To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish zarur.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish ob'ektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Ana shu muhim qoidalar O'zbekistonning mustaqil rivojlanishi va taraqqiyot yo'liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o'tish davrining negizini tashkil etdi. O'tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo'lidan izchil harakat qilishni ta'minladi.
Islom Karimov O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li risolasida (1993 yil) shunday deydi: O'zbekiston uchun o'zi tanlab olgan yo'l ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir.14
Birinchi va ikkinchi tamoyillar, ya'ni iqtisodning siyosat va mafkuradan xoli bo'lishi, davlatning bosh islohotchilik roli haqida turli xil nuqtai nazarlar vujudga keldi.
Iqtisod va siyosat tushunchalari, garchi bir-biridan keskin farq qiluvchi tushunchalar bo'lsada, ammo iqtisodsiz siyosat, siyosatsiz iqtisod mavjud bo'lmaydi. Hamma gap siyosatning qanaqaligida. Adolatli, xalqchil siyosat iqtisod rivojiga to'siq bo'lmaydi. Ammo, adolatsiz, xalq hayotini to'g'ri aks attirmaydigan siyosat iqtisodni bo'g'ib qo'yadi. Siyosat iqtisodga tepadan zo'rlab tiqishtirilmasdan, balki iqtisodiy jarayondan o'sib chiqishi kerak. Yaqin o'tmishda, sobiq ittifoqda siyosat adolatsiz, xalq hayotiga zid bo'lgan qoidalardan iborat bo'lib, iqtisodiy rivojlanish yo'lidagi eng katta to'siq edi. Marksizm mafkurasi ruhida suyagi qotgan iqtisodga zo'rlik bilan o'z hukmini o'tkazishni istagan rahbarlar istiqlolning dastlabki yillarida juda ko'p siyosiy lavozimlarda turishardi. Prezidentning birinchi tamoyili xuddi shu odamlarga qaratilgan edi. Ular xohlaganlaricha o'zboshimchalik qilmasliklari uchun Prezident bu masalani keskin qilib qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |