Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


elektron savdo maydonchasining operatori


Download 214.5 Kb.
bet2/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
adxam

elektron savdo maydonchasining operatori — elektron tijorat ishtirokchilariga elektron savdo maydonchasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi;
elektron tijorat operatori — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
elektron tijorat subyektlari — elektron tijorat ishtirokchilari va (yoki) elektron tijorat operatorlari.
4-modda. Elektron tijoratning asosiy prinsiplari
Elektron tijoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;
elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;
elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini ta’minlash;
elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi;
elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash.
2-bob. Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solish
5-modda. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarni, zamonaviy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, zarur texnik va logistika infratuzilmasini shakllantirish;
elektron tijorat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
elektron tijorat sohasida raqobat muhiti uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta’minlash;
elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnika tadqiqotlarini rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling