Reja: O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Davlat suverenitetini mustahkamlash, davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi


O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi


Download 27.81 Kb.
bet4/4
Sana18.03.2023
Hajmi27.81 Kb.
#1281709
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil o\'zbekiston davlatining barpo etilishi

4. O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi.
8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi. Iqtisodiy qo‘mita, Parlamentlararo assambleya va boshqalardan iborat, Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo‘mitasi MDH ning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. O‘zbekiston MDH da davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud (1993), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (1999), Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT, 2002)ni tuzish tashabbuslari ma’qullandi. 2000 yil 10 oktyabrda Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining rahbarlari tomonidan ostona shahrida imzolangan shartnoma asosida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati tuzildi. 2005 yilning oktyabrida O‘zbekiston Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EvrAzES)ga a’zo bo‘lish maqsadini bildirdi. 2006 yil 25-yanvarda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan EvrAzES sammitida O‘zbekistonning 13 Hamjamiyatga a’zo bo‘lishi hamda MOHTning EvrAzES bilan birlashishiga doir qarorlar qabul qilindi. Mazkur tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning yuqori darajasini ta’minlagan holda o‘zaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich to‘siqlarni bekor qilish yo‘li bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtiradigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil etish kabilardan iborat edi. Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga chinakam xalq integratsiyasi sifatida qaraladi. Bu hududda asrlar davomida yonma-yon yashagan xalqlar xorijiy bosqinchilarga qarshi hamkorlikda kurashib kelishgan. Ularning tarixiy, ma’naviy, etnik-madaniy yaqinligi real voqelik bo‘lib, kelajakda o‘zaro hamkorlik, hamfikrlilik, mintaqaviy mojarolarni bartaraf etish, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hamkorlikka intilishi hisobga olinib, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini kuchaytirishga katta e’tibor berildi. Shu maqsadda 1993 yil iyul oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida, 1994-2000 yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida bitim imzolandi. 1994 yil yanvar oyida yagona iqtisodiy hududni barpo qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994 yil aprel oyida bu shartnomaga Qirg‘iziston Respublikasi qo‘shilgach, u davlat o‘rtasida hamkorlikni muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya Qo‘mita tuzildi. Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda o‘ziga xos ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, SSSR davrida qazib olingan ko‘mirning qariyb 20 %, gazning 18 %, oltinning 33 %, o‘simlik yog‘ining 26%, paxtaning 92 % shu mintaqa hisobiga to‘g‘ri kelgan. Bu dehqonchiligi taraqqiy topgan, ma’dan xazinalari behisob bo‘lgan mamlakatlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish qanchalik samarali ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strategik, jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay sharoitda, ya’ni mintaqaning transport, boy energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan, O‘zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustunlikka egadir. Uchinchidan, O‘zbekiston qulay tabiiy-iqlim 14 sharoitiga ega bo‘lib, unda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral - xom ashyo resurslari mavjud. To‘rtinchidan, davlatimiz chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‘lmish muhim tarmoqlarga ega. O‘zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rni bo‘lib, ma’naviy merosga boy yurtimiz oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham ma’naviy, ma’rifiy va siyosiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazib kelgan. O‘zbekiston o‘zining madaniy nufuzi, ilmiy texnologiyalari va malakali kadrlari bilan iqtisodiy yuksalib, Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Biroq, buning uchun quyidagi bir qator qiyinchiliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keladi: - SSSR davrida Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivojlangani uchun uning tarmoqlari ancha buzilgan; - Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va ekologik qiyinchiliklar ta’siri sezilib turadi; - O‘zbekiston dengiz portlaridan uzoqda joylashganligi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda qiyinchilik tug‘diradi; - Mintaqa atrofida qudratli davlatlar va kuchli siyosiy markazlarining birbirlariga mos kelmaydigan ta’sir doirasi mavjuddir. - Ba’zi Osiyo davlatlarning o‘zaro hamkorlik qilishga zid bo‘lgan manfaatlari xotirjamlikka imkon bermayotir. Markaziy Osiyoda mavjud muammolarni va mintaqa xalqlari taqdiriga dahldor masalalar echimini topishda mazkur mamlakatlar rahbarlari milliy manfaatlar hamda ehtiyojlardan qat’iy nazar, birgalikda hamkorlik yo‘llarini izlamoqdalar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “O`zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi”. Toshkent. O`zbekiston. 1992-yil. 15 2.Shavkat Mirziyoev. Biz milliy rivojlanish yo‘limizni yangi bosqichda ishonch bilan davom ettiramiz. 1-jild. T: “O‘zbekiston”, 2017 yil.
3. Karimov I. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish kontsepsiyasi.-T: “O‘zbekiston”, 2010 yil.
4. Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T: “O‘zbekiston”, 2011 yil.
5. Rahimov M. O‘rta Osiyoda zamonaviy xalqaro munosabatlarni o‘rganishda fanlararo usullardan foydalanish. O‘zbekistondagi og‘iz tarixi: nazariya va amaliyot. –T: O‘zR II AN, 2011 yil.
6. Sobirov A. O‘zbekistonning yangi tarixi: o‘rganish metodologiyasi masalalari bo‘yicha // "O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy va metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manbalari va usullari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – T: 2013 yil.
Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling