Reja: Ozbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishida qonunustuvorligi tamoyilining mustahkamlanish
Download 89.5 Kb.
|
18 Roxila Ro'ziboyeva 17 77
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Mavzu boyicha savolliklar: 1. Huquqiy davlatning asosiy belgilari nimalardan iborat
- 2. Konstitutsiya nima
- 3. Hokimiyat organlarini sanab oting.
- 5. Ozbekistonda sud hokimiyatining qanday tizimlari bor
Farg'ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Filologiya va tillar o'qitish ( ingliz tili) yo'nalishi 17-77 guruh talabasi Roxila Ro'ziboyevaning Fuqarolik jamiyati fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Qonun ustuvorligi demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining asosi. Reja: 1. Ozbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishida qonunustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. 2. Ozbekistonda davlat hokimiyati tizimi. Hokimiyat organlarining vakolatlari. 3. Konstitutsiya davlat va jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va manaviy sohalarini islox qilishning xuquqiy asosi ekanligi. Huquqiy demokratik davlat jamiyat taraqqiyoti va davlat shakllarining rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan davlatni tashkil qilishning eng mukammal shakli va mazmunidir. Huquqiy demokratik davlat uchun kurash bundan tort-besh asr muqaddam boshlanib, faqat XX asrning ikkinchi yarmida haqiqatga aylana boshladi.Huquqiy demokratik davlat shaklan davlatning otmishdagi tarixiy tiplariga oxshasada, ozining mazmuni, tub mohiyati, fuqarolar oldidagi burchi va masuliyatining nihoyatda kattaligi va boshqa fazilat va xususiyatlarga kora huquqiy bolmagan davlatlardan keskin farq qiladi.Huquqiy davlat haqida uzoq va yaqin otmishda turli tuman fikr-mulohazalar, orzu-niyatlar olga surilgan. Biroq shorolar davrida, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari haqida nihoyatda kop gapirilgan bolsada huquqiy davlat iborasi rasman faqat 1988 yilga kelib, KPSS ning XIX Butunittifoq konferentsiyasi materiallaridagina birinchi marta demokratlashtirish, adolatli jamiyat qurish goyalari tasirida qollanildi. (qarang: mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lugat. T. 1998 yil, 189 bet). Ozbekistonda tashkil topayotgan huquqiy davlat xalqimiz, davlatchiligimizning bir necha ming yillik tarixiy ananalariga asoslanadi, uning ildizlari Donishnoma, Qobusnoma, Siyosatnoma, Zafarnoma, Temur tuzuklari, Xamsa, Boburnoma singari dunyo ahamiyatiga ega bolgan nodir asarlarga borib taqaladi. Respublikamiz mustaqil davlat bolgach, Sotsialistik davlat, Umumxalq davlati degan tushunchalardan voz kechdi va jahondagi ilgor rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asosan, huquqiy davlat qurishning maqsad qilib qoydi. Huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari Ozbekistonning 1992 yilgi konstitutsiyasida va mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning Ozbekiston kelajagi buyuk davlat, Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati, Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqiyot yoli kabi asarlarida hamda koplab maruza va nutqlarida Ozbekiston xalqi qanday maqsad sari intilayotganini, qanday jamiyat barpo etayotganini ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib huquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, konstitutsiya va qonunlarning ustunligi taminlashidir deb takidlaydi. Tanlab olingan bu yol jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor bolgan bir xil vazifalarini amalga oshirishni taqozo etadi: 1. Huquqiy davlat qurishga kirishilar ekan, avvalo jamiyatda umumiy madaniyatni yuksaltira borishga, insonlarning manaviy kamolotini va huquqiy bilimlarini tobora boyitib borishga harakat qilinmoqda. 2. Huquqiy davlat sari borish jarayonida huquqiy hujjatlar va qonunlarni yaratish bilan shugullanuvchi davlat idoralari jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy munosabatlarni yaxshi bilishni, qabul qilinadigan huquqiy meyorlarning bajarilishini bilishlari kerak. 3. Huquqiy davlatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va tashqi munosabatlarni tartibga solib turuvchi mukammal konstitutsiya, Qonunlar va boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarning mavjud bolishi, amal qilishi, tegishli davlat idoralari nazorati ostida barcha subektlar tomonidan ularning bajarilishi talab etiladi. 4. Meyoriy huquqiy xujjatlar, oz mohiyati va mazmuni jihatdan demokratik, adolatli, insonparvar bolib, davlat idoralari vakolatlarini tobora aniq belgilab beraveradi. 5. Fuqarolar va mansabdor shaxslar yuksak huquqiy bilimga, huquqiy madaniyatga, huquqiy onglilikka erishishi odat qoidasiga aylanishi lozim. 6. Huquqiy meyorlar xalqaro andozalarni hisobga olgan holda Ozbekistonning oziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi qoidalardan iborat bolmogi lozim. Mana shulardan kelib chiqib huquqiy davlatga qoyidagicha tarif bersak boladi. Huquqiy davlat bu jamiyatdagi barcha millat tabaqalarining insonparvarlik adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlaydigan, byurokratik va mahalliychilikka qarshi kurashadigan xalq hokimyatining shaklidir. , huquqiy davlatning asosiy belgisi shuki, bunday davlat huquq doirasida harakat qiladi, uning jamiyat va inson bilan barcha munosabatlari huquqiy meyorga asoslanadi. Ulug bobokalonimiz Amir Temur Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik boladi, - deb bejiz aytmagan. Bu fikrni hozirgi sharoitda yangicha tahmin qilib yurtboshimiz ozining Ozbekiston bozor munosabatlariga otishning oziga xos yoli asarida huquqiy madaniyatning yuqori darajada bolishi huquqiy davlatning oziga xos xususiyatidir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va royobga chiqadi Huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bogliq ayrim jihatlari bilan bir biridan farq qiladi. Birinchidan, demokratik, huquqiy davlat kuch bilan, inqilob bilan emas, balki tabiiy-tarixiy, evolyutsion yol bilan huquq qadrining jamiyat tomonidan anglanishi, fuqarolar madaniyatining osishi orqali shakllanadi. Ikkinchidan, huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligini anglatmaydi. Qonunlar huquq sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap osha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir. Uchinchidan, huquqiy davlat barcha fuqarolar uchun, ularning ijtimoiy ahvolidan qatiy nazar, barcha mansabdor shaxslar uchun ularning qanday yuksak lavozimni egallashdan qatiy nazar hokimiyatning barcha institutlari uchun qonunni ustunligini, uni bajarilishining muqarrarligini taminlaydi. Tortinchidan, huquqiy davlatda qonunlarning bir tizimga solinganligi, ziddiyatsizligi, amalda bajarish uchun sharoit bolishi, kafolatli va har bir kishi uchun tushunarli bolishi taminlanadi. Beshinchidan, huquqiy davlat qonunlarini qabul qilish va amalga oshirishning muayyan odatda zoravonlikka, majburiylikka asoslanmagan mexanizmlariga ega boladi. Darhaqiqat, huquqiy davlat xalq tomonidan boshqarilishi kerak. Buning shakllanishida davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va fuqarolar ishtirok etadilar. Qonunga qatiy amal qilib ish koradigan huquqiy davlatimizni xalq ommasi, jami fuqarolar ozining birdan bir suyanchigi, posboni, najot qalasi deb biladi va hurmat qiladi. Shu orinda Mark Tullii Tsitseronning Biz qonun quli bolganimizdagina ozodlikka ega bolamiz, degan sermano sozlarini eslab otish ayni muddaodir.Darhaqiqat xalqni, uning manfaatini begaraz, odilona va oqilona himoya qiladigan qonun bilan xalq faxrlanadi. Boshqacha aytganda, xalq unday qonunning quli sifatida xizmat qilishni ozi uchun ornomus deb emas, faxr iftixor, shon-sharaf deb biladi va ezozlaydi. Huquqiy davlatda qonun sobiq sovet jamiyatida bolganidek ogri qolib togrini, aybdor qolib aybsizni, gunohkor qolib begunohni jazolamaydi, odamlarning nohaqdan burnini qonatmaydi nafsiyatini yerga urmaydi. U har narsani oz nomi bilan ataydi, jinoyatchilarni qilmishiga yarasha jazolaydi, tartibga chaqiradi, ijtimoiy adolatni himoya qiladi.Huquqiy davlatda qonun yakka hokimlikka, zoravonlikka, vazifasini suistimol qilishlariga yol bermaydi, fuqarolarning haq huquqlarini, qadr qimmati, erkinligi shanini, gururini himoya qiladi, ijtimoiy adolat taminlanishini oz zimmasiga oladi.Ozbekiston Prezidenti I. Karimovning Ozbekiston XX1 asrga intilmoqda mavzuidagi nutqida, boshqa koplab dolzarb masalalar qatorida, yurtimizda qurilajak demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, unda manaviy madaniyatning orni hamda ahamiyati muammolari alohida orin olgan. Bu tasodifiy hol emas. Chunki ijtimoiy adolat; bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan insoniy munosabatlarni hayotimizda qaror toptirishni yuqoridagilarsiz hech tasavvur etib bolmaydi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, huquqiy davlatni shakllantirish davrida jamiyatni, kishilar ortasidagi munosabatlarni boshqarish, boyruqbozlik, zoravonlik torachilik asosida emas, balki qonun asosida huquqiy kafolatlangan korinishda amalga oshirilishi shart. Davlatning asosiy qonuni konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya lotincha sozdan olingan bolib, tuzulish, tartib manolarini anglatadi. Malumki, har bir davlatda, uning ichki va tashqi hayotini tartibga soli shva davlat mexanizmining rejali ishlab turishini tamin etish uchun, yuzlab va minglab turli qonunlar hamda qonunosti aktlari qabul qilinadi. Tarixda birinchi konstitutsiya 1778 yilda AQSH da qabul qilingan. Konstitutsiya mamlakatda ijtimoiy tuzum va davlat tuzulishining huquqiy asos va qoidalarini belgilaydi, davlat organlari tizimi, unda ularning tashkil etilishi va faoliyatiga tegishli umumiy qoidalar, saylov tizimi, fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlari aks etadi.Jahon mamlakatlarida ikkinchi jahon urushidan keyin birin ketin bugungi kunda amaldagi konstitutsiyalar qabul qilindi va shu asosda rivojlanib bormoqda. Masalan, Qozogiston (1995 yil 30 avgust), Qirgiziston (1993 yil 5 may), Rossiya Federatsiyasi (1993 yil 12 dekabr), Belarus Respublikasi (1994 yil 15 mart), Tojikiston (1994 yil noyabr) va boshqalar oz konstitutsiyalarini qabul qilishdi.Mustaqil Davlatlar Hamdostligi tarkibida Ozbekiston birinchilardan bolib, oz Konstitutsiyasini qabul qildi. Mustaqillik sharofati tufayli 1992 yil 8 dekabrda Ozbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu hujjat davlatning asosiy qonuni bolib, istiqbol sari intilishimizga kuch bagshida etuvchi, ijtimoiy va davlat hayotining huquqiy asosidir. Konstitutsiyaga binoan, ozbek xalqining yoli bitta-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, mustaqillikni mustahkamlab, mamlakat ravnaqini taminlashdir. Konstitutsiyamizning oziga xos mazmuni shundan iboratki, u ozbek xalqining tarixiy va milliy qadriyatlarini garb demokratiyasining insonparvarlik tamoyillari ozida mujassam etadi.Asosiy qonunda BMTning ustuvor yonalishidagi hujjatlari, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, xalqaro huquqning meyor va tamoyillari hisobga olingan. Shu bilan birga AQSH, Frantsiya, Shvedtsiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Bolgariya, Turkiya, Vengriya, Eron, Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa davlatlarning xalqaro huquq taballarini aks ettiruvchi konstitutsiyaviy tajribalarini ozida jamlagan.Yangi konsttutsiyamizning ijobiy jihatlari, yangi tomonlari ilgarigi (1927, 1937, 1978) qabul qilingan konstitutsiyalardan tubdan farqi nimalardan iborat?Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 1992 yil 8 dekabr 12 chaqiriq Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida Ozbekiston kelajagi buyuk davlat mavzusida sozlagan nutqi yangi qomusimizning yaratilishini, ilgari konstitutsiyalardan tubdan farqi, oziga xos jihatlari va ahamiyatini aniq ifodalab beradi. Bular birinchidan, bu konstitutsiya ozining tub mohiyati, falsafasi, goyasiga kora yangi xujjatdir. Ikkinchidan, bu asosiy qonunda komunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yoq. Uchinchidan, dunyoviy nematlar orasida eng ulugi inson degan fikr ilgari surilgan va shu asosda fuqaro-jamiyat-davlat ortasidagi ozaro munosabatlarning oqilona huquqiy yechimi ochib berilgan. Tortinchidan, Davlat uning idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar deb yozilishi sobiq ittifoq davrida undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat deb qaralar edi. Beshinchidan, konstitutsiyamiz maxsus tarzda muxofaza qilinadi. Shu maqsadda Ozbekiston tarixida birinchi marta konstitutsiyaviy sud joriy etilganligini bilib oladilar. Ozbekiston konstitutsiyasini sifatini belgilovchi mezonlar ham mavjud bolib, ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Jumladan, konstitutsiyani huquqiy davlatni barpo etish ehtiyoji va istiqbollarga muvofiqligi; xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarning konstitutsiyani yaratishda ijodiy foydalanganligi; konstitutsiyaning bevosita harakatdagi huquq ekanligi; konstitutsiyaning huquq manbai sifatida yetakchilik roli hamda davlat va jamiyatda barqarorlikda erishishdagi ahamiyati va shu kabi mezonlardir.Ozbekiston konstitutsiyasining yangi loyixasi ikki yil davomida huquqshunoslar, iqtisodchi olimlar, mutaxassislar ishtiroida tayyorlandi. Konstitutsiya loyixasi matbuotda ikki marta elon qilindi, ikki yarim oy mobaynida muhokama qilindi, 6000 dan ortiq taklif va mulohazalar tushdi. Loyixa umumxalq muxokamasidan keyin Oliy Kengash sessiyasida moddama-modda muhokama qilindi va bir ovozdan qabul qilindi. Ushbu konstitutsiya 128 modda, 26 bob va 6 bolimdan iborat. Konstitutsiya jamiyatda amalda bolgan barcha qonunlarni bir maqsad, bir goya, bir yagona umumdavlat miqyosidagi asosiy qonundir. U qonunlarning huquqiy bazasi hisoblanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan normalar Ozbekiston davlati konstitutsiyaviy tuzumining asoslarini, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini, Ozbekiston Respublikasi davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va mahalliy ozini-ozi boshqarish tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya Ozbekistoning erkin taraqqiyotini huquqiy jihatdan tola taminlaydi. Shu bilan birga butun qonunchilik va qonunni ijod qilish jarayonining, demokratiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning huquqiy manbai bolib xizmat qiladi. Konstitutsiyamiz haqida horijliklar ham oz baholarini berganlar. Masalan: Frantsuz professori O. Shmidt Ozbekiston va Frantsiya respublikalarining konstitutsiyalarini tahlil qilib, shunday degan edi: Ozbekiston konstitutsiyasi mutlaqo mustaqil va aynan xalqingiz va jamiyatingiz talablariga hamda ananalariga javob beradi... konstittssiyagiz davlat hamda fuqaro jamiyati konstitutsiyasi hisoblanadi, chunki ana shu ikki muhim huquqiy sohani tartibga soladi. (qarang: Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasini organish) kursi oquv qollanmasi. T. 2001 26-27 betlar.Hokimiyatlarning taqsimlanishi demokratik huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi. Boshqacha aytganda, hokimiyatlarni taqsimlash huquqiy davlatni barpo etish, qonun ustuvorligi va hukmronligini amalga oshirish vositasidir.Hokimiyatlar iaqsimlanishi nazariyasini asoschilari ingliz faylasufi J. Lokk (1632-1704) va Frantsuz mutafakkiri Sh. Monteske (1689-1755) dir. Bu nazariyaning mohiyati shundaki, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash uchun davlat hokimiyatining qonun chiqarish, ijro eti shva sudlov funktsiyalari bir-biridan mustaqil bolgan turli idoralar tomonidan amalga oshirilmogi lozim. Monteskening fikricha 3 hokimiyatning har qanday korinishida Biron bir idora yoki shaxs qolida jamlanishi omma manfaatlariga putur yetkazadi, suistemollikka olib keladi va bu xol shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelisha olmaydi. Konstitutsiyamizning 11-moddasiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlanish printsipiga tayanadi. Xosh, hokimiyatning bolinishi nima uchun zarur? Undan davlat qanday naf koradi? Uning fuqarolar manfaatiga tasiri qanday? Javobi quyidagilardan iborat: 1. Davlatning alohida-alohida va vazifalarni amalga oshiruvchi alohida davlat tuzulmalardagi organlari vujudga keladi. 2. Hokimiyatning bolinishi natijasida davlatning alohida vazifalari shu vazifani uddalay oladigan, ularni malakali bajara oladigan organlar ixtiyorida boladi. 3. Hokimiyat bolinishi tamoyili asosida vujudga kelgan organlar faqat ozining vazifasini bajaradi, bir-birini ornini egallamaydi. 4. Bu tamoyil natijasida vujudga kelgan hokimiyat tuzulmalari bir-biridan xoli, mustaqil ish koradi. 5. Bu tamoyil amal qilishi natijasida hokimiyat (vakolatlar) biron-bir tuzulma (organ, mansabdor shaxs) ixtiyorida toplanib qolmaydi. 6. Hokimiyatning bolinishi printsipi amal qilishi natijasida hokimiyatning turli tarmoqlari bir-birining vakolatlarini egallamagan holda bir-birini nazorat qiladi, tiyib turish mexanizmlari mavjud boladi. Tiyib turish mexanizmi deganda biror-bir organ qonunsiz harakat qilganda, ortiqcha vakolat olishga harakat qilganda boshqa hokimiyat tuzulmalari tomonidan quriladigan choralar tushuniladi. 7. Hokimiyat bolinishi amal qilsa, fuqarolar oz haq-huquqini tola amalga oshira oladilar. Endi har bir tuzum boyicha alohida-alohida toxtalib otamiz. Mamlakatimizda qonun chiqarish funktsiyasini koppartiyaviylik zamirida saylangan Oliy Majlis amalga oshiradi. Oliy Majlis oliy qonun chiqaruvchi organ sifatida har bir davlatda oziga xos xususiyatlarga ega va turlicha ataladi. Masalan: AQSHda Kongress (535), Shvetsiyada-Riksda, (349), Xitoy Xalq respublikasida-Xalq vakillari Umumxitoy majlisi, Misrda 424 deputatli Xalq majlisi, Turkiyada 550 nafardan tashkil topgan Turkiya Millat majlisi va hokazo. 1992 yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar, Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi hisoblanar edi. Ozbekiston Respublkasi Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan kopgina jihatlari bilan ajralib turadi. Respublika Prezidenti Oliy Majlisning birinchi sessiyasida (1995 y. 23 fevral) sozlagan nutqida bu farqlarni korsatib otib, shunday degan edi: Oliy Majlis sobiq Oliy Kengashdan butun mazmun mohiyati bilan faqr qiladi. Uning shakllanishidan tortib, oz faoliyatini tashkil etish tartiblari va ish usullarigacha buni yaqqol isbotlaydi.Respublika Oliy Majlisining avvalgi Respublika Oliy Kengashidan birinchi farqi shundaki, Oliy Majlis birinchi marta koppartiyaviylik asosida shakllandi.Har bir partiyaning deputatlari oliy majlisda partiya frantsiyalarini tashkil etadi. Shu partiya frantsiyalari orqali siyosiy partiyalar oliy majlisning qonun chiqarish faoliyatida faol qatnashib, shu tariqa davlat boshqaruviga munosib xissa qoshadilar. Ikkinchi farqi shundaki, oliy majlis deputatlarini shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosida soni va ornini avvaldan korsatib, shakllanishidan butunlay farq qilib, hozirda mavjud partiya vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. Uchinchi farqi shundaki, Oliy Majlis tarkibidagi deputatlarning malum bir qismi oliy majlis tuzulmalari va uning qomitalarida doimiy ishlash uchun qoldiriladi.Respublika Oliy Majlisining yana bir farqli jihati shundaki, u Ozbekistonni mustaqil tashqi siyosat borishi tufayli bir qator nafuzli tashkilotlarga azo boldi.Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hozircha bir palatali organdir. Navbatdagi, yani 2004 yilda boladigan saylovlarda ikki palatali boladi. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov ikkinchi chaqiriq Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining toqqizinchi sessiyasida Ozbekistonda demokratik ozgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yonalishlari degan mavzudagi maruzasida (2002 yil 29 avgust) shunday degan edi: oliy majlisimizning ikki palatali qilib tashkil etish, quyi palataga asosan partiyalar tomonidan taqdim etiladigan royxatlar boyicha saylov otkazish jamiyatimizni siyosiy jihatdan faollashtirishga kuchli turtki boladi. Oliy Majlisning mutloq vakolatlari asosiy Qomusimizning 78- moddasida toliq korsatib berilgan bolib, 24-vakolatdan iborat. Bularni shaklan besh guruhga bolish mumkin. 1. Davlat qurilish sohasidagi vakolatlari; 2. Xojalik sohasidagi vakolatlari; 3. Boshqaruv va sud organlarining tuzush sohasidagi vakolatlari; 4. Ozbekiston Respublikasi huquq tizimi qonunchiligi sohasidagi vakolatlari; 5. Xalqaro aloqalar sohasidagi vakolatlar. 1) Oliy Majlisning davlat qurilishi sohasidagi qonunchilik vakolatiga quyidagi masalalar kiradi: Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish unga ozgartirishlar va qoshimchalar kiritish; Ozbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi ijro etuvchi sud hokimiyati tizimining vakolatlari konstitutsiyasiga muvofiq belgilash; Ozbekiston Respublikasi tarkibidagi yangi davlat sommalarini qabul qilish va ularni Ozbekiston Respublikasi tarkibidagi chiqarish haqidagi qarorlar tasdiqlash mamuriy-huquqiy tuzush masalalari qonun yoli bilan tartibga solish, Ozbekiston Respublikasi chegaralarini ozgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlarni, tashkil etish tugatish nomini ozgartirish va ularni chegaralarini ozgartirish;Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash; Markaziy saylov kommisiyasini tuzish; vakolati tugashi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisini va uning orin bosarlarini saylash; davlat mukofotlari va unvonlarini tasis etish. 2) Oliy Majlisning xojalik sohasidagi qonunchilik vakolatlari quyidagilardan iborat: Ozbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yonalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish: Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yoli bilan tartibga solish: Vazirlar mahkamasining tadbirlariga binoan Ozbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va majburiy tolovlarni joriy qilish. 3) Boshqaruv va sud organlarini tuzish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: Konstitutsiyaga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vazirini uning birinchi orinbosari va orinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi azolarini, Bosh prokuror va uning orinbosarlarini tuzish hamda ularni tugatish togrisidagi farmonlarni tasdiqlash: Prezidentning taqdimiga kora, Respublika Konstitutsiyaviy sudining raisi va azolari, Markaziy bank boshqaruvini raisi, tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining raisini lavozimiga tayinlash. 4) Huquq tizimi sohalari boyicha vakolatiga respublika huquq tizimining barcha sohasidagi qonunlarini qabul qilish hamda ularga tegishli ozgartirishlar va qoshimchalar kiritish kiradi. 5) Xalqaro masalalar togrisidagi vakolatlariga xalqaro shartnomalar va bitimlarni tasdiqlash va denonsatsiya qilish (barvaqt toxtatish): Prezidentning umumiy yoki qisman safarbarlik elon qilish, favqulodda xolat joriy qilish, uning muddatini uzaytirish va toxtatish togrisidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oz faoliyatini uning tarkibiga saylangan deputatlar orqali amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyat davlat hokimiyatining amalga oshirishning bir shakli bolganligi uchun uni tashkil etishning asosiy qoidalari konstitutsiyada belgilangandir. Konstitutsiyaning 91-moddasi 8-bandiga asosan Ozbekiston Prezidentlik Respublikasidir, yani ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishga Prezident boshchilik qiladi. Oliy ijro etuvchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasidir. Prezident ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi, uning faoliyatiga rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasining asosiy huquqiy maqomi va vakolatlari faqat Ozbekiston Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi. Amaldagi konstitutsiyaga binoan Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va manaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni taminlaydi. Ozbekiston Respublikasi Hukumati vazirlarning hamda davlat va xojalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va yonaltiradi, ular haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, ularning markaziy apparat xodimlarning sonini va ularga sarflanadigan mablaglarning hajmini belgilaydi. Bundan tashqari vazirliklar, davlat qomitalari, idoralar hamda davlat va xojalik boshqaruvi boshqa organlarining faoliyatini nazorat qiladi va bu organlarning aktlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bolgan hollarda ularni bekor qilish huquqidan foydalanadi. Mahalliy davlat hokimiyati ham davlatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu borada konstitutsiyaning 99-moddasida shunday deyilgan: Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda, tumanga boysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bolib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini kozlab oz vakolatlariga taluqli masalalarni hal etadilar, bular quyidagilardan iborat: qununchilikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taminlash; Hududlarni iqtisodiy, ijimoiy va moddiy rivojlantirsh; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar yigimlarini belgilash; byudjetdan tashqari jamgarmalarni xosil qilish; mahalliy komunal xojalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofoza qilish; fuqarolik holatini aktlarini qayd etishni taminlash; normativ xujjatlarni qabul qilish hamda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.Davlat faoliyatini, uning vazifa va maqsadlarini amalga oshirishda hokimiyatlarning bolinishi qoidasi asosida tarkib topuvchi hamda alohida davlat muassasalari orqali oz vazifalarini bajaruvchi tizim sud hokimiyati hisoblanadi. Sudning faoliyati ijtimoiy adolatni, tinchlik va totuvlikni taminlashga, huquqiy tartib va qonuniylikni barcha choralar bilan mustahkamlashga qaratilgan.Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 107-moddasi va Ozbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan Sudlar togrisidagi (yangi taxrirdagi) qonunida sudlarni, tashkil topishi, ularni saylash va tayinlash tartibi korsatilgan. Bu qonunning 63-moddasiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xojalik sudi sudyalari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan saylanadi. Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Konstitutsiyaning 112-moddasi va Sudlar togrisidagi qonunining 4-moddasiga asosan, sudyalar mustaqil bolib, faqat qonunga boysunadilar. Ularning faoliyatiga Biron-bir tarzda aralashishga yol quyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boladi. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Xullas Hokimiyatlar taqsimlanishi davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi va ozaro bir-birini nazorat qilishi nuqtai nazaridan, ular ortasidagi nizoli vaziyatlarni yechish va fuqarolarning manfaatini himoya qilish jihatidan keng samarali yuridik vosita bolib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. 2012 yil. 2. I. Karimov. Ozbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-kitob, T. 3. I. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-kitob, T. 1996 yil. 4. I. Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq sо‘zi”, 2010 yil 12 noyabr. 5. Prezident Islom Karimovning О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq sо‘zi”, 2010 yil 8 dekabr. 6. I. Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Xalq sо‘zi”, №16. 2011 yil 22 yanvar. 7. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Oliy ta‘lim muassasalari uchun qo’llanma) T. 2001 yil. 8. “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish” kursi o’quv qo’llanma. 9. S. Otamurodov va boshqalar Politologiya oquv qollanma. T. 1999 yil10. Ozbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. 2001 yil.11.
Bunday davlat huquq doirasida harakat qiladi, uning jamiyat va inson bilan barcha munosabatlari huquqiy meyorga asoslanadi.1. Huquqiy davlat qurishga kirishilar ekan, avvalo jamiyatda umumiy madaniyatni yuksaltira borishga, insonlarning manaviy kamolotini va huquqiy bilimlarini tobora boyitib borishga harakat qilinmoqda. 2. Huquqiy davlat sari borish jarayonida huquqiy hujjatlar va qonunlarni yaratish bilan shugullanuvchi davlat idoralari jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy munosabatlarni yaxshi bilishni, qabul qilinadigan huquqiy meyorlarning bajarilishini bilishlari kerak. 3. Huquqiy davlatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va tashqi munosabatlarni tartibga solib turuvchi mukammal konstitutsiya, Qonunlar va boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarning mavjud bolishi, amal qilishi, tegishli davlat idoralari nazorati ostida barcha subektlar tomonidan ularning bajarilishi talab etiladi. 4. Meyoriy huquqiy xujjatlar, oz mohiyati va mazmuni jihatdan demokratik, adolatli, insonparvar bolib, davlat idoralari vakolatlarini tobora aniq belgilab beraveradi. 5. Fuqarolar va mansabdor shaxslar yuksak huquqiy bilimga, huquqiy madaniyatga, huquqiy onglilikka erishishi odat qoidasiga aylanishi lozim. 6. Huquqiy meyorlar xalqaro andozalarni hisobga olgan holda Ozbekistonning oziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi qoidalardan iborat bolmogi lozim. Mana shulardan kelib chiqib huquqiy davlatga qoyidagicha tarif bersak boladi.
Konstitutsiya lotincha sozdan olingan bolib, tuzulish, tartib manolarini anglatadi. Malumki, har bir davlatda, uning ichki va tashqi hayotini tartibga soli shva davlat mexanizmining rejali ishlab turishini tamin etish uchun, yuzlab va minglab turli qonunlar hamda qonunosti aktlari qabul qilinadi. Tarixda birinchi konstitutsiya 1778 yilda AQSH da qabul qilingan. Konstitutsiya mamlakatda ijtimoiy tuzum va davlat tuzulishining huquqiy asos va qoidalarini belgilaydi, davlat organlari tizimi, unda ularning tashkil etilishi va faoliyatiga tegishli umumiy qoidalar, saylov tizimi, fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlari aks etadi. 3. Hokimiyat organlarini sanab oting. Ozbekiston Respublkasi Oliy Majlisi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati. 4. Oliy Majlis vakolatlarini sanab oting. Vazirlar Mahkamasining asosiy huquqiy maqomi va vakolatlari faqat Ozbekiston Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va manaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni taminlaydi. Ozbekiston Respublikasi Hukumati vazirlarning hamda davlat va xojalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi vQonun ustuvorligi demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining asosi. va bu organlarning aktlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bolgan hollarda ularni bekor qilish huquqidan foydalanadi. 5. Ozbekistonda sud hokimiyatining qanday tizimlari bor? Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xojalik sudi, Fuqaroviy sud. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling