Reja: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlar haqida


Download 68.36 Kb.
bet15/21
Sana08.05.2023
Hajmi68.36 Kb.
#1444632
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
14. TUSHINTIRISH XATI, E’LON.
Reja:


  1. Tushuntirish xati.

  2. Ishinch xati.

  3. Hisobot.

Ish qog‘ozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yo‘llanadi. Bu hujjat korxonalararo yozishma tarzida bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.


Tushuntirish xati ham ko‘proq shaxsiy mazmunga ega bo‘lib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti–harakatlar, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Shaxsiy mazmundagi tushuntirish xatining zaruriy qismlari:
– hujjat yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi;
– tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
– hujjat nomi – tushuntirish xati;
– matn (unda yuz bergan voqea–hodisa, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon etiladi);
– tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.


TOPSHIRIQLAR
1. Mavzu va uning zaruriy qismlarini o‘qib chiqing.
2. Mavzu bo‘yicha tushunchalaringizni og‘ziaki bayon eting.
3. Ariza va tushuntirish xatining o‘xshash hamda farqli jihatlarini aytib bering.
4. Quyidagi mavzularda tushuntirish xati namunalarini yozing: darsga kech qolganligingizning sababi, darsga kela olmaganligingizning sababi, berilgan topshiriqning o‘z vaqtida bajarilmaganligining sababi, shanbalikda belgilangan vazifalarning tugallanmay qolganligining sababi, mahsulot tayyorlashdagi uzilishlarning sabablari va hokazo.

– tilxat yozuvchi shaxsning o‘qish, ish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;


– qimmatbaho buyum, pul, hujjat yoki boshqa shu kabi narsani beruvchi shaxsning ham ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– olinayotgan narsaning to‘liq nomi, aniq miqdori va holati, tilxat yozuvchi kishining familiyasi, ismi va hujjat yozilgan sana.


TOPSHIRIQLAR
1. Mavzu matni hamda uning zaruriy qismlarini o‘qing.
2. Mavzu bo‘yicha tushunganlaringizni og‘zaki hikoya qiling va turmushda yuz bergan holatlar bilan qiyoslang.
3. Quyidagi mavzularda tilxat namunalari yozing: guruh oqsoqoli sifatida talabalar stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz haqida, o‘tkazilgan sport musobaqalarida talabalar kiyadigan sport kiyimlari, anjomlari olganlingiz haqida, o‘rtog‘ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz olganlingiz haqida, qo‘shningizning videokamerasini vaqtincha ishlatib turish uchun olganligingiz haqida va hokazo.


Download 68.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling