Reja: O’zbekiston Respublikasi ta‘lim to’g’risidagi Qonun (1997y) nuqtai nazaridan bolalar bog’chasida bolalarni matematikaga tayyorlashda zamonaviy maktabga (1- sinf) qo’yiladigan talablar


Download 43 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1634332
  1   2
Bog'liq
1403961135 49715


Bolalarni matematikaga o’rgatishda bolalar bog’chasi, maktab va oila hamkorligi

Reja:



1. O’zbekiston Respublikasi ta‘lim to’g’risidagi Qonun (1997y) nuqtai nazaridan bolalar bog’chasida bolalarni matematikaga tayyorlashda zamonaviy maktabga (1- sinf) qo’yiladigan talablar.
2. Bolalar bog’chasi va maktab ishidagi hamkorlikni tashkil qilish shakllari.
3. Shu uslublaridagi hamkorlik.

O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlod istiqlol mafkurasi asosida sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta‘limiga tayyorlashdan iboratdir.


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma‘naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug’ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta‘lim olishga /maktab bog’chaga/ tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishi ushbu maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta‘lim-tarbiya mazmunining asosiy yo’nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo’lib, u davlat hujjati sifatida e‘tirof etiladi.
Davlat talablari ko’rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog’lomligi, qobiliyagi, ehtiyoji va imkoniyatlari ya‘ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo’lishidan qatiy nazar barcha ta‘lim muassasalari uchun majburiydir.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling