Reja: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish


Download 33.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi33.61 Kb.
#1252468
  1   2
Bog'liq
1.1.2. MODUL



1.1.2. Modul. O‘zbekiston Respublikasi transport sohasidagi Davlat 
siyosatining mazmun-mohiyati. 
Reja: 
1. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi 
“Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5647-son Farmoni
2. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari 
sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, 
transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali 
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga 
oshirildi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va amalga 
oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan 
holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani 
boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda 
alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. 
Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, 
respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish
transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilayotgan 
ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar ro‘yxati 

Download 33.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling