Reja: O’zbekistonda turizm sohasining davlat rivojiga qo’shgan hissasi


Download 44.73 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi44.73 Kb.
#1522330
  1   2   3   4
Bog'liq
A.Farangiz m-i


O’zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari.
Reja:

  1. O’zbekistonda turizm sohasining davlat rivojiga qo’shgan hissasi.

  2. O’zbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.

  3. O’zbekistonda turizm rivojlanishining nazariy asoslari.

  4. Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi.

  5. Xulosa.



Turizm — sayohatlarning bir turi bo’lsada, biroq o’ziga xos jihatlarga, ma’lum bir tavsifga ega bo’lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan toifa bo’lib, buning ustiga ichki tabiiy hodisa dualizmiga ega.

Zamonaviy g’arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida qaraladi, qaysiki turist turistik industriya jamiyat, turistik siyosat va iqtisodiyot bir butunlik sifatida qaraladi. Bunda iqtisodiy muammolar turizmning ijtimoiy ekologik aspektlari bilan birgalikda tahlil qilinadi. Gap shundaki, bugungi kunda hayotiy strategiya va hayot uslublari qoida bo’yicha bir xil ijtimoiy-siyosiy asoslar ichida shakllanadi., ular shaxsning ijtimoiy tizimidagi muayyan maqomi bilan yuzaga keladi. Ammo shaxs uchun boshqa ijtimoiy guruh vakillarining yashash tarsi ahamiyat kasb eta boshlasa, bu holda ushbu guruhning ahloqiy iste’mol namunalariga mos keluvchi hayot tarziga o’zini namoyon etish yo’li bilan mansubligini ko’rsatishga tayyor bo’ladi. Siyosiy va madaniy bilish turizm talablari segmenti kengaymoqda. Boshqa xalq va davlatlarning madaniyatini, san’atini, an’analarini o’rganishga intiluvchi sayohatchilarning katta oqimi yevropaga, Osiyoga va yaqin sharqqa intilmoqda. Sayohatchilarning sport sog’lomlashtirish, davolash va boshqa turdagi turizmlarga siyosiy-madaniy o’rganish motivlarini kengayishi an’anasi kuzatilmoqda. Siyosiy-madaniy o’rganish turizm rivojlanishida xukumat va mahalliy ma’muriyatning madaniy yodgorliklarini avaylab asrash, ularga keluvchi sayyohlar oqimini boshqarishdagi kuch-g’ayratlari muhim o’rin tutadi.


Turizm rivojlanishidagi hozirgi zamon tendentsiyalari uning ham jahon iqtisodiyotiga ham alohida mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotiga ta’siri ortib borayotganligini ko’rsatmoqda. Turizm aholining o’ziga xos ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib milliy iqtisodiyotning yirik mustaqil sohaga aylanib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarning xilma-xilligi tufayli nafaqat turistik korxonalar balki boshqa soha korxonalari ham qatnashib xalq xo’jaligi kompleksi rivojiga multiplikativ ta’sir etadigan omillardan biri sifatida turizm namoyon bo’ladi.bundan tashqari turizm insonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo’lib, insonlarga fan-texnika taraqqiyoti jadal rivoji, mehnat intensivligi natijasida vujudaga keladiga his-hayajon va psixologik salbiy ta’sirlarni kamaytirishda sezilarli ko’mak beradi.
Ko’pgina mamlakatlardan farqli o’laroq turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan o’zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko’payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo’nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o’rganish, turistik ta’lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta’minlaydigan dasturlarni ishlab chiqarishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992-yil 28-iyuldagi Farmoniga binoan “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil qilindi. Bu kompaniya O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Inturtaj”qo’shma korxonasi “Sayyoh-Intur” Respublika xo’jalik xisobidagi birlashmasi va sobiq “Goskominturist” korxonalari asosida tashkil qilindi. “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi bir necha yillik faoliyati davomida milliy va xalqaro turizmni qayta tiklash, moddiy-texnik me’yoriy bazani mustahkamlash va kengaytirish,yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish, ekskursiya mavzularini yangilash, mavjud turizm baza va kempinglarini takomillashtirish va yangilarini tashkil qilish, qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirish bo’yicha ma’lum miqdordagi ishlarni amalga oshirdi. 1992-yildayoq “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tizimida 135 korxona bor bo’lib, ular ichida jami 10 ming o’rinlik 34 mehmonxona, turbazalar, kempinglar, motellar bor edi.
Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli “O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi prezidentining “O’zbekiston Respublikasiningturizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori)”gi qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan.
2016-yilda O’zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o’zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo’nalishlaridan biri bo’lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oladi.
Xususan, 2016-2019-yillar oralig’ida O’zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o’sish kuzatildi.

2. Sayohat va turizm (travel and tourism) — bir-biri bilan bog’liq tushuncha bo’lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko’ngilocharlik, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, davolanish va boshqa ko’plab narsani qamrab oladi. Biroq, bunda har safar sayohatni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turuvchi o’ziga xos harakat — insonning vaqtinchalik boshqa joyga, mamlakatga, qit’aga borishi, uning doimiy yashash joyidan uzoqlashishi nazarda tutiladi.


Mustaqillik yillarida ayniqsa 2005-2007-yillarda birgina Samarqand shahri va viloyatida o’nlab zamonaviy mehmonxonalar qurildi va kapital tamirdan chiqarildi. Ularning ko’plari xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirildi. Natijada jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxonalar shakllanmoqda. Ammo tan olib aytishimiz kerakki, hali xorijiy mehmonlarga jahon andozalari talablariga javob beradigan xizmat tizimi yetarli darajada shakllangan emas.
Bularni inobatga olib, mamlakatimiz Prezidenti 2006-yil 17-aprel kuni “O’zbekiston respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”gi qaroriga imzo chekdi.
Mustaqillik yillarida bir qancha alloma va avliyolarimizning qadamjoylari, qabr-maqbaralari qaytadan kashf etildi. Ammo uni ham aholining aksariyat qismi bilishmaydi. Masalan Tayloq tumanida Xo’ja Darun, Urgut tumanida Imomi A’zam, Baxmal tumanida Mir Sayd Xalil, G’allaorol tumanida Sadir Vaqqos kabi avliyo va allomalarimizning maqbaralari tiklandi, yirik majmualar qurildi. Bu ro’yxatni yana ham davom ettirish mumkin edi. Bularning hammasi diqqatga sazovor, tarixiy ahamiyatga molik, ma’naviyatimizning tarixiy ildizlaridan dalolat beruvchi obidalardir. Ammo bu obidalar turistik marshrutga, diqqatga sazovorob’ekt sifatida kiritilmagan. Bu joylarga faqat yerlik aholi ziyoratga boradilar, xolos.
Turizmning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki,eksport uchun ishlab chiqarilgan turistik mahsulot mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketilmaydi, balki shu daclatning o’zida realizatsiya qilinadi. Yaratilgan turistik mahsulot iste’molchisining o’zi uni qiziqtiradigan turistik mahsulot uchun uni ajratib turuvchi masofani bosib o’tadi.
Jahon bozoridagi xizmatlar savdosi singari turizmni ham ko’rinmaydigan eksport deb aytish mumkin. U mamlakat to’lov balansiga mos ravishda o’z ulushini kiritadi. Mintaqada turizmni rivojlanishidan olinadigan iqtisodiy samara turizm industriyasida qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash shuningdek mintaqadagi kuchsiz iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini rag’batlantirishda namoyon bo’ladi.



Download 44.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling