Reja: “O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” kursi, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati Tilning jamiyatda tutgan o’rni Til va tafakkur


Download 0.79 Mb.
bet38/39
Sana28.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1136983
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Соха мажмуа (1)

BAHOLASH MEZONI

“Davlat tilida ish yuritish” fani bo’yicha nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.


Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o’zlashtirishini xolis (obhektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o’zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o’qituvchi qo’shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Professor-o’qituvchi Jurnalda talabaga qo’yilgan baholarni shu kunning o’zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, bunda professor-o’qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko’p bo’lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin; oraliq nazorat (ON)- semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakuniy nazorat (YAN)- semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta o’tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat
qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
«Davlat tilida ish yuritish» fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 5 ballik tizimda baholanadi.
1. Joriy nazorat (JN). "Hozirgi o‘zbek tili" fani uchun joriy nazoratdatalaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
2.1. Oraliq nazorat (ON) bir marta yozma tarzda otkaziladi. 5 ta savolga yozma javob berish so`raladi. Unda talabalar maksimal 5 baho to`plashlari mumkin.
- mavzu to`liq ochilgan, kirish va xulosa belgilangan tartib yozilgan, ijodiy fikrlari bo`lsa – 5 baho

  • mavzu mohiyati ochilgan, kirish va xulosa bor, biroq ilmiy refaratning rasmiylashtirilishida kamchiliklar bo`lsa – 4 baho

  • mavzu mohiyati yoritilgan, ammo kirish, xulosa va ilmiy refaratning rasmiylashtirilishida jiddiy kamchiliklari bo`lsa – 3 baho beriladi.

  • Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling