Reja: O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar
Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari
Download 90 Kb.
|
O\'zbekistonda iqtisodiy islohotlar xususiy mulkchilikning shakllanishi
Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari
Bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyot- tushuniladi. Albatta bu iqtisodiyot uzoq taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Tovar-pul munosabatlari asrlar davomida sekin-asta rivojlangan, turli shakllarga kirgan (masalan, kapitalistik) va nihoyat 20 asrning 2-yarmidan boshlab hozirgi bozor iqtisodiyoti shakllandi. Uning asl namunasini hozirgi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ko`rish mumkin. Tarixan qaraganda bozor iqtisodiyotining ikki turi bor. Birinchisi — asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotining asl namunasi 18 va 19 asrlarda bo`lgan. Uning ba`zi alomatlari hozir ham uchrab turadi. Uning quyidagi asosiylarini sanab o`tamiz: 1) YAkka egalikdagi xususiy mulkning hukmron bo`lishi, mulkning ozchilik qo`lida to`planishi, - boy va kambag`allikka keng yo`l ochilishi. 2) Iqtisodiyotning stixiyali o`sishi, ya`ni iqtisodiy beboshlik tartibsizlik bo`lishi, - oqibatda inqirozga uchrash. Noma`lum bozor uchun ko`r-ko`rona ravishda tovar ishlab chiqarish - tovarning sotilish yoki sotilmasligining noma`lumligi Raqobat kurashining qonun-qoidasiz - terror, zo`ravonlik, qalloblik kabi g`ayriinsoniy usullar bilan borishi. 5)Tadbirkorlar o`rtasidagi sherikchilik aloqalarining tasodifiy bo`lishi. 6)Davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, undan chetlashib qolishi. 7)Tartibsizlik natijasida kuchli iqtisodiy tangliklar va bo`hronlarning kelib chiqishi, iqtisodiy talofatlarning yuz berishi. 8) Kishilarning o`ta boy va o`ta kambag`allarga ajralib ular o`rtasidagi sinfiy kurashning mavjudligi, ijtimoiy muvozanat yo`qligi. Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz oqadi, uning o`zanlari tez o`zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to`g`onlar, suv omborlari bo`lmaydi. Bunday daryo nafaqat obi-hayot, balki toshqinlar, qirg`oqlarni yuvib ketish bilan talofat ham keltiradi. Masalan Jayxun (amudaryo) eski To`rtko`l shahrini yo`q qilishi. Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadul-abad saqlanmaydi. U madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib borishga majbur. Madaniylashgan bozor iqtisodiyotining ham o`ziga xos belgilari bor: 1) Asosiy bo`lgan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk yo`llari xam mavjud bo`ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi. 2)Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi. 3) Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabiga moslashadi, bozordagi noma`lumlik ahyon-ahyon uchrab turadi. Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan halol kechadi, uning madaniy usullari qo`llaniladi. Iqtisodiyot sub`ektlari (ishtirokchilari) o`rtasida doimiy va uzoq davrga mo`ljallangan, o`zaro manfaatli sherikchilik aloqalari o`rnatiladi. 6)Davlat, iqtisodiy hayotga aralashadi, o`z chora-tadbirlari bilan iqtisodiy tamoyillarning amal qilishi uchun sharoitlar hozirlaydi. Iqtisodiyot tartiblanib turishidan chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi, iqtisodiy tanglikdan tezda chiqiladi. Iqtisodiyot yuksak bo`lishidan jamiyat boy bo`ladi, shu sababdan tadbirkorlik faqat foyda topish uchun emas, balki el og`zi tushish, obro`-e`tiborli bo`lish uchun ham olib boriladi. Iqtisodiyot ijtimoiy (sotsial) yo`naltirilgan,ommaning farovonligini ta`minlashdek aniq mo`ljalga ega bo`ladi. Kishilarning iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi chegaralash; o`ziga to`q, o`rtahol aholi asosiy ijtimoiy qatlamga aylanadi. Shu boisdan jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o`rtasida to`qnashuvlarga o`rin qolmaydi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o`tish deganda madaniylashgan iqtisodiyot sari borish tushuniladi. G`arbga nisbatan Sharq mamlakatlarida taraqqiyot ancha oldin boshlangan. Insonning iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, bozor, savdo kabilar Osiyo xalqlari ichida juda qadimgi davlardayoq boshlanib, so`ngra g`arbga, Ovro`pa xalqlariga tarqala boshlagan. Sharq bozori, Markaziy Osiyo va O`zbekistondagi bozor o`zining qadimiyligi bilan bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, bu yerlarda qadim davrlardanoq inson iqtisodiy faoliyati ancha yuqori darajada ekanligini ko`rsatadi. Avvalo shuni ta`kidlash zarurki, sharq bozorida maxsus savdo rastalari, do`konlar, omborlar, karvon saroylar kabilar bo`lgan. Shu bilan birga savdogarlar o`z vatanlaridan uzoq bo`lgan bir necha bozorlarda oldi-sotdi ishlarida qatnashishgan, hatto bir necha mamlakatlar bozorlarida ishtirok etishgan. Bu albatta, qadim vaqtlardayoq hunarmanchilik, dehqonchilik rivojlanganligining natijasidir. Qadimgi davr, qulchilik davrlardayoq hozirgi O`zbekiston hududi bozorlarida Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy va Yunon savdogarlari o`z mollarini sotish bilan birga ko`p miqdorda bu yerlardan hunarmandlar, dehqonlar mahsulotlarini xarid qilar edilar. Turon bozorida «Ipak yo`li»ning ta`siri katta edi. Bu yo`l Хitoydan Janubiy Ovro`pagacha cho`zilgan bo`lib, shu yo`l bo`yidagi shahar bozorlarini o`z ichiga olar, ya`ni asosan shu «Ipak yo`li o`tgan joylardagi» bozorlarga ta`sir etar edi. Bu bozor Foydalanilgan adabiyotlarqat Хitoy mollari va Janubiy Ovro`pa mollari bilan chegaralanmay, yo`l-yo`lakay barcha xalqlar mollari savdosini ham ta`minlar edi. Albatta, bunda Хitoyning ipak mollari va chinnisi katta o`rin egallar, lekin Turon hunarmand va dexqonchilik mollarining salmog`i ham oz emas edi. Bu mollar Uzoq Sharq va Ovro`pagacha olib borilib sotilar edi. Shu bilan birga «Ipak yo`li» o`tgan hududlar uchun noma`lum bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishining bora-bora o`zlashtirilishda «Ipak yo`li»ning ta`siri katta bo`lgan. O`zbekiston hududida keyingi bozor taqdiri Movaraunnahr bilan bog`liq bo`lgan. Bunda Amir Temur davri o`z ahamiyati bilan farqlanib turadi. Chunki, u yirik markazlashgan davlat barpo etib, bozor uchun juda qulay sharoit yaratgan edi. O`zbekiston asosidagi davlat g`arbda Ovro`pagacha, Sharqda Хitoy, Hindistongacha cho`zilgan bo`lib, bozor uchun keng masofa yaratildi. Bunda ichki bozorga nisbatan tashqi bozor kengroq rivojlandi. Shaharlar ko`payib, yirik-yirik savdo markazlari paydo bo`ldi. Savdo avji hunarmandchilik va xaridorgir mollar ishlab chiqarishni kengaytirdi. Bu vaqtga kelib Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Shahrisabz kabi jahon ahamiyatiga molik savdo markazlari yuzaga keldi. Movaraunnahr bozorlari Sharq va g`arb mamlakatlari savdogarlarini o`ziga jalb etdi. Katta shaharlar bozorida savdoning xususiyatlaridan biri shu ediki, hunarmand mollari alohida savdo do`konlarida emas, balki asosan korxonaning o`zida sotilar edi. Shunga ko`ra maxsus hunarmandlar mahallasi, o`rami, mavzelari bo`lgan. Bularning ayrimlarining nomlari hozirgacha ham saqlanib kelmoqda. Chunonchi, O`qchi, Egarchi, Misgarlik, Kallaxona, Chaqichmon kabilar. Bunday mahallalar asosan shaharlar markazida bozorlarga yaqin joylashgan edi. To`quvchi va tikuvchiga o`xshaganlarning mahsulotlari asosan bozorlarda sotilib, ular sotiladigan maxsus bozorlar mavjud bo`lgan. Masalan, Samarqandning Registon maydonida XV-asrda qurilgan katta aylanma bino bo`lib, bu do`ppi bozori edi. Hozirgi vaqtda bu erda kutubxona joylashgan. Bundan tashqari savdogarlar ayrim mollarni sotishga ixtisoslashgan bo`lib, o`z nomiga ega edi. Aytaylik, allopun va bug`doy, qassob-go`sht sotuvchilar, baqqol-mayda savdo kabilar. Bular savdo va bozorning qadimdan ancha yuqori darajada ekanligidan dalolatdir. Amir Temur davlatining iqtisodiy siyosati va soliqlar tizimi Amir Temur Movaraunnahr siyosiy hayotida XIV asrning 50-yillari oxiri 60-yillar boshlarida ko`rindi. O`sha davrda Movaraunnahr chig`atoy ulusiga qarashli bo`lib, mayda feodal davlatlarga bo`lingan edi. Kesh-Shahrisabz, Buxoro, Termiz, Badaxshon, Хo`jand, Shosh-Toshkent va boshqa viloyatlar o`rtasida tinimsiz urush-janjallar davom etib kelardi. Bunday ahvol mamlakat va xalq boshiga son-sanoqsiz kulfatlar solardi. Amir Temur bu feodal urushlarga boshqalardan maqsadliroq qatnashib, o`zining qobiliyati va uddaburonligi bilan elga tanilgan edi. Amir Temur shu davrda Movaraunnahrda mustaqil kuchli markazlashgan davlat tuzish uchun mo`g`ul xonligiga qarshi Movaraunnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo`lgan barcha kuchlar bilan ittifoq tuzib, o`zboshimcha feodallar va boshqa zid kuchlarga qarshi kurash olib borib, feodal tarqoqligiga barham berdi, Movaraunnahrni mo`g`ullardan ozod qildi va mustaqil, kuchli markazlashgan davlat tuzdi. Mamlakat chegaralaridagi osoyishtalikni ta`minlash maqsadida Amir Temur Хorazm va Хurosonni egallab butun Turonni birlashtirdi va Eron, Iroq, Ozarbayjon, Hindistonning shimoliy qismini o`z ichiga olgan buyuk markazlashgan davlatga asos soldi va Movaraunnahrda o`z saltanatini o`rnatdi (1370 y.). Shu paytda yurtda notinchlik, vayronagarchilik, tartibsizliklar hukm surar, mamlakat o`ta holdan toygan, fuqarolar ochlikka, qashshoqlikka yuz tutgan edi. «Pirim Zayniddin Abubakir Toyobidiy menga saltanat ishlarida 4 narsaga amal qilishimni maslahat berdi,-deydi Amir Temur . –1 kengash; 2.Mashvaratu maslahat; 3.Qat`iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik; 4.Ehtiyotkorlik. Bular saltanat ishlarida men uchun eng to`g`ri yo`lboshchi bo`ldi. Shunga ko`ra davlat ishlarining to`qqiz ulushi kengash, maslahat, tadbir, hushyorlik bilan amalga oshirishni va bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim. Tajribamda ko`rdimki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir». Amir Temur o`z siyosatini davlatni boshqarishda tartib o`rnatish, yurt osoyishtaligini ta`minlash, dehqonchilik va chorvachilikni jonlantirish, hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish, ariq va kanallar qazish, suv inshoatlari va to`g`onlar qurib suv chiqarish, ko`priklar qurish, chet davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar o`rnatish bo`yicha qurultoylar o`tkazishdan boshladi. Qurultoylar Movaraunnahrning barcha viloyatlarida o`tkazilib, ularda barcha shahzodalar, bosh amaldorlar, harbiy boshliqlar va aristokratlar boshliqlari ishtirok etganlar. Bu kengashlarda mamlakat xo`jaligi, xalqning ahvoli, ilm-fanni rivojlantirish va harbiy holat hamda boshqa masalalar muhokama qilgan. Amir Temur bu qurultoylarda o`zi nutq so`zlab, ilm va dinning mashhur olimu fuzalolari, har bir sohaning bilimli mutaxassislariga murojaat qilib, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan o`z fikr va mulohazalarni bildirishni so`raydi. Amir Temur ichki-iqtisodiy siyosati xalq farovoniligini oshirish Movaraunnahrda ilm va fanni taraqqiy ettirishdan iborat edi. U xazinaning katta qismini yodgorliklar barpo etishga, yurtni obodonlashtirishga sarflar edi. Shu davrda Samarqandda Ko`ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, ko`plab bog`lar, saroylar, yo`llar, ko`priklar, qishloqlarda masjidlar va muhtojlarga oziq-ovqat beradigan joylar qurdirdi. Toshkent atrofida kanallar qazdirib, Sirdaryodan Ohangaronga kanal o`tkazdi. Buxoro, Shahrisabz, Farg`ona, Turkistonda masjid, madrasalar, karvonsaroylar, suv inshoatlari barpo etdi. Bu ulkan ishlarni bajarishga Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning ham mohir ustalari, hunarmandlari, kosiblarii, olimlariyu fuzalolari jalb etildi. Amir Temur Samarqandning dovrug`ini ko`klarga ko`tarish uchun bu erda oziq-ovqat mo`l-ko`lchigini ta`min etdi, ipak, atlas, sental, shoyi kabi matolar ko`plab to`qib chiqarildi; mo`yna va turli xil surg`ichlar, bo`yoqlar, eng sifatli qog`ozlar ishlab chiqildi. Turli shaharlardan ko`plab sohalar bo`yicha ustalar, hunarmandlar olib kelindi: Damashqdan ipak, mato to`quvchilar, nayza va qurollar yasovchilar, shisha ishlovchilar, Turkiyadan merganlar, har xil hunarmandlar, zardo`zi ustalar keltirildi. Samarqandga shuncha ko`p kasb sohiblari olib kelindiki, shaharning aholisi turli millatlarga mansub bo`lib, 150 mingga etdi. Shaharga Rusiya va Tataristondan charm va surp, Хitoydan ipak matolar, lal va gavharlar, mushk, Hindistondan muskat yong`og`i, qalampir munchoq, mustak guli, dolchin, anbar va boshqa noyob mollar keltirilgan. Samarqand shu davrda savdo markazi bo`lib, maydonlar kechayu-kunduz odamlar bilan gavjumligi bois doimo qizg`in savdo bo`lib turgan. Amir Temur o`z faoliyatida dehqonchilik, chorvachilikni rivojlantirishga, suv omborlari, to`g`onlar qurdirib, ariq va kanallar qazdirib, yangi yerlarni o`zlashtirishga, qo`l ostida bo`lgan barcha yerlardan foydalanishga katta e`tibor bergan, ekin ekish mumkin bo`lgan barcha yerlarni chorva yaylovlari, ekinzor bog`larga aylantirgan. Amir Temur o`z qo`l ostidagi hududlarda ilm-fanga katta e`tibor berib, katta-kichik har bir shahar va qishloqda masjid, madrasa, xonaqohlar bino etdirgan hamda qashshoqlikni bartaraf etish uchun faqiru miskinlarga boshpanalar, yo`lovchilarga qo`nib o`tadigan rabotlar, etim-esirlarga ovqat beriladigan uylar, g`aribxonalar qurdirgan, bemorlar uchun shifoxonalar barpo ettirgan va ularda ishlash uchun xodimlar, tabiblar tayinlab, maosh berilgan. Xulosa.
Bozorlarda tartib va narx-navo ustidan doimiy nazorat o`rnatilgan. Хaridor xaqiga xiyonat qilgan sotuvchilar qattiq jazolangan. Bozor narxlarining beo`rin oshirmasliklari uchun chayqovchilarga qarshi qat`iy choralar ko`rilgan. 1404 yilda Amir Temur shaxsan o`zi qozilik qilib, go`shtni baland narxda sotishda ayblangan qassobni o`lim jazosiga hukm qilgan. «Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga bormasin, … u yurtlarning nafis matolari va boshqa tovarlaridan keltirishsin, o`sha mamlakatlarda yashovchi fuqarolarning hol-ahvoli, turish –turmushlari haqida menga xabar olib keltirsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanliklarini aniqlasinlar» deb yozadi sohibqiron.1 Soliq tizimi Amir Temur davlati iqtisodiy siyosatining asosi bo`lib hisoblanadi. Shu davrda erga egalikning 5 ta asosiy ko`rinishi bor edi: 1.Suyurg`ol yerlar. Bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilgan bo`lib, soliqdan ozod qilingan. 2.Harxon yerlar. Bu yerlar odamlarga biron bir xizmati uchun xususiy mulk qilib berilgan. 3.Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlar. Foydalanilgan adabiyotlar: I.A. Karimov «Uzbekistan po puti uglubleniya ekonomicheskix reform» O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi ssssiyasi ikkinchi yig`ilishida so`zlagan nutqi - T., «Хalq so`zi», 23 yanvar 2000 Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo`limiz. “Хalq so`zi”, 13 fevral, 2002 yil. Хamdamov K.S. Kishlok xujaligi korxonalari faoliyatini boshkarish: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-192c. 1 ekz. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma A.E.Ishmuxamedov va boshq.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz. Шевелева С.А. Основы экономики и бизнеса: Учебное пособие /С.А.Шевелева, В.Е.Стогов.- 2-е изд., перераб. и доп.- М.: ЮНИТИ, 2005.- 515 с. 1 экз. Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz. Куторжевский Г.А. Экономика. Основы теории. Учебное пособие, Издательство: Экономика, 2004. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling