy qatlamlar aniqlangan. Topilmalar orasida nekleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar uchraydi. Teshiktosh g’oridan esa 9-10 yosh atrofidagi bolaning qabri topilgan. Bundan ko’rinib turibdiki bu davrda ham ilk diniy marosimla rni ko’rishuimiz mumkun.

So’nggi paleolit qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichidr. Bu davrga oid makonlar Ohongarondagi Ko’l buloq, Toshkentning g’arbidagi Bo’zsuv hamda Ssamarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgaan topilmalar orasida qirg’ichlar, keskichklar, sixchalar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrning eng katta yutig’i urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tilishidir. Paleolit davriga yakun yasab shuni aytish mumkunki, bu davrda ibtidoiy odamlar xujalik yuritishning eng yo’llaridan (terib-termachilik) murakkabroq ko’rinishlariga (ovchilik, baliqchilik)ga o’tdilar. Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar joylar kashf etildi. Insoniyat ibtidoiy poda davridan urug’chilik tuzimiga o’tdilar. Bu davrda ibtidoiy odamlar dastlabki diniy qarashlar orasida paydo bo’ldi.

Mezolit davri yodgorliklari Surxandaryodagi Machay g’or makonidan, Markaziy farg’onaning kopgina yodgorliklaridan topib o’rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab moslama o’q-yoyni kashf etadi. Bu davrga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni honakilashtirish boshlandi.

Neolit Turkmaniston hududlaridan, Toshkent va Farg’ona vodiylaridan topildi. Dastlab janubiy Turkmaniston hududlarida bu davrda dehqonchilikga o’tish boshlandi.Xojalikning ishlab chiqarish shakliga o’tilishi insoniyat tarixida, kishilik jamiyatidainqilob yuz berishiga olib keldi.

Eniolet davri yodgorliklari Buxoro viloystining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut(mis koni) mavzelaridan Panjikent atroflaridan topilgan. Eniolet davrida odamlar dastlabki metal bilam tanishdilar.

Bronza davri boshlanishi bilan jamiyatda otaning mavqeyi oshdi va patriarxat yuzaga keldi. Bu davrda O’zbekiston hududlarida dehqonchilik keng tarqaldi. Ishlab chiqarishning munosabatlari rivojlandiva ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar taraqqiy etdi.

Temir davri ishlab chiqarishda buyuk tehnika o’zgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va qalayga nisbatan tabiyatda nisbatan ko’proqligi mustahkam sifati keng tarqalishiga oliob keldi. Chunki dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va qurollar (bolta, ketmon,kurak)ayniqsa temir tishli omoch ksbi mustahkasm moslamalar paydo bo’ldi. Ozbekiston hududida temir davriga oid manzilgihlar Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatida va Farg’ona vodiysida topilgan va o’rganilgan.



S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

J

V

A

E

V

S

D

V

V

S

V

V

S

V

S

V

S

A

S

D



20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

E

V

S

S

D

A

S

D

V

V

S

V

V

S

V

A

S

Download 18.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling