Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. Elektron tijoratda to‘langan mablag‘larni xaridorga qaytarishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 214.5 Kb.
bet12/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adxam

27-modda. Elektron tijoratda to‘langan mablag‘larni xaridorga qaytarishning o‘ziga xos xususiyatlari
Agar shartnoma taraflarining kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xaridor tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.
Shartnomaga muvofiq xaridor tomonidan to‘langan pul summasini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchining zimmasiga yuklatiladi.
Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin xaridor to‘lagan pul summasi shartnomada belgilangan muddat ichida sotuvchi tomonidan xaridorga qaytarilmasa, sotuvchi xaridorga shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi. Bunda neustoykaning (penyaning) miqdori qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas. Neustoyka (penya) to‘langanligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan majburiyatlardan ozod etmaydi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
28-modda. Nizolarni hal etish
Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
29-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
30-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 613-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 82-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 614-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 83-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 22-mayda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-385-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 178-modda);
4) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-455-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 12, 773-modda) 4-moddasi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 158-moddasi.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling