Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. Elektron tijoratda shartnomalar shartlarining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 214.5 Kb.
bet9/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adxam

21-modda. Elektron tijoratda shartnomalar shartlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Shartnoma shartlari aniq, tushunarli shaklda davlat tilida shakllantirilishi kerak. Zarur bo‘lganda ular davlat tili bilan bir vaqtda taraflar uchun qulay bo‘lgan boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin.
Shartnoma shartlarida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
hujjatlarni tuzish usuli hamda elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni) o‘zaro almashish tartibi;
hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiya qilish va shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan usullarning ishonchliligini tekshirish tartibi;
shaxsga doir ma’lumotlardan va tarqatilishi cheklangan boshqa axborotdan foydalanish tartibi.
5-bob. Elektron tijorat sohasidagi hisob-kitoblar
22-modda. Elektron tijorat sohasida to‘lovlarni amalga oshirish usullari
Elektron tijorat sohasida to‘lovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
naqd pul mablag‘lari bilan — naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (“E-POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;
pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali — pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan (shu jumladan bank kartalarining hisobvarag‘idan) o‘tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi) orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish vositasida;
elektron pullardan foydalangan holda — elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida.
23-modda. Elektron tijorat sohasida to‘lovlarni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Elektron tijorat sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilish o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni soliq organlariga onlayn rejimda uzatish imkonini beruvchi virtual kassadan majburiy foydalanish vositasida amalga oshiriladi.
Elektron tijorat sohasida to‘lovlarni elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishda virtual kassaning elektron cheki xaridorga mablag‘larni oluvchi ko‘rsatilgan holda xaridorning abonent raqamiga yoki xaridor ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yoxud xaridorning shaxsiy kabinetiga yuborilishi kerak.
Elektron tijorat sohasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishga doir xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda keyinchalik inkassatsiya qilish sharti bilan uchinchi shaxslar (sotuvchilar) uchun to‘lovni qabul qilish huquqi beriladi.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling