Reja: O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti va vazifasi
Download 20.79 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonning-eng-yangi-tarixi-mustaqil-ish
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti va vazifasi
Reja: 1. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti va vazifasi. 2.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida 3.Mustaqillikdan so’ng vatanimizdagi o’zgarishlar va tarqqiyot. 4.Bugungi kunda O’zbekistonning butun jahonda tutgan o’rni. O’zbekistonning eng yangi tarixi Mustaqil davlatimizning mustaqillikka erishishi arafasidagi va erishganidan keyingi yillarni ko’rsatib beruvchi fan. Bu fanda Mustaqillikka erishishimizga sababchi bo’lgan shaxslar va omillar haqida o’rganamiz. Yoshlarga o’z tarixini yaxshi bilashda eng katta omil bo’ladi. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib tayinlandi. Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq – 24-iyun ku ni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va un da ma’ruza qildi. Islom Karimov O‘zbekistonda vujudga kelgan o‘ta murak kab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyantni va uning sabablarini chu- qur tah lil qilib achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. «Biz bun dan bu yon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘y maydi»– deb yangi lavozimga qanday ulug‘ maqsad va mas’ uli yat bilan kirishayotganini, o‘z faoliyatida el-yurtning dardu tash vish lari eng oliy mezon bo‘lib qolishini ochiq bayon qiladi. Islom Karimov 25-iyun kuni janjal-to‘polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘ona viloyatiga yo‘l olib, lovullab yonayotgan uylar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning orasiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan ochiq gaplashadi, fojia oqibatlarini bartaraf etish- ning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o‘zbek xalqi- ning milliy o‘zligini anglash kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish,
milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l boshladi. 1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo‘ldi. Bu saylov ning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, oldingi saylovlarda bir deputatlik o‘rniga bitta nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, mazkur saylovda 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrug da qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi.1990-yil 24–31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo‘ lib «O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida» Qo nun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz be rish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlash- da Prezident I.A. Karimovning 1991-yil 6-sentabrda e’lon qilin- gan «O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi tuzish to‘g‘ri si da»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Mil- liy gvardiya tuzildi. O‘zbekiston hududidagi harbiy kommisiyalar, barcha harbiy garnizon va qismlar, chegara qo‘shinlari bo‘linma- lari, havo hujumiga qarshi harbiy qisimlar, harbiy transport avia- tsiyasi, razvetdka qo‘shin lari va boshqa turdagi qo‘shinlar respub- likamiz tasarrufiga olindi. O‘zbekiston hududidan tashqarida xiz- mat qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi. O‘zbekistonlik yigitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qo‘yildi. Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimiz da ro‘y ber gan yangilanish, tub o‘zgarishni yori tish ga kirishar ekanmiz, avvalo, eski musta bid tuzum dan bizga qanday iqtisodiyot meros qol gan ligini eslaylik. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boy liklariga, yer- suv, o‘r mon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila ol mas di, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi. Res pub lika hu dudida quril- gan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaat- lariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rah bariyati, xal qi o‘z hududi- da qancha mahsulot ishlab chiqarilayot gani, ular qa yer da realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltira yot gani dan bexabar edi.
Moliya-kredit, bank siyosati yuritish da qaram edi, o‘zi ning milliy va lutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emas edi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miq- yo si da eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qolgan edi. Mamla- katimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho‘rla nishi, havo va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv iflos la nish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qol- gan edi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshla- boq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlan- tirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlov- chi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. O’zbekiston Mustaqillikka erishganidan ko’plab mamlakatlar va Xalqaro tashkiilotlar bilan hamkorlik qila boshladi. Download 20.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling