Reja: O‘sish va rivojlanishning tavsifi
Download 111.5 Kb.
|
21-MA`RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MINERAL OZIQLANISH
- O‘SIMLIKLARNING TINIM HOLATLARI.
SUV MIQDORI. Tuproq va havo tarkibidagi nam miqdori o‘simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning me’yoriy tuzilmasi va faoliyati, demak, o‘sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Buni urug‘ misolida ko‘rish mumkin. Tarkibida 10-12 %suvi bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillar davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug‘lar ekish oldidan namlanganda, o‘z og‘irligining 50 % gacha suvni shimib oladi va faol o‘sish boshlanadi.O‘simliklarning ildiz tizimi ham namlik sharoitida yaxshi o‘sadi. YA’ni tuproq eritmasining osmotik bosimi 1-1,5 MPa.dan yukori bo‘lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi.
MINERAL OZIQLANISH. O‘simliklarning mineral oziqlanishi ham o‘sish jarayonida katta ahamiyatga ega. Zarur elementlarning birontasini chikarib tashlash, avvalo o‘sishning to‘xtashiga, keyinchalik esa nobud bo‘lishiga olib keladi. Ammo mineral elementlarning ko‘p bo‘lishi o‘sish samaradorligini ancha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, azot miqdori ko‘p bo‘lishi o‘simlikning yer ustki qismlarining o‘sishini juda tezlashtirib yuboradi, bu esa vegetatsiya davrining cho‘zilishiga va urug‘lar pishishining kechikishiga olib keladi. Azotning yuqori konsentratsiyasi hujayralarning differensiatsiya fazasini kechiktiradi va natijada gullarning hosil bo‘lishi xam ancha kech boshlanadi. Shuning uchun ham o‘g‘itlardan foydalanish jarayonida vegetativ a’zolarning bir yoqlama o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. O‘SIMLIKLARNING TINIM HOLATLARI. Yuksak o‘simliklarning o‘sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o‘sish, sekin o‘sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashinib turishi bilan bog‘liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o‘zgaradigan tropik yyerlarda o‘simliklar butun yil davomida to‘tovsiz o‘sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o‘zgaradigan barcha yyerlarda o‘simliklar kuzdan boshlab, asosan qishda o‘sishdan to‘taydi, barglarni to‘kadi, xatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim xolatiga o‘tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to‘la to‘xtamaydi, balki faol modda almashinish jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o‘tgan daraxtlar, butalar, ko‘p yillik o‘tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug‘lar va umuman tirik hujayrlarga ega bo‘lgan o‘simlik organlari va bugun o‘simlikda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat nafas olnsh jadalligi juda past bo‘ladi. O‘simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o‘rganilgan: majburiy tinimlik; fiziologik tinimlik. Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. Ya’ni o‘sish uchun zarur sharoitning yo‘qligi sababli o‘simlik tinimlik holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa, daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko‘p yillik o‘simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o‘simliklarda tashqi o‘zgarishlardan tashqari, ichki zaxira moddalarning kimyoviy o‘zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to‘plangan kraxmal zaxiralari asta-sekin shakarlarga aylanadi. To‘qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Baxorga kelib, buning aksicha o‘zgarishlar bo‘ladi va faol o‘sish boshlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklar tinimlik holatini maxsus organlari — ildiz tuganaklar, piyozboshlar, ildiz poyalar holatida o‘tkazadilar. Yozning jazirama issiqlikarin ham shu holatda o‘tkazishlari mumkin. Urug‘lar ham suvning miqdori kam bo‘lganda o‘zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta’minlansa, faol o‘sish boshlanadi. Fiziologik tinimlik o‘simlikning ichki sabablari asosida sodir bo‘ladi. Masalan, ichki murtak va tashqi qobiqning xususiyatlari tufayli unmasligi mumkin. Bunga murtakning fiziologik va morfologik to‘la etilmagani yoki boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling