Reja: O’zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O’zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyillari. O’zbek tili imlo qoidalarining bo’limlari Unlilar imlosi
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari
Download 25.13 Kb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Venna diagrammasi, sinkveyn usuli, frontal savollar
NAZARIY MA’LUMOT XX asr hozirgi o'zbek tilining sayqal topishi, takomillashishi, ijtimoiy faollashuvi va birdaniga ikki davlatda davlat tili deb e'lon qilinishi bilan xarakterlidir. Shunday ekan o'zbek tilining orfografikasi, orfoepiyasi ma'lum tartibga solinishi lozim edi. 1995 yil 24 avgustda lotin yozuviga asoslangan o’zbek yozuvi uchun Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan o'zbek tilining imlo qoidalari tasdiqlandi. Imlo qoidalari “lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish” bo’yicha respublika davlat kommisiyasi topshirig'i bilan tegishli olimlar tomonidan tayyorlandi va keng muhokamaga qo'yildi. Imlo qoidalarining nazariy asoslariga o'zbek adabiy tilining avval yaratilgan imlo qoidalari asos qilib olingan. Unda o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlari, tovushlarning hosil bo'lish o'rni, usuli, uzun-qisqaligi, qo’shimchalar qo'shilish tartibi, unli va undosh harflar imlosi, bosh harflar imlosi, o'zakning yozilishi, chiziqcha bilan yozish, qisqartib yozish, alfavit tartibi kabi tamoiyllarga alohida e'tibor berilgan. Lotin yozuviga o'tilishi munosabati bilan tovush-harf munosabatiga oid ayrim masalalar berilmadi. Masalan, kirill alifbosidagi yo, ya, yu harflaridan va Ь (yumshatish), Ъ (ayirish) belgilaridan voz kechildi. Ammo bunday harf va belgi qatnashgan so'zlar yozilishi imlo lug'atida ko'rsatildi. Alifboni o'rgatish maqsadida yaratilgan o'quv qo'llanmasida bayon qilindi. Ma'lumki, o'zbek tili lug'ati tarkibida yasama so'zlar juda ko'p. Bunday so'zlarning, aniqrog'i ulardagi so’z yasovchi qismining imlosi asosan bir xil bo'ladi. Ammo imlosida chalkashlik, qiyinchilik yuz berishi mumkin bo'lgan so'zlar ham bor. Masalan, -li, —lik yasovchi qo’shimchalari yasalgan so'zlar, alangali salom, (iliq munosabatni ifodalaydi) alangalik salom (bunday deyilmaydi), yigitlik burchim, (yigitlarning zimmasidagi ish) yigitli (yigiti bor), otali (otasi bor) bola, otalik (otalik qilmoq), bolali (bolasi bor), bolalik (g’or, yosh, tajribasiz). Imlo qoidasida shu kabi masalarga ham aniqlik kiritilgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida o'ntadan ortiq ko'makchi fe'l bor. Ular yordamida yangi so'z yasalmaydi, balki fe'lning murakkab shakllari hosil qilinadi. Imlo qoidasida komakchi fe'l bilan yetakchi fe'l ajratib yozilishi aniq ta'kidlandi. Masalan, yoza boshladi, (yozmoq, boshlamoq), aytib qo'y (aytmoq, qo'ymoq), olib berdi, qo'ya qol, degan edi. lmlo qoidalari quyidagi bo'limlardan iborat. 1. Harflar imlosi: Unlilar imlosi, undoshlar imlosi, yonma-yon keladigan unlilar imlosi. 2. Asos va qo’shimchalar imlosi. 3. Qo'shib yozish, 4. Ajratib yozish. 5. Chiziqcha bilan yozish. 5. Bosh harflar imlosi. 6. Kochirish qoidalari. Harflar imlosi bo'limi o'z navbatida unli harflar imlosi va undosh harflar imlosi qismlariga ajraladi. Unlilar imlosi qismida tilimizdagi mavjud olti unlining yozilishi hamda yonma-yon keladigan unlilar imlosi haqida batafsil ma'lumot beradi. Ma'lumki o'zbek lilida tovushlar hosil bolish orniga ko'ra ham tafsivlanadi. Imlo qoidalarida unlilarning til oldi yoki til orqa o'rnida hosil bo'lish o'rniga kora yozilishi ham berilgan. Masalan, A,a harfi: 1) aka, alanga, aloqa, og'a; sentabr, noyabr kabi so'zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) bahor, zamon, savol, gavda, vasvasa kabi so'zlarning oldingi bo'g'inida, vaqt, vahm so'zlarda a aytiladi va yoziladi. I, i harfi: 1) ish, iz, qilmoq, xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki, volida, piramida, bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so'zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) o'tin, o'rik, bo'lim kabi oldingi bo'g'inida o' unlisi keladigan so'zlarning keyingi bo'g'inida keng i aytiladi va yoziladi. Mazkur bo'limda yonma-yon keladigan unlilar imlosi quyidagi tartibda berilgan: 1) unlilar orasida ba'zan y undoshi qo'shib aytilsa ham, yozilmaydi: a) ia; material (yozilishi), mo’eriyal(aytilishi), tabiat(yozilishi), tabiyat (aytilishi); b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi; ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi; e) oi: alkaloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi; d) ea: teatr, okean, laureat kabi; e) ae, oe unlilari so'z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aeroport, aerostat, roo’na kabi. Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchiu, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va hokazo. Undoshlar imlosi bo'Iimida 23 ta undosh harflarning yozilishi, yonma-yon keladigan undoshlar imlosi va tutuq belgisining qo'llanishi haqida ma'lumot berilgan. Ma’lumki, undosh tovushlar, labning va shovqning ishtirokiga kora ham turlarga bo'linadi. Bundan tashqari, sonor tovushlari, til orqa, til oldi, chuqur til orqa va bo'g'iz undoshlariga ham bo'linadi. Imlo qoidasida ana shularga alohida e'tibor berilgan. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling