Reja: O’tmishda iqlim o’zgarishlari

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun bir qancha

Download 486.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana21.04.2023
Hajmi486.3 Kb.
#1371837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Geologik o\'tmishda iqlim o\'zgarishlari

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun bir qancha 
tavsiyalar berishgan: 
• 
qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish va qayta 
tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish; 

• 
energiya samaradorligini oshirish va sohalarni energiya tejovchi 
texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish; 
• 
tabiatda yashillikni ko‘paytirish, o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, 
daraxtzorlarni ko‘paytirish; 
• 
ekologik toza qishloq xo‘jaligiga o‘tish; 
• 
tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlab qolish (chunki ularning 
yo‘qolishi to‘g‘ridan to‘g‘ri issiqxona effektiga ta'sir qiladi); 
• 
ekologik tejamkor transport turlariga o‘tish. 
Xulosa 
Iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini 
insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan 
bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka 
qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan 
ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha 
mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak. 
Yo‘qsa keyinchalik juda kech bo‘lishi mumkin. 
2015-yilda bo’lgan Parij sammitida rahbarlar global isishni sanoatdan oldingi 
holatdan 1,5 darajadan oshirmaslikka va’da bergan edi. Biroq siyosat 

berilgan va’dalarni aks ettirmayapti, deyiladi BMTning seshanba kuni chop 
etilgan maxsus hisobotida. 
Unga ko’ra, bu maqsadga erishish uchun mamlakatlar zararli gazlar 
chiqindisini 2030-yilgacha 55 foizga kamaytirishi kerak, biroq yangilangan 
rejada ushbu marra 7,5 foiz deb belgilangan, xolos. 
“Iqlim o’zgarishi asoratlariga qarshi kurashda yordamga doir ko’p gaplar 
bo’ldi, biroq konkret qadamlar qo’yilgani yo’q. Natijada global isish darajasi 
1,5-2 darajada turish o’rniga 2,5-3 darajaga chiqishi kutilmoqda”, - deydi 
Jahon metereologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas. 
Buning sayyoramiz va insoniyat uchun ta’siri qanday bo’ladi? Olimlarga 
ko’ra, iqlim o’zgarishi issiq to’lqinlar chastotasi va shiddatini allaqachon 
oshirgan. 
Ayrim bashoratlarga ko’ra, asr boshidan beri dunyo bo’ylab issiqlik bilan 
bog’liq holatlardan o’lish sur’ati qariyalar orasida salkam 54 foizga oshib, 
2018-yilda 296 mingga yetgan. 
“Issiq to’lqinlardan 400 millionga yaqin odam tashqarida ishlash 
imkoniyatidan mahrum bo’lishi kutilmoqda”, - deydi hisobotni tayyorlagan 
“Chatxem uyi” tashkiloti olimi Daniel Kviggin. 

Issiq to’lqinlar va qurg’oqchiliklar oziq-ovqat xavfsizligiga ham ta’sir qiladi. 
Hosillarning nobud bo’lishi hamda zararkunandalar va kasalliklarning 
ko’payishi narx oshishiga sabab bo’ladi. O’tgan yili Sharqiy Afrika chigirtka 
vabosi qurboni bo’lgan. 
“Kelasi 30 yilda sayyora aholisi sonining o’sishi natijasida oziq-ovqatga talab 
taxminan 50 foizga oshadi, Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyoda go’sht iste’moli 
kuchayadi. Ammo shu bilan bir paytda hosil taxminan 30 foizga kamayadi”, - 
deydi Kviggin. 
Iliqroq harorat tropik dovullar va toshqinlarning ko’payishiga olib keladi. 
Muzliklarning erishi uzoq muddatda dengiz sathining oshishiga yetaklab, suv 
bo’yidagi shaharlar xavf ostida qoladi. 
Ob-havoning keskin o’zgarishi qurg’oqchilikning kuchayishi va uzoqroq 
davom etishiga ham sabab bo’ladi. Olimlarga ko’ra, boy davlatlar 2015-yilda 
bergan va’dasiga vafo qilib, kambag’al mamlakatlarga iqlim o’zgarishiga 
qarshi kurashda moliyaviy yordam berishi kerak. 
“Qurg’oqchilik, issiq to’lqinlar, ob-havoning keskin o’zgarishi migratsiya
oziq-ovqat kamomadi, zararkunandalar va kasalliklarning ko’payishiga olib 
keladi. Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga va’da qilingan yillik 100 milliard 

dollardan boy davlatlar ham manfaat ko’radi, biroq va’dalar hozircha 
quruqligicha qolmoqda”, - deydi olim Kviggin. 

“Qurg’oqchilik, issiq to’lqinlar, ob-havoning keskin o’zgarishi migratsiya, 
oziq-ovqat kamomadi, zararkunandalar va kasalliklarning ko’payishiga olib 
keladi. Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga va’da qilingan yillik 100 milliard 
dollardan boy davlatlar ham manfaat ko’radi, biroq va’dalar hozircha 
quruqligicha qolmoqda”, - deydi olim Kviggin. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 
https://www.gazeta.uz/oz/2022/08/01/climate-change/
 
https://www.meteorologiaenred.com/uz/
 
https://cyberleninka.ru/article/
 
Download 486.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling