Reja: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi


Download 133.92 Kb.
bet10/18
Sana27.03.2023
Hajmi133.92 Kb.
#1300107
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
1. Mavzu. O’zbekiston Respuublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha

Pedagogik fanlar tizimi. Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir:

  1. Umumiy pedagogika — maktab yoshidagi boialarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalarini o'rganadi.

  2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi — maktabgacha ta'lim yoshidagi boialarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi.

3. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinflar o'quvchilarini tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning o'ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi.
4. Korreksion (maxsus) pedagogika — rivojlanishida turli psixologika fiziologik nuqsonlari bo'lgan boialarni tarbiyalash va o'qitish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi.
O'z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: 4-1. Surdopedagogika va surdopsixologiva — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
4.2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiva — aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
4.3. Tiflopedagogika va tifiopsixologiya — ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
4.4. Logopediya va nutqiv buzilishlar psixologivasi — nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo'lgan bolalar (ko'r, soqov va kar bolaIar)ni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.

  1. Metodika — xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o'rganadi.

  1. Pedagogika tarixi - ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi.

  2. Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.

  3. Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi.

9. Ta'limni boshqarish — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o'rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika — ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g'oyalarning tutgan o'rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish muammolarini o'rganadi.

Download 133.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling