Reja: O‘zbekiston yuneskoga a‘zo bo‘lishi
Download 47.35 Kb. Pdf ko'rish
|
7tarixMavzu O‘zbekist-WPS Office
Mavzu:O‘zbekiston va YUNESKO munosabatlari Reja: 1.O‘zbekiston YUNESKOga a‘zo bo‘lishi 2.O‘zbekiston va YUNESKO munosabatlari 3.Jamiyat va kelajakka e'tibor "O’zbekiston YUNESKOga 1993 yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997 yilda Tashkilotga a'zo mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009 yildan 2013 yilgacha O’zbekiston YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998 yil 6-7 noyabr kunlari O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi “A'zo mamlakatlarda YUNESKOning faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi • Amir Temurning 660- yilligi • olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi • olim va teolog Al-Buxoriyning 1225- yilligi • olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek, Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida Markaziy- Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli hududlarida 10ta kafedra va YUNESKOning 10ta ijtimoiy-ta'lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday loyihalar amalga oshirilgan: • “Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros majmualarini ro’yxattan o’tkazish”; • “Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik restrukturizatsiyasi”; • “O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”; • “O’zbekistonning kulolchilik san'ati”; • “”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”; • “O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va bo’yash o’quv markazlari ochish”; • “Boysun hududining madaniy merosi”. Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. O‘zbekiston shunday davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi xizmati katta. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz” degan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi. 1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Azal-azaldan maorif, fan va madaniyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan o‘zbek xalqining mazkur tashkilot bilan izchil va istiqbolli hamkorligi ayni muddao bo‘ldi. YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. 1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim muassasasi qo‘shildi. Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda. Bundan tashqari tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirildi. Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi. YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera», «Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda. Download 47.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling