Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. Xaridorning huquq va majburiyatlari


Download 214.5 Kb.
bet5/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
adxam

10-modda. Xaridorning huquq va majburiyatlari
Xaridor quyidagi huquqlarga ega:
shartnomalar tuzish orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), ishlab chiqaruvchi va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishning boshqa shartlari to‘g‘risida to‘liq axborot olish;
elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etish uchun shartlarning tengligini talab qilish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini talab qilish.
Xaridor:
shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif qabul qilinganidan keyin shartnoma tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va ma’lumotlarni taqdim etishi;
to‘lov tizimlari operatorlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart.
Xaridor qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
11-modda. Elektron tijorat operatorlari
Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;
elektron savdo maydonchalari operatorlari;
to‘lovga oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar;
elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.
Elektron tijorat operatorlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.
12-modda. Elektron tijorat operatorlarining huquq va majburiyatlari
Elektron tijorat operatorlari quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat sohasidagi xizmatlarni shartnoma asosida o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatish;
elektron tijorat subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning shartlarini belgilash;
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni boshqa elektron tijorat operatorlariga saqlash uchun topshirish.
Elektron tijorat operatorlari:
qonunchilik talablariga rioya etishi;
o‘z axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi;
elektron tijorat sohasidagi standartlarga, normalarga va qoidalarga rioya etishi;
o‘zining to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, litsenziyalari, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari, ko‘rsatiladigan xizmatlari, ularni ko‘rsatish shartlari va qiymati (tariflari) to‘g‘risidagi axborotni elektron tijorat subyektlariga oshkor etishi;
elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini hamda ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirmasligi (bundan elektron tijorat subyektlari tomonidan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno);
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ta’minlashi;
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shu jumladan ulardagi axborotni uchinchi shaxslarga topshirmasligi (bundan qonunchilikda yoki shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno) shart.
Elektron tijorat operatori tomonidan xizmatlar ko‘rsatish shartlari va qoidalari ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak.
Elektron tijorat subyektlarining elektron tijorat operatoriga topshirilayotgan elektron hujjatlarining va elektron xabarlarining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy oqibatlar uchun elektron tijorat operatori javobgar bo‘lmaydi.
Elektron tijorat operatori qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling