Xulosa
Xristianlik O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik faoliyati sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko’plab ko’chib kelishi orqali oshdi.
Pravoslavlik Markaziy Osiyoga XIX asrning o‘rtalarida podsho Rossiyasi istilosidan so‘ng kirib keldi. Dastlabki pravoslavlar harbiylar, davlat xiz-matchilari, keyinchalik esa ko‘chirib kelingan dehqonlar bo‘lgan. Rus harbiylarining ilk pravoslav cherkovi 1847-yilda Sirdaryo viloyati Raim istehkomida qurilgan. 2011-yildan buyon Rus Pravoslav CHerkovining Markaziy Osiyo mintaqasidagi tuzilmasi O‘rta Osiyo mitropoliya okrugi deb atalib, unga uchta: Toshkent va O‘zbekiston, Bishkek va Qirg‘iziston, Dushanbe va Tojikiston yeparxiyalari hamda Rus Pravoslav CHerkovining Turkmanistonda joylashgan cherkovlari kiradi. O‘rta Osiyo mitropoliya okrugining rahbari bir vaqt-ning o‘zida Toshkent va O‘zbekistan mitropoliti hisoblanadi. 2011-yili ushbu lavozimga Vikentiy (Morar Viktor Aleksandrovich) tayinlangan. O‘zbekistonda pravoslav yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar soni bo‘yicha islomdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi hamda ularning aksariyatini rus millatiga mansub fuqarolar tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir respublika aholisining 3,5 foizga yaqini o‘zini pravoslav diniga mansub deb biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |