Chempion [ingl. champion < fr. champion - jangchi; kurashchi] - Sportning biror turi bo‘yicha shahar, viloyat, mamlakat yoki jahon birinchiligi uchun o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘lgan sportchi yoki sport jamoasi. Bugun hammaning og‘zida bir gap: Rustam Qosimjonov - shaxmat bo‘yicha jahon chempioni!
Boks [ingl. box - musht urish, zarb] - Ikki raqibning maxsus qo‘lqop kiyib, ma’lum qoidalar asosida yakkama-yakka mushtlashish musobaqasi. Harbiyda boks sportiga qiziqib, razryad ham olibdi.
Inshoot [qurilishlar, binolar] - Turli maqsadlar uchun qurilgan binolar va ularning uskuna-jihozlari. Gidrotexnik inshootlar.
Taekvando [koreyscha: taz-oyoq, kvon - qo‘l, do-yo‘l: oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li, usuli] - Erkak va ayollarning o‘z vazn toifalarida (yakka va jamoaviy), belgili qoidalar asosida, oyoq va qo‘llar bilan zarbalar berishdan iborat sport kurashi turi. Xalqaro taekvando federatsiyasi.
Tashabbus [tirishqoqlik; barqarorlik, qat’iylik; g‘ayrat, tashabbus] - Biror ishga boshlovchi, da’vat etuvchi sa’y-harakat, g‘ayrat. Ilg‘orlar tashabbusi bilan boshlangan musobaqa. Tashabbus ko‘rsatib ishlamoq.
Karate [yap. “hech narsasiz, yalang qo‘l bilan”] - Qurolsiz o‘zini o‘zi himoya qilishning yaponcha tizimi: raqib tanasining og‘riydigan, eng nozik joylariga qo‘l yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport turi. Xalqaro karate federatsiyasi.
Kurash - Yiqitish, g‘olib chiqish uchun ikki kishi o‘rtasidagi, ma‘lum qoidaga asoslangan olishuv, o‘zaro bellashuv. Milliy o‘zbеk kurаshi хаlqаrо spоrt turlаri qаtоridаn jоy оldi;
Sport [ingl. sport < disport - o‘yin, o‘yin-kulgi] - Sog‘liqni mustahkamlashga va jismoniy jijatdan har tomonlama o‘sishga qaratilgan badantarbiya mashqlari, shular bo‘yicha musobaqalar, kurash, turizm va sh. k. majmui; jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi. Spоrt umumdаvlаt аhаmiyatigа еgа sоhа dаrаjаsigа ko‘tаrildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |