Reja: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish haqidagi ta’limotlar. Dialekteka, Metafizika, Sofistika. Eklektika. Sinergetika


Download 64.95 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi64.95 Kb.
#1545165
1   2
Bog'liq
Reja O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish haqidagi ta’limotlar ALIBAYEVA

2-Savol. Qonun tushunchasi va uning falsafiy tasnifi. Qarama- qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
Qonun - muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqoza etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlaridir.
Qonunlar quyidagi xususiyatlarga ega:
- eng muhim belgilarni aks etadi;
- umumiy munosabatlarni ifodalaydi;
- zaruriylik,majburiylik;
barqarorlik, takrorlanuvchanlik.
Konunlar amal qilish doirasiga ko‘ra uch guruxga bo‘linadi:
1. Eng umumiy qonunlar - tabiat, jamiyat, tafakkurning istisnosiz
barcha ob’ektlariga xos bo‘lgan universal, falsafiy qonunlardir. Ular tabiat, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma erda, doim mavjud bo‘lgan xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaruriy, barqaror ichki takrorlanib turuvchi, muhim ob’ektiv bog‘lanishlarni ifodalaydi.
2. Umumiy qonunlar - moddalarning saqlanish va aylanish qonuni; butun olam tortishish qonuni va hokozalar.
3. Xususiy qonunlar - Fizikada qulon qonuni, Mendeleevning kimyoviy elementlarining davriy sistemasi, huquqshunoslikda fuqora-lik qonuni, saylovlar haqidagi qonun, jinoyat kodeksi va boshqalar.
Namoyon bo‘lishko‘ra qonunlar ikki guruxga bo‘linadi:
1. Dinamik qonunlar - mutloq ma’nodagi sababiy, zaruriy bog‘la-nishlarni ifodalaydi.
2. Statistik qonunlar - mutloq ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular ehtimollik sababiga muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlarni ifodalaydi. Masalan: nishonga otilgan o‘qning mo‘ljalga tegish ehtimoli va x.k.
Qonuniyat - qonunning tasodifiy sharoitlar qamrovida konkret hodisa jarayonlarda ifodalanishidir. Masalan, organizm tuzilishi va biron-bir badiiy asarning yaratitlishi, xar biri uchun umumiy bo‘lgan biologik yoki estetik qonunlar asosida namoyon bo‘ladi. Lekin shu bilan birga xar bir hodisa bu umumiy qonunlardan tashqari xususiy qonunlarga ham egadir. SHu tasodifiy qonunlarning takrorlanish ehtimoli qonuniyatda ifodalanadi.
Har qanday fanning asosini uning qonunlari tashkil etadi. Jumladan, falsafa fanining qonunlari, eng umumiy qonunlar sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining umumiy bog‘lanishlarini њzida ifodalaydi. Falsafaning uch qonuni bor: 1. Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni; 2) Qarama - qarshiliklar birligi va kurashi qonuni; 3) Inkorni inkor qonuni. Bu qonunlar haqida fikrlarimizni quyida batafsilroq davom ettiramiz.
Hozir esa falsafiy qonunlar bilan sohaviy qonunlarni tushunishdagi farqni ko‘satish maqsadida huquqiy qonunlar misolida ko‘rsatib berishga harakat qilamiz. SHu o‘rinda huquqshunoslik fani va amaliyotida qonun tushunchasiga qanday yondashilishi haqida bir og‘z to‘htalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Huquqshunoslikda amal qiladigan qonunlar jamiyatda mavjud huquqyi munosabatlarni shakllantirish va kishilarning bu jarayonda xatti – harakatlarini tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, huquqshunoslik qonunlari fuqarolarning ma’lum bir jamiyatdagi xatti-harakatlarini boshqarib turish hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilab berish uchun mavjud hokimiyat qarori bilan ta’sis etiladi.
Huquq nuqtai nazaridan qonun – bu oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi organ tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazishning talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub’ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan normativ-huquqiy hujjatdir1.
Huquqshunoslikda qonunlarni bir necha mezon va usullarga ko‘ra tasniflashadi. Davlat tuzilishiga ko‘ra, mavjud normalar hususiyati va qabul qilinish tartibibiga ko‘ra, tarmoqlarga ko‘ra, qonun shakliga ko‘ra, huquqiy tartibga solish mexanizmiga ko‘ra, huquqiy tartibga solish predmetiga ko‘ra. Va h.k. Jumladan, mohiyati va yuridik kuchiga ko‘ra qonunlar – konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar, ular o‘z navbatida joriy va kodifikatsiya qilingan qonunlarga bo‘linadi. YAna bitta katta guruh qonunlar turkumiga tartibga solish ko‘lami va ob’ekti bo‘yicha tasniflangan umumiy va maxsus qonunlar kiradi. Umumiy qonunlar ijtimoiy munosabatlarning keng sohasini tartibga soladi, ularga kodekslar kiradi. Maxsus qonunlar esa ijtimoiy munosabatlarning cheklangan miqdorini tartibga soladi (Garov to‘g‘risidagi qonun, Banklar va bank tizimi haqidagi qonunlar). Bundan tashqari davriy qonunlarga byudjet qonunlari, favqulodda qonunlarga harbiy qonunlar kiradi.
Huquqshunoslikda qonun tushunchasidan tashqari qonun osti hujjatlar degan tushuncha ham yuritiladi. Qonun osti hujjatlar o‘z navbatida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;
O‘zbekiston xukumatining qarorlari;
Boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari;
Mahalliy davlat hokimiyatining normativ hujjatlari kabilarga bo‘linadi.
Biz bu yo‘sindagi tahlilimizni yana ham chuqurroq davom ettirishimiz mumkin. Lekin bizning maqsadimiz huquqshunoslik qonunlari misolida eng umumiy bo‘lgan falsafiy qonunlar bilan xususiy qonular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalasini ko‘rsatish edi. Aynan shu ma’noda tahlilimizdan ayon bo‘lganidek, qonunlar o‘rtasidagi faqat amal qilish doirasiga ko‘ra farq bo‘lishi mumkin ekan. Lekin shu o‘rinda har qanday qonun uchun eng muhim belgilarni aks etish, umumiy munosabatlarni ifodalash, zaruriylik, majburiylik, barqarorlik va takrorlanuvchanlik kabi umumiy tamoyillar ham xos bo‘lishi muqarrar ekanligiga amin bo‘ldik.
Voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqoza qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi. Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir.
Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi mumkin va h.k. Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. SHu bilan birga narsa- hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg xam bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jihatlarga ega.
Hech bo‘lmaganda, ular bir-biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi. Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o‘zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning echilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir.
Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. CHunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin.
Download 64.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling