Reja: O`zbekistonning qulay o`rni
Download 27.68 Kb.
|
Qishloq xo`jaligi Baxtigul
Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotidagi o’rni Reja: 1.O`zbekistonning qulay o`rni. 2. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ko’plab qishloq xo’jalik texnikalari. 3. Qishloq xo`jaligining oldida xal etilishi lozim bo`lgan vazifalar. O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. O’zbekistonning jami yer maydoni 44.4 mln. gektar (2004 y.) bo’lib, shundan 50,8 foizini turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig’indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir. Buning uchun: aholi birdaniga iste’mol qiladigan sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish; -qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi lozim. Hozirgi davrda, bu tarmoqda aholi iste’mol qilayotgan tovarlarning 95 foizidan ko’prog’i ishlab chiqarilmoqda. Ular o’simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlaridan iboratdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining 26,8 foizi qishloq xo’jaligida yaratilgan. Shu yilda barcha sanoat tarmoqlarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17,1 foizi, qurilishda esa 4,5 foizi yaratilgan. Raqamlar qishloq xo’jalik tarmog’ining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shu yilda qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan barcha turdagi tadbirkorlar tomonidan 4732,0 mlrd so’mlik yalpi mahsulot yaratilgan. U asosan 3535,4 ming tonna paxta, 6017,1 ming tonna don, 3315,9 ming tonna sabzavot, 846,3 ming tonna meva, 996,3 ming tonna go’sht, 4280 ming tonna sut, 674,8 ming dona qorako’l teri, 1860,3 mlrd. dona tuxum va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tashkil topgan. Barcha turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarni ishlab chiqarishda respublika iqtisodiyotida band bo’lgan mehnat resurslarining 31 foizga yaqini qatnashgan. Lekin Respublika qishloqlarida jami aholining uchdan ikki qismi yashaydi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar 26 mln. gektarga yaqin qishloq xo’jalik yerlaridan olingan, shundan 3695,7 ming gektari ekinzor. Mamlakat dehqonchiligi sug’orishga asoslanganligi uchun katta miqdordagi suv resurslarini talab yetadi. Lekin bu talab ichki suv resurslari bilan atigi 40 foizgagina qondirilmoqda. Bunday hol Amudaryo hamda Sirdaryo xavzalaridan katta miqdordagi suv resurslarini jalb etishni talab yetadi. Hozirgi davrda qishloq xo’jaligida 42-46 mlrd m suv resurslaridan foydalanilmoqda. Tabiatda yer va suv resurslari cheklangan, ular takror ishlab chiqarilmaydigan resurslar hisoblanadi. Shuning uchun ularning har bir gektaridan, m dan tadbirkorlik bilan fan-texnika yutuqlarini joriy etib, yil davomida to’liq va samarali foydalanish lozim. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ko’plab qishloq xo’jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg’i, yonilg’i, yog’lovchi materiallar va boshqa vositalardan foydalanilmoqda. Masalan, tarmoqda 2004 yilda 78,9 mingga yaqin turli xildagi traktorlar, 22,7 mingtadan ko’proq yuk tashish mashinalari, 4,4 mingtaga yaqin g’alla yig’ishtiradigan, bir mingtaga yaqin paxta teradigan kambayinlar, ko’plab boshqa texnikalardan foydalanilgan. Tarmoq miqyosida yerlarning unumdorligini, ekinlarning esa hosildorligini oshirish maqsadida 332,7 ming tonna mineral o’g’itlardan foydalanilgan. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarilishi natijasida O’zbekistonning mavqyei oshib bormoqda. Hozirgi davrda A va Ye tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish bo’yicha jahonda Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokiston davlatlaridan so’ng beshinchi o’rinni, ularni yeksport qilish bo’yicha esa 2-o’rinni egallab kelmoqda. Shuning bilan birgalikda O’zbekiston jahon bozoriga nihoyatda sifatli bo’lgan qorako’l terisini, pillasini, sabzavot, poliz va bog’dorchilik mahsulotlarini olib chiqib sotmoqda. Lekin Respublikaning bu boradagi salohiyatidan to’liq foydalanilayotgani yo’q. Uni ijobiy hal etish uchun tarmoqda etishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga tayyor mahsulotlarni chiqarish lozim. Bu borada so’ngi yillarda chet el investisiyalarini jalb etib katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni kelajakda jadal sur’atlar bilan rivojlantirish siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda mamlakat aholisining qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi yil sayin ortib bormoqda. 2004 yilda respublika aholisining jon boshiga 160 kg.ga yaqin un mahsulotlari, 135 kg paxta xom ashyosi, 127 kg sabzavot mahsulotlari, 34 kg dan ko’proq kartoshka, 38 kg. go’sht, 164 kg sut hamda 72 donaga yaqin tuxum ishlab chiqarilgan. Demak, mamlakatda aholining unga va un mahsulotlariga bo’lgan talabi qondirilgan. Kelajakda uning sifatini yaxshilashga alohida e’tibor berish talab etiladi. Lekin boshqa mahsulotlar bo’yicha xalqimizning medisina me’yorlari bo’yicha talabi to’liq qondirilganicha yo’q. Bunday xol O’zbekistonda qishloq xo’jaligini yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirilishini taqozo yetadi. So’ngi o’n yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakat qishloq xo’jaligida erkin bozor iqtisodi talablariga mos iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish imkoniyatini beradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich qat’iy ishonch bilan amalga oshirilishini ta’minlab beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchillik bilan hayotga joriy etilmoqda. Masalan, yer fuqarolarga umurbod meros qoldirish huquqi bilan bepul berilmoqda, fermer xo’jaliklariga esa 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilmoqda. Qishloqda mulk islohoti natijasida mulkdorlar sinfi barqaror ravishda shakllanib, rivojlanmoqda. Barcha paxta, g’alladan tashqari boshqa mahsulotlarni etishtirib, ularni sotishda erkinlik berildi. Tadbirkorlarga ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun turli xildagi imtiyozli kreditlar berilgan. Lekin amalga oshirilayotgan tadbirlar o’sib borayotgan talabni to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan barcha turdagi islohotlarni erkinlashtirish, ularni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu kelajakda qishloq xo’jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlab, uning ahamiyatini oshirib, respublika iqtisodiyotining yuksalishini ta’minlaydi. Bizga meros bo`lib qolgan iqtisodiyotning, jumladan qishloq xo`jaligining oldida xal etilishi lozim juda ko`plab og`ir maqsadli vazifalar turar edi. Bu vazifalarni shartli ravishda quyidagicha ifodalash mumkin. Birinchidan, xalq farovonligi, mamlakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni miqdor jihatdan ko`paytirish. Bu borada ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish zarur edi va bu vazifa xozir va kelajakda ham dolzarb bo`lib qoladi. Xozirda aholi iste`moli uchun zarur bo`lgan don ishlab chiqarishga yerishildi. Ammo chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish borasida katta muammolar mavjud. 2000-2004 yilarda aholi jon boshiga o`rtacha go`sht ishlab chiqarish 34 kg, sut ishlab chiqarish 164 kgni tashkil etdi. U tibbiy me`yordagidan ikki martaga yaqin kam. Shu sababli qishloq xo`jaligi mahsulotlarini miqdor jihatdan ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish asosiy maqsadli vazifalardan biri hisoblanadi va bu muammo Respublika Prezidenti va hukumatining diqqat e`tiborida turibdi. Ikkinchidan qishloq xo`jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va assortimentini yaxshilab borish zarur. Ma`lumki O`zbekiston Respublikasi paxta ishlab chiqarishda dunyoda beshinchi o`rinda, paxta tolasini sotish bo`yicha esa ikkinchi o`rinda turadi. Paxta tolasini sotish mamlakat eksportning 18-19 foizini tashkil etmoqda. Mamlakatda yetishtirilayotgan paxta tolasining sifatini keskin yaxshilash iqtisodiyotga juda katta iqtisodiy samara keltiradi. Dunyo davlatlari va Respublikamiz to`qimachilik sanoati talab qiladigan tipdagi tolalar yetishtirishni ko`paytirish zarur. Sifatni va qishloq xo`jaligi mahsulotlari assortimentini yaxshilash zarurati respublika qishloq xo`jaligini rivojlantirishning eng asosiy yo`nalishi sifatida belgilangan. Uchinchidan, qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligini oshirish doimiy zarurat hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish mamlakat qishloq xo`jaligini raqobatbordoshligini kuchaytiradi, aholining turmush sharoitini yaxshilaydi, mahsulot ishlab chiqarishni ko`payishiga va uning sifatining talab darajasiga yetishini ta`minlaydi. To`rtinchidan, qishloq xo`jaligi mahslotlari yetishtirishni nisbatan orzonlashishiga yerishish lozim. Albatta bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jaligi o`ziga kerakli texnika, yoqilg`i,mineral o`g`it, boshqa tovar va xizmatlarni bozor bahosida sotib oladi. O`z mahsulotini esa o`zi uchun foydali narxlarda xamisha ham sota olmaydi. Lekin aholining daromadlarining o`sishi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishidan kattaroq bo`lishini ta`minlash kerak. Xozirda respublika aholisi o`z daromadlarinig 51-52 foizini oziq-ovqat uchun sarflayotgan bo`lsa kelajakda bu ko`rsatkich kamayib borishi (aholining oziq-ovqat bilan ta`minlanishi yaxshilanib borishi asosida) kerak. Beshinchidan, qishloq joylarni, hududlarni imkon darajasida bir me`yorda rivojlanishini ta`minlashga e`tiborni kuchaytirish vazifasi ham juda dolzarb hisoblanadi. Qishloq hududlarini ijtioiy taraqqiyot darajasini yanada yuksaltirish, ish joylarin tashkil etish ko`plab salbiy holatlarning oldini oladi. Prezidentimizning qishloq aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta`minlash to`g`risidagi farmon va qarorlarining qabul qilinishi, maxsus dasturlar ishlab chiqarilishi qishloqni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga e`tiborning kuchli ekanligini ko`rsatadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy siyosat natijasida qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy, ijtimoiy va mulkiy munosobatlar o`zgarishi yuz berdi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotni jumladan, qishloq xo`jaligini tubdan isloh qilishning nazariy asoslari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Prezidentimiz asasrarida iqtisodiy rivojlanishning turli xil konsepsiyalari tahlil etildi. Birinchi konsepsiya – Asosiy ehtiyojlar konsepsiyasiya – aholi eng kam tirikchilik ehtiyojini kafolotli tarzda ta`minlash va ish bilan band qilish muammosini hal etishga qaratilgan; Ikkinchi konsepsiya – Maqbul yoki tegishli texnologiya konsepsiyasi – aholining mehnatga layoqatli qismining bandligini ta`minlaydigan va mahalliy xomashyoni, avvalo qishloq xo`jaligi xomashyosini birlamchi va chuqur qayta ishlashga qaratilgan. Bu konsepsiya eng ilg`or texnologiyalarni rivojlantirish zarurligiga asoslanadi; Uchinchi konsepsiya – O`z kuchiga jamoa bo`lib ishonish konsepsiyasi – mavjud zahiralardan to`liqroq foydalanishga va mamlakat iqtisodiyotini boshqa davlatlarga qaramligiga barham berishga qaratilgan; To`rtinchi konsepsiya – Yangi xalqaro iqtisodiy tartib konsepsiyasi – rivojlanayotgan yurtimizning iqtisodiy qoloqligini tugatish va boshqa davlvtlar bilan teng huquqli sheriklar sifatida faoliyat yuritishiga qaratilgan. Olib borilgan rejali ishlar natijasida tarmoqda ma`lum ijobiy yutuqlarga erishildi. Birinchidan, mamlakat iqtisodiyoti, jumladan qishloq xo`jaligi bozor iqtisodiyoti talablari sharoitida faoliyat ko`rsatishlari uchun kerakli huquqiy asos yaratildi. Tarixan qisqa davrda umuman iqtisodiyotga tegishli 100 dan ortiq qonunlar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Ular qatoriga O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Fermer xo`jaligi to`g`risida, Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida, Dehqon xo`jaligi to`g`risida, Qishloq xo`jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to`g`risida kabi qishloq xo`jaligi tarmog`iga oid qator qonunlarni kiritish mumkin. Mustaqillik yillarida bevosita qishloq xo`jaligiga oid 140 dan ortiq Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi hamda turli me`yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bu qonun va me`yoriy hujjatlar qishloq xo`jaligi korxonalarining xatti – xarakatlarini belgilab beradi. Natijada qonun doirasida iqtisodiy munosabatlarni tarkib toptirish imkoni yaratildi. Qishloq xo`jaligida boshqaruvning ma`muriy buyruqbozlik, iqtisodiy va sotsial pisixologik usullaridan foydalanilganda qonunga asoslanish imkoniyati yaratildi. Ikkinchidan, qishloq xo`jaligida ham amalda ko`p ukladli iqtisod tarkib topdi. Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talabiga ko`ra olib borilgan iqtisodiy siyosat natijasida, turli mulkchilikga asoslangan xo`jalik yurituvchi subyektlar vujudga keldi. Natijada qishloq xo`jaligi korxonalarining asosiy qismi nodavlat mulkga asoslangan bo`lib, bu davlat mulkiga asoslangan korxonalarning kamayishiga sabab bo`ldi. 1991 yilda qishloq xo`jaligi korxonalarining deyarli asosiy qismi (kolxoz kooperativ mulkga asoslangan bo`lganligi bilan amalda davlat mulkiga asoslangan sovxozlardan deyarli farqi yo`q bo`lib qolgan edi) davlat mulkiga asoslangan xo`jaliklar edi. Bugungi kunga kelib qishloq xo`jaligida 406 ta shirkatlar, 55 ta davlat, 135 mingdan ko`proq fermer xo`jaliklari, 564 ta xususiy chorvachilik fermalari va 4481,7 mingta dehqon xo`jaliklari faoliyat ko`rsatib turibdi. 2000 yilda qishloq xo`jaligida yetishtirilgan maxsulotning 98,4% foizi nodavlat mulk shakliga asoslangan xo`jaliklar hissasiga to`g`ri keldi. 2004 yil ma`lumotlariga ko`ra qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 59,7 foizi aholining dehqon, 20,4 foizi fermer va 19,9 foizi yirik shirkat hamda davlat xo`jaliklarida yaratildi. Xususiy mulkchilikka asoslangan fermer xo`jaliklari mustahkamlanib, kuchayib bormoqda. Agarda 1995 yilda bir fermer xo`jaligiga 10,4 gektar yer to`g`ri kelgan bo`lsa 2004 yilda bu ko`rsatgich 28,2 gektarni tashkil etdi yoki 2,7 marotaba kattalashgan. Fermer va dehqon xo`jaliklarining ko`payib borishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyotining uchta ustunidan biri hisoblangan xususiy mulkchilik ham qishloq xo`jaligida qaror topayotganidan va rivojlanayotganidan dololat beradi. Fermer xo`jaligi tarixan qisqa muddat ichida ishlab chiqarshni tashkil etishning samarali shakli ekanligini oqladi. Femer xo`jaliklari o`z mohiyatiga ko`ra resurslarni tejashni ta`minlaydi. Bu xo`jaliklada moddiy manfaatdorlik yuqori. Natijada mehnatning samaradorligi yuqori bo`lib barcha faoliyat ko`proq foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birgalikda fermelikni rivojlantirishda hali juda ko`plab muammolar mavjud. Jumladan, fermer xo`jaliklari hajmining kichikligi, iqtsodiyotining zaifligi, ularga xizmat ko`rsatish tizimining yetarli daajada rivojlanmaganligi, mini texnikalarning yetishmasligi, yetishtirgan mahsulotlarini sotish kanallarining takomilashmaganligi bunga misol bo`lshi mumkin. Bular yechsa bo`ladigan muammolar bo`lganligi sababli hamda fermerlik ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali shakli ekanligini hisobga olib, fermerlik qishloq xo`jaligini rivojlantirishning asosiy yo`nalishi deb haqli hisoblanmoqda. Hozirda yurtimizda fermer xo`jaliklarini 2004-2006 yillarga mo`ljallangan rivojlantiish konsepsiyasi qabul qilingan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Zarar ko`rib ishlayotgan, istiqboli bo`lmagan shirkatlar tugatilib ularning hududida konkurs asosida fermer xo`jaliklari tashkil etilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida Respublika qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklarining ulushi ortib bormoqda. Bir so`z bilan aytganda, qishloq xo`jaligida bugungi kun talabidan kelib chiqib ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari vujudga kelmoqda va ular takomillashib bormoqda Download 27.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling