Reja: “O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” kursi, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati Tilning jamiyatda tutgan o’rni Til va tafakkur


Download 0.79 Mb.
bet17/39
Sana28.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1136983
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Соха мажмуа (1)

MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR

1- mashqMatnni o‘qing, uni uslubiy jihatdan tahlil qiling. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.

Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligi:
Bu matn publitsistik uslubning yozma shakliga mansub.


O‘ziga xos uslubiy vositalari:
kashf etilgunga qadar, har qanday, qabul qilish, vositasi, vujudga kelishi va tarqalishi, teng bo‘lsa, ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.
2-Mashq. Gaplarni o’qing, ogohlik va hushyorlik haqidafikrlashing. Tinchlik, halovat, fayzli, tarovatli so’zlarining ishlatilish o’rinlariga diqqat qiling. Gaplarning uslubini belgilang.
1.Xalqimizning birligi, jipsligi, tinch-totuvligi bizning bebaho boyligimizdir. 2. Ogohlik – davr talabi. 3. Tinchlik – eng bebaho ne’mat. Tinchlik bo’lsa, halovat bo’ladi, halovatli elning har bir kuni esa fayzli, tarovatli o’tadi. 4. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi.
3-Mashq. Muhammad Yususfning “Ona tilim” she’ridan olingan parchani yodlang. “Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim!” satrlari haqida fikrlashing.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,
Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!

Sen bo’lmasang, nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar,
Bahongni-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling