Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari


Download 214.5 Kb.
bet3/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
adxam

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektron tijorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
elektron tijoratda amalga oshirish chog‘ida muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini tasdiqlaydi;
elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
elektron tijorat sohasini tartibga solishni amalga oshiradi va mazkur sohadagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi;
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
boshqa manfaatdor davlat organlari va o‘zga tashkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishda va uning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;
elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va mazkur sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi monitoringini tashkil etadi;
elektron tijorat sohasiga axborot tizimlarini va axborot resurslarini joriy etishga ko‘maklashadi;
elektron tijorat subyektlariga xizmat qiladigan logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
elektron tijorat sohasiga elektron to‘lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy etishda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishtirok etadi;
aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida elektron tijoratni targ‘ib qilishni hamda ommalashtirishni tashkil etadi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling