Reja: O'simliklarning past haroratga moslashuvi


Download 40.63 Kb.
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi40.63 Kb.
#1516084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1523032414 70786


O'SIMLIKLARNI CHINIQTIRISH USULLARI

Reja:


  1. O'simliklarning past haroratga moslashuvi.

  2. O`simliklarning qishga chidamliligi va qishki-bahorgi davrda tuproq, ob-havo sharoitlarining ta’siri

  3. Yuksak o`simliklarga va ultrabinafsha nurlar radiatsiyasining ta’siri.

Ma’lumki, Er yuz quruqlik qismida havo harorati nisbatan past bo'Igan zonalar ham mavjud. Shuningdek issiqsevar o'simliklarning sovuqqa chidamlilik mexanizmlarini o'rganish ham maqsadga muvofiqdir. Sovuqqa chidamlilikni oshirish faqatgina ertapishar mahsulotlar miqdorini oshirib qolmasdan, balki yerdan unumli darajada foydalanish imkonini ham beradi.


Er yuzida o'sadigan o'simliklar o'zlari o'sadigan muhitga qarab har xil past haroratlarda zararlanadilar. Masalan, uzoq Sibirda o'suvchi o'simliklar 60Co sovuqga ham chidamli bo'lib, qishni o'tkazish xususiyatiga ega. Masalan asosan Markaziy Evropada ko'plab o'suvchi dastargul qishda gullash xususiyatiga ega. Shuningdek, o'rtacha yulduzo't ham qishda muzlashga chidamli bo'lib, havo harorati oshgandan so'ng o'z hayot-faoliyatlarini boshlab yuboradilar. Shuning bilan birgalikda ko'pgina issiqsevar janub o'simliklari nisbatan past haroratga, yani 10°C va undan past issiqlikda ham yashay olmaydilar. Masalan, kakao o'simligi bir sutkada harorat l - 3C° gacha bo'lganda halok bo'lishi mumkin.
Makkajo'xori o'simligi urug'ining unib chiqishi va uning o'simtalarining rivojlanishi uchun tuproq harorati 10°C dan yuqori bo'lishi lozim.
O'simliklar o'zlarining sovuqqa chidamliligi bo'yicha ikkita gruppaga bo'linadi, yani sovuqqa chidamli va izg'iringa chidamli o'simliklar. Sovuqqa chidamli o'simliklarga nisbatan past havo haroratiga chidamli, issiqsevar janub o'simliklari mansub bo'lsa, izg'iringa yoki muzlashga chidamli o'simliklarga 0 C haroratdan past haroratga ham chidamli turlar kiradi.
Sovuqqa chidamlilik. O'simliklarning sovuqda halok bo'lishiga bir qancha holatlar sabab bo'lishi mumkin. Masalan, o'simlik yer ustki qismi hujayralarining turgorni yo'qotishi, havoning suv bug'lariga to'yinganligi va boshqalar. Agar bodring o'simligining 3°C issiqlikdagi sharoitga joylashtirsak, 3 kundan so'ng u so'liydi va o'ladi, chunki uning organlarida turgor yo'qoladi. Buning natijasida esa suv bug'lantiradigan organlarga suv yetkazib berish buziladi. Ammo, nisbatan past haroratda, o'simlik suv bug'lantirish ta’siridan boshqa holatlar natijasida ham, yani havo suv bug'lari bilan to'yingan holatda ham halok bo'lishi mumkin. Bunda havo harorati to'g'ridan to'g'ri o'simlikda ketadigan modda almashinuviga ta’sir qiladi.
Ko'pgina o'simlik turlarida oqsillarning yemirilishi natijasida azotning eruvchan formalari miqdorining oshishi kuzatiladi. O'simliklardagi moddalar almashinuvi jarayonining nomaqbul tomonga surilishi hamda nisbatan past havo haroratining uzoq davom etishi natijasida o'simliklarning halok bo'lishiga asosiy sabalardan biri bu hujayra membranasidagi o'zgarishlardir.
Nisbatan past haroratda issiqsevar o'simliklar hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi to'yingan yog' kislotalari suyuq-zarracha holatidan quyuq holatga o'tadi. Bu o'z navbatida membrananing moddalar o'tkazuvchanligini buzilishiga olib keladi. Qishloq xo'jaligiga issiqsevar o'simliklarni sovuqqa chidamliligini bir qancha usullar bilan oshirish mumkin. Masalan, o'simliklarning nish urgan urug'larini yoki ko'chatlarini 12 soatdan navbat bilan 5°C va 10-20°C haroratda ushlab turish orqali o'simliklarni chidamliligini oshirish mumkin.. O'simlik urug'larini 0,25% li mikroelementlar yoki ammoniy nitrat tuzi eritmasida 18-20 soat ushlab turish ham shu urug'lardan unib chiqqan o'simliklarning nisbatan past haroratga chidamliligiga olib keladi. Bizning regionimiz asosiy ekini g'o'zaning sovuqqa chidamliligini ham xuddi shu usul bilan nisbatan oshirish mumkin.

Download 40.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling