Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. Elektron savdo maydonchasi operatorining huquq va majburiyatlari


Download 214.5 Kb.
bet6/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
adxam

13-modda. Elektron savdo maydonchasi operatorining huquq va majburiyatlari
Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan elektron tijorat operatori huquqlaridan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
o‘z elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni bevosita, mustaqil ravishda amalga oshirish;
faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli litsenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirish.
Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan elektron tijorat operatori majburiyatlaridan tashqari:
qonunchilikka muvofiq muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga barham berilishi bo‘yicha choralar ko‘rishi;
savdo maydonchasiga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvni va elektron savdo maydonchasida savdo qilish qoidalarini muntazam ravishda elektron savdo maydonchasida aks ettirishi;
elektron tijorat ishtirokchilari xizmat ko‘rsatishga va savdoni amalga oshirishga doir shartnoma shartlari bilan tanishib chiqa olishini, shuningdek ularning to‘liq tarzda joylashtirilishini ta’minlash uchun texnik choralar ko‘rishi ham shart.
Agar elektron savdo maydonchasining operatori elektron tijorat sohasidagi o‘z faoliyatini to‘xtatib turmoqchi bo‘lsa yoki xizmat ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartishlar kiritmoqchi bo‘lsa, bu haqda kamida o‘ttiz kun oldin tegishli savdo maydonchasida e’lon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno).
4-bob. Elektron tijoratda shartnomalar tuzish tartibi
14-modda. Shartnomalar tuzishga doir umumiy talablar
Elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjati talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi.
Shartnoma qonunchilikda belgilangan, shartnomani tuzish va bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning mazmuniga va shakliga oid talablarga mos bo‘lishi kerak.
Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qog‘ozdagi shunga o‘xshash hujjatlarga tenglashtiriladi.
Shartnomalarni tuzish chog‘ida qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolash talab qilingan hollarda elektron hujjat, agar shartnoma tarafi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash tartib-taomili bajarilsa, imzolangan deb hisoblanadi.
Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (“SMS”, “Face-ID” va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling