Reja: O‘zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari
Download 2.6 Mb.
|
Iqtisodiy nochorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi
- Siyosat va mafkura iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish chora-tadbirlari Reja:1. O‘zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.2. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni ustuvor yo‘nalishlari.Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotini erkinlashtirishga yo‘naltirilgandir.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 y.y.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yangisi,tenglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulklilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonuniy qabul qilingan; kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida monopolistik birlashmalar, korxonalar vujudga keldiki, ular ichki iste’mol va ishlab chiqarish vositalari bozorlarida o‘z hokimliklarini o‘rnatib, narx-navoning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldilar.Ushbu sektordagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida, aksiyalarida davlat ulushi katta miqdorda saqlanganligi oqibat davlat ishonchli vakillarining ularning faoliyatiga noo‘rin aralashishiga imkon yaratar edi.Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida (1995-1999 yillarda) davlat mulkini dastlabki, kichik xususiylashtirishni tugallash, mulkni xaqiqiy egalari qo‘liga topshirish tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilanadi.Iqtisodiy hayot kishilarining ijtimoiy madaniy siyosat hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.Shuningdek jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi. Siyosat va mafkura iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi.Bu tuzimning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish faollarining 90 foizidan ortig‘iga ega bo‘lib, iqtisodiyotda yakkahokimlikni o‘rnatgan edi.Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston xalq turmush forovonligini, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinliklarini, eng muhimi mulkdor bo‘lish imkoniyatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslanganO’zbekistonda mulkni tubdan isloh qilish jarayonlari izchillik bilan olib borildi va bir necha bosqichdan iborat bo’ldi.Ikkinchi bosqich 1994–1995 yillarni qamrab oldi va bu davr ichida yalpi xususiylashtirish amalga oshirildi. Bunda davlat nazorati shart bo’lmagan tarmoqlar (engil sanoat, mashinasozlik,qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi o’rta va yirik korxonalar) ommaviy tarzda xususiylashtirildi. Birinchi bosqich 1992– 993 yillarni qamrab oldi va unda xususiylashtirish jarayonlari faol amalga oshirildi. Bu bosqichda davlat uy-joy fondi, savdo, xizmat ko’rsatish tizimi, mahalliy, yengil oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti, qurilish tizimlaridagi mayda korxonalar xususiylashtirildi. Foydalanilgan adabiyotlar:
Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling