Reja: O‗zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi


Soddalashtirilgan tartibda iqtisodiy sud ishini yuritish xuquq va majburiyatlari


Download 382.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana28.10.2023
Hajmi382.47 Kb.
#1732257
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq

Soddalashtirilgan tartibda iqtisodiy sud ishini yuritish xuquq va majburiyatlari
 
O‗zbekiston Respublikasi FK ning 39-moddasiga ko‗ra o‗z mulkida, xo‗jalik 
yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‗lgan hamda o‗z 
majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‗z nomidan mulkiy 
yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‗la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, 
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo‗la oladigan tashkilot 
yuridik shaxs hisoblanadi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor maqomini 
olgan holda tadbirkorlik bilan shug‗ullangan va uning faoliyati davomida nizo kelib 
chiqqan bo‗lsa, bu nizolar ham iqtisodiy sudlar tomonidan hal etiladi. Fuqarolarga 
nisbatan qo‗yilgan talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, 
garchi, sudga ariza berilgan kun holatida bu fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor 
maqomini yo‗qotgan bo‗lsa-da, ular ishtirokidagi nizolarga doir ishlar iqtisodiy sudga 
taalluqli bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq 
iqtisodiy sudga yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan faktlarni aniqlash to‗g‗risidagi ishlar 
taalluqlidir. Iqtisodiy sudlar tomonidan aniqlanadigan yuridik faktlarga bino yoki yer 
maydonining mulk huquqi asosida mansubligi fakti; ko‗chmas mulkka 15 yil davomida 
o‗ziniki kabi insofli, ochiq va uzluksiz egalik qilish yoki boshqa mulkka 5 yil egalik 
qilish fakti; tashkilotning muayyan vaqtda va muayyan joyda ro‗yxatdan o‗tish fakti va 
boshqalar tegishli. Yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan faktlarni aniqlashga doir ishlar 
bo‗yicha nizo mavjud bo‗lmaydi. 
―Bankrotlik to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, 
O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasining 3-bandiga muvofiq tashkilotlar va 
fuqarolarning bankrotligi to‗g‗risidagi ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. 
Mazkur Qonunning 3-moddasiga ko‗ra bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - iqtisodiy 
sudlar tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‗yicha kreditorlar 
talablarini to‗la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‗lovlar bo‗yicha o‗z 
majburiyatini to‗la hajmda bajarishga qodir emasligidir. Qonunning 4-moddasiga ko‗ra 
qarzdorning pul majburiyatlari bo‗yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) 


majburiy to‗lovlar bo‗yicha o‗z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli 
majburiyatlar va (yoki) to‗lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy 
davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‗lsa, uning bankrotlik alomatlari deb 
e'tirof etiladi. Tijoratchi tashkilot bo‗lmagan yuridik shaxslar, ya'ni davlat korxonalari, 
davlat idoralari, davlat muassasalari, shu jumladan, davlat byudjetidan to‗liq moliyaviy 
mablag‗ bilan ta'minlanadigan kasalxonalar, maktablar, bog‗chalar, shuningdek 
matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxslar 
nochor (bankrot) deb hisoblanishi mumkin emas. 
Yana shuni alohida yodda tutish lozimki O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi 
birinchi qismining 4-bandiga ko‗ra hakamlik muhokamasi bilan bog‗liq ishlar iqtisodiy 
sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. Bunday toifadagi ishlar IPKning 28-moddasida 
belgilangan bo‗lib, ularga hakamlik sudida ko‗rilayotgan ish bo‗yicha da'voni ta'minlash 
yuzasidan choralar ko‗rish to‗g‗risidagi arizalar bo‗yicha ishlar; hakamlik sudlarining 
hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo‗yicha ishlar hamda 
hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari 
berish to‗g‗risidagi arizalar bo‗yicha ishlar kiradi. 
Tadbirkorlik subyekt bo‗lgan aksiyadorlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan 
jamiyatlar, qo‗shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, matlubot 
kooperativlari va ulushli mulkka asoslangan xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar ishtirokchilari 
o‗rtasida yoki aynan shu sub'ektlar boshqaruv organlari va ularning ishtirokchilari 
o‗rtasida yuzaga keladigan nizolar, yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va 
tugatish bilan bog‗liq nizolar korporativ nizolar hisoblanadi. Korporativ nizoning o‗ziga 
xos xususiyati shundan iborat-ki, bu nizo bitta xo‗jalik yurituvchi sub'ekt doirasida
uning ta'sischilari bilan bshqaruv organi, ta'sischilari o‗rtasida o‗zaro va xo‗jalik 
jamiyati bilan bog‗liq holda yuzaga keladi. 
Jumladan, ―Mas'uliyati cheklangan hamda qo‗shimcha mas'uliyatli jamiyatlar 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismiga 
muvofiq jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‗n foizini 
tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‗z majburiyatlarini qo‗pol buzayotgan yoxud 


o‗z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‗rsatishiga imkon 
bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud 
tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. Bunda shuni inobatga olish lozimki, 
jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‗n foizini tashkil 
etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning 
kamida o‗n foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga 
murojaat qilishi mumkin. Bir nechta ishtirokchi sudga murojaat qilganda da'vo arizasi 
ushbu ishtirokchilarning barchasi yoki ularning vakili (vakillari) tomonidan imzolangan 
bo‗lishi kerak. Bunda da'vogar (da'vogarlar) ulushining miqdori belgilangan tartibda 
tasdiqlangan ta'sis hujjatlari asosida aniqlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 5-bandiga ko‗ra 
korporativ nizolar bo‗yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno, iqtisodiy 
sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, korporativ 
nizolarga oid ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar 
yoki jismoniy shaxslar bo‗lishidan qat'i nazar, iqtisodiy sud tomonidan ko‗rib chiqiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 6-bandiga ko‗ra chet 
davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroetishga qaratish 
to‗g‗risidagi ishlar iqtisodiy sudga taalluqlidir. Shuningdek, qonun bilan iqtisodiy sudga 
taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin bo‗lib, bu qonunda 
alohida ko‗rsatiladi. 
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 
269-moddasining uchinchi qismiga ko‗ra mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga 
yetkazilgan moddiy zararni to‗lash to‗g‗risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor 
shaxslar yetkazgan zarar xo‗jalik nizosini ko‗rib chiqish paytida aniqlangan bo‗lsa, 
iqtisodiy sud tomonidan ham ko‗rib chiqiladi. 
Ayrim holatlarda bitta da'vo arizasida ikki yoki undan ortiq da'vo talablarini ham 
ko‗rsatish mumkin. O‗zaro bog‗liq bo‗lib, ba'zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa 
fuqarolik ishlari bo‗yicha sudga taalluqli bo‗lgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, 


ushbu talablar fuqarolik ishlari bo‗yicha sudda ko‗rilishi kerak. Agar bunday talablar 
bildirilgan da'vo ariza iqtisodiy sudga berilgan taqdirda, da'vo arizasi sud'ya tomonidan 
O‗zbekiston Respublikasi IPKning 155-moddasi birinchi qismining 4-bandiga ko‗ra 
qaytariladi. 
Iqtisodiy sud ishini yuritishga soddalashtirilgan tartib joriy etilmoqda. Bahosi quyidagi 
miqdordan oshmaydigan da‘volar ana shu tartibda koʻrib chiqiladi: 

yuridik shaхslarga nisbatan – 20 
EKIH


yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – 5 
EKIH

Bu korporativ nizolar boʻyicha (IPKning 

Download 382.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling