Reja: O’zbekiston Respublikasida budjet tizimi budjetlari g’azna ijrosining zarurligi va ahamiyati
Download 39.92 Kb.
|
G\'azna ijrosini tashkil qilish Jabborov A 96-2
2005 yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g’azna hisobvarag’ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi faoliyatining diqqat markazida bo’ldi va byudjetning g’azna ijrosi metodologiyasini yaratishga qaratildi.
2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat byudjetining g’azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan qamrab olindi. 2007 yilda Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajat- larini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi. 2009 yilda davlat byudjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli jamg’armalarining ham ijrosi G’aznachilikka o’tdi. Bu maqsadda davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari harakatini ta’minlovchi tegishli banklardagi ularning hisobraqamlari yopilib, G’aznachilikda ular uchun shaxsiy hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to’lovi shu hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi. 2010 yildan boshlab tajriba tariqasida davlat byudjetining bojxona orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila boshladi. 2011 yildan boshlab yangi byudjet tasnifiga asoslangan, davlat byudjeti g’azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G’aznachilik dasturiy majmui ishga tushirildi. 2011 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi deb belgilandi. G’aznachilik tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi. 2014 yildan Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada mustahkamladi. 2016 yilda respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi (ro’yxat raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olish vazifasi yuklatildi. Bunda 2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. Download 39.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling