Reja: O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi
Download 441.86 Kb.
|
Oʻzgarmas tok mashinalari tuzilishi va ishlash prinsipi
Kollektor. Elektr mashinalarida texnologik jihatdan murakkab masalalardan biri, mashinaning aylanuvchi qismi yakor bilan uning qo‘g‘almas qismi induktorni elektr jihatdan ulashdir. Mashinada bu vazifa kollektor-cho‘tka tizimi amalga oshiradi. Kollektor, 4-rasm yakorning o‘qiga maxkamlangan holda aylanadi, cho‘tka kollektor plastinkalariga tegib turadi. Kollektor zanjiridagi tok cho‘tka yordamida tashqi zanjrga ulanadi (elektr dvigatelda aksincha, taqi manba toki cho‘tka orqali kollektor zanjiriga beriladi).
4-rasm. O‘zgarmas tok mashinasinin yakor-kollektor qismi va kollektordagi pulsatsiyali kuchlanish. O‘zgarmas tok generatorida kollektor mexanik to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi, shuning uchun ham o‘zgarmas tok mashinalari ba’zan kollektorli mashinalar deb ham ataladi. 5-rasm. Kollektor va cho‘tkaning mashinada joylashgan holati. Kollektor plastinkalari rangli metalldan, odatda misdan ishlanadi. Yakor chulg‘amining uchlari kollektor plastikalariga tutashadi. Bunda chulg‘am uchlari tutashgan plastinkalar kolektorda o‘zaro 180° ostida joylashgan bo‘lib ―musbat‖ va ―manfiy‖ qutblarni hosil qiladi. Cho‘tka. Kollektor plastinkalariga tegib turuvchi cho‘tkalar yumshoqroq materialdan, asosan grafitdan tayyorlanadi. Izoh: aslida o‘zbek lug‘atida cho‘tka (ruscha ―Щyotka‖ so‘zining buzilgan formasi) so‘zi bo‘lmasa ham, keng iste’molga kirib ketganligi uchun shu so‘z ishlatildi. a b
Bu grafit kontaktlar maxsus asoslarga o‘rnatilgan bo‘ladi va elastik prujinalar yordamida kollektor plastinkasiga uncha katta bo‘lmagan kuch bilan bosilib turadi. Amalda mashina turiga qarab cho‘tka va cho‘tkani tutib turuvchi tutqichlari konstruksiyalar turlicha bo‘lishi mumkin 6-rasm. Mashinaning ishlashi davomida cho‘tka tez yeyilib ketadi va almashtirib turiladi. Shuning uchun konstruksiyalarda bu hisobga olinib, cho‘tkani almashtirish osonroq qilib ishlanadi 7-rasm. 7- rasm. O‘zgarmas tok mashinasi kollektor-cho‘tka qismi va cho‘tka. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uzoq vaqt ishlash davomida grafit cho‘tka kollektor plastinkasiga ishqalanib uni qoraytirib qo‘ygan. Lekin bunda kollektor plastinkasi yemirilmasligi kerak. Download 441.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling