Reja: O'zlashtirishni hisobga olish turlari


Download 21.62 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi21.62 Kb.
#241007
Bog'liq
7-mavzu


Reja:

1. O'zlashtirishni hisobga olish turlari.

2. 0 ‘zlashtirishni hisobga olishga qo'yiladigan umumiy t a ­ lablar.

3. O'quvchilarga berilgan vazifalarni tekshirish.

  1. 0‘zlashtirishni hisobga olish turlari.

Umumtaiim maktablarida ta’limning asosiy maqsadi o'quvchilarga mehnat ta ’limi bo'yicha nazariy bilimlar berish, amaliy ko'nikma va m alakalar hosil qilish hamda shular zaminida o'quvehilarni kasb hunarga yo'naltirish ularda mazkur bilim va ko'nikma negizida m a ’naviy, axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, dunyoqarashlarini shakllantirish, kengaytirish va rivojlantirishdan iborat. Berilayotgan bilim hosil qilinayotgan ko'nikma va malakalar qay darajada o'zlashtirilganligini aniqlash va baholash mehnat va kasb t a ’limi o'qituvchisi uchun ham, o'quvchi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ularni aniqlashda turli shakl va metodlardan foydalaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, yozma ishlar, seminar, zachyotlar, konferensiya darslari, imtihonlar o'tkazish, mahsulotlar tayyorlash va boshqalar. Yuqoridagilarga nisbatan test topshiriqlari a s o ­ sida sinovlar o'tkazish o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashda ancha qulay va samarali yoilanmalardan biri hisoblanadi. Testlardan foydalanish hozirgi Running asosiy talablaridan biridir. Bugungi kunda m ehnat t a ’limi bo'yicha testlar keng qo'llaniladi, bu o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish, sistemalashtirish, o'zlashtirish darajasini aniqlash va baholash maqsadlariga qaratilmoqda.

Testlarni qo'llashning turli xil mezonlari bor. Masalan, dars davomida o'tilgan mavzu yuzasidan 5—10 ta savol tuzib, 4—5 xil variant asosida o'quvchilarni baholash m umkin. Bunda o'quvchi o'tilgan mavzuga yaxshiroq tayyorlanish majburiyatini his etadi, keyin o'quvchilar o'rganib kelishi kerak bo'lgan bob1 ar asosida 25—30 ta test savollari asosida bir soat d a v o m ida baholash mumkin yoki shu savollarni kompyuter dasturiga uzatib, kompyuter xotirasiga joylab bo'lgandan so'ng variantlar asosida o'quvchilarning bilimlari sinab ko'rilsa, nur ustiga a ’lo nur bo'ladi. Joriy hisobga olish. O'zlashtirishni joriy hisobga olish turi kundalik mashg'ulotlar jarayonida amalga oshiriladi va o'quvchilarning mehnat va kasb t a ’limi bo'yicha ilmiy-texnikaviy bilim ­ larini, mehnat ko'nikmalari va malakalarini tekshirishning eng muhim usulidir. O'qituvchi mehnat bo'yicha o'zlashtirish darajasini aniqlashni og'zaki so'rash va suhbat o'tkazish jarayonida yangi materialni m ustahkamlash va topshiriqlarni mustaqil bajarish jarayonida hisob-kitoblar, nazariy-amaliy ishlarni, grafik topshiriqlarini tekshirish, konstruktorlik-texnologik vazifalarni hal qilish, takroriy umumlashtiruvchi savollar berish va tekshirishning texnikaviy vositalaridan foydalanish yo'li bilan amalga oshirishi mumkin. Joriy hisobga olishda jurnalga har bir o'quvchi uchun baholarning to'planishiga katta e ’tibor berish kerak. Xuddi ana shu to'planishga qarab o'quvchining o'zlashtirishni tekshirish darajasi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin. O'zlashtirish bahosini o'quvchining bajargan hamma buyumlariga birdaniga qo'yadigan mehnat t a ’limi o'qituvchilari psixologik, pedagogik va metodik jihatlardan hamda texnik-texnologik yuzasidan noto'g'ri yo'l tutadilar. Chunki buyumlar ish hajmi jihatidan xilma-xil bo'ladi, ulardan ayrimlarini yasash bir-ikki soatga, boshqalari esa bir necha soatga cho'zilishi mumkin. 292 Ba’zan yakunlovchi bosqichda o'quvchi xatoga vo'l q o ‘yib, ishni brak (yaroqsiz) qilsa, o ‘qituvchi unga butun buy u m uchun qoniqarsiz baho qo'yishi mumkin. Bu birinchi qarashda to'g'ri b o i i b ko‘rinishi m umkin, haqiqatda esa bunday emas. 0 ‘qituvchi o ‘quvchining buyumini tayyorlash jarayoniga kirgan har bir operatsiyani bajarish uchun qilgan ishini baholashi va q o ‘pol xatoga yo‘1 qo'yilgan operatsiya uchungina qoniqarsiz baho qo'yishi kerak edi. U m u m an bu o'rinda o ‘quvchining olgan bahosi «2» emas, balki ijobiy baho bo‘ladi. Mehnat bo'yicha o ‘quvchilarning o ‘zlashtirishini aniqlash vaqtida o ‘qituvchi baho qo ‘yishga har tom o n la m a yondashmog‘i kerak. 0 ‘quvchi jurnalda o'ziga qo‘yilgan har bir bahoni bilishi lozim. Davriy hisobga olish. 0 ‘quvchilarning bilimlari, mehnat ko'nikmalari va malakalalarini tekshirish shakllaridan biri ularning o'quv choragi, varim yillik va yillikdagi o'/lashtirishini hisobga olishdir. 0 ‘quvchilarning joriy o ‘zlashtirishini o ig an is h va maxsus o'tkazilgan nazorat-tekshirish ishlari sinov tariqasidagi so‘roqlar (takroriv, umumlashtiruvchi darslar vaqtida) asosida o ‘quv choragi, varim yillik va yillik uchun baholar qo'yiladi. Chorak baholari odatda o'qituvchining har bir o'quvchini puxta o'rganish, uning ilmiy-texnikaviy bilimlarini, mehnat ko'nikmalari va malakalarini m untazam tekshirishi va chuqur tahlil qilish natijasi bo'lishi lozim. 0 ‘quv choragi uchun qo'yilgan baho joriy baholarning o‘rtacha arifmetik miqdoridan iborat bo'lmasligi kerak. Bu haqiqiy ahvolni buzib ko'rsatish, o'qituvchining baho qo ‘yishga ijodiy yondashish singari m uhim tushunchaga e ’tibor bermasligi b o i a r edi. Bu o'rinda har xil metodik-pedagogik omillar hisobga olinishi lozim. Bunday omillardan eng muhimi o'quvchiga joriy baho qo'yilgan materialning ahamiyatiiligidir. Masalan, joriy baholar bir xil bo'lgani holda, har xil o'quvchilarga chorak baholari hamisha birday qo'vilmaydi. Tabiiyki, joriy baholar bir xil bo'lar ekan, chorak bahosi ham ularga muvofiq kelishi kerak. Baholar bir xil bo‘lmaganda chorak bahosi ulardan eng ko‘piga muvofiq ravishda qo'yilishi kerak. Misol keltiramiz: o ‘quvchi chorak davomida «4», «3», «2», «4» baholar olgan, lekin «3» va «2» baholarni mehnat va kasb t a ’limi dasturining asosiy boiim larini o'rganishda olgan. Bu verda «4» 293 baho asosiy o'rinni olsa ham baribir 0‘qituvchi chorak uchun bu o ‘quvchiga «3» baho qo'yishi kerak. Bu misol o'quvchilarning bilimi, mehnat ko'nikmalari va malakalarini tekshirishning muvaffaqiyati umuman va muayyan holda ko'p jihatdan davriy tekshirish o'tkazish vaqtida o'qituvchining masalaga ijodiy yondashuviga, har bir o'quvchining yakka xususiyatlarini va baho qo'yish mezonlarini chuqur bilishiga bog'liqligini yaqqol ko'rsatib turibdi. O'quvchilarning o'zlashtirishini yakuniy hisobga olish turi o'quv yilining oxirida sinov tariqasida amaliy ishlarni o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi, mehnat tayyorgarligi darajasi kasb ta ’lim darajasiga yetkazilgan maktablarda esa, 9-sinf oxirida, maktabni bitirish paytida ixtisos imtihonini topshiradi. Sinov tariqasidagi amaliy ishlar o'quvchilarning o'quv yili mobaynida o'zlashtirilgan asosiy mehnat operatsiyalarini o'z ichiga olgan topshiriqni mustaqil bajarishdan iborat bo'ladi. Vaqt jihatdan bu topshiriq ko'pi bilan 2—4 o'quv soatga mo'ljallanishi kerak. Bunday ishlarning maqsadi o'quvchilar o'z ishlarini mustaqil rejalashtirishini qanchalik o'zlashtirib olganliklarini, ish jo'yini tashkil etishni, chizmalar va texnologik xaritalaridan, ish va nazorat-o'lchov asboblaridan to'g'ri foydalana olish lari n i, ishni belgilangan vaqt normasida ulgurishlarini, bilimlarini amalda tatbiq eta olishlarini aniqlashdan iborat.

2. O'zlashtirishni hisobga olishga qo'yiladigan umumiy talablar. Mehnat bo'yicha yakuniy (yillik) baho o'quvchilarga chorak baholari va sinov tariqasidagi amaliy ishni bajarishlari uchun olgan bahosi asosida qo'yiladi. Yakuniy baholashni o'tkazish o'quvchilarning malaka talab qiluvchi ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdangina iborat bo'lmav, balki vozma ishlarni va og'zaki javob berishni yaxshi ado etishdan ham iboratdir. Ko'pincha vozma ishlarni bajarish o'quvchilarda qiyinchilik tug'diradi va materialni darslik yoki boshqa manbalardan yuzaki ko'chirib olishdan, o'zining ijodiy fikrini bayon qilmaslikdan iborat bo'lib qoladi. Albatta, yuzakichilik har qanday ishda bo'lganidek bu o'rinda ham faqat zarar keltiradi. Bu yerda ko'p narsa mehnat ta’limi o'qituvchilariga, uning talabchanligi va qat’iyligiga, baholashga qo'yadigan talablari va o'quvchilarning yakka xususiyatlarini hisobga olgan holda vozma ishlari uchun malakali ravishda mavzu tanlashga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi butun ishlab chiqarish t a ’limi davri mobaynida o'quvchilarga darsliklar, so'rovnomalar, texnikaga oid boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o'rgatishi, ularda texnikaviy tafakkur elementlarini rivojlantirishi kerak. O'quvchilarning mashg'ulotlarda va uyda texnologiya jarayonlarini ishlab chiqish, o'quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarish. Texnikaviy masalalarni hal qilish sohasidagi mustaqil ishlarni mohirlik bilan tashkil etish, kelgusida mehnat ta’limini o'zlashtirganlik sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishni t a ’minlovchi m u h im omillardan biri hisoblanadi. Mehnat t a ’limi va kasbga yo'llash bo'yicha topshiriladigan yakuniy nazoratning asosiy mazmuni og'zaki so'rashdan va fan dasturi hajmida amaliy ishlarni bajarishdan iboratdir. Og'zaki sinovlarni biletlar bo'yicha emas, balki ilgaridan tayyorlab qo'yilgan savollar (testlar) asosida o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o'qituvchi o'quvchilar bilan amaliy suhbat o'tkazadi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'laydi. Shunday qilib, o'quvchilarning mehnat ta’limi bo'yicha o'zlashtirishni to'g'ri hisobga olish ularning bilimlarini, mehnat ko'nikmalari va malakalarini mustahkamlashga yordam beradi, intizomini, ta’lim olishdagi faolligi va mustaqilligini oshiradi, ularning m a s ’uliyatini kuchaytiradi va ta’lim ning sifatli bo'lishini ta’minlaydi.



3. O'quvchilarga berilgan vazifalarni tekshirish. O'quvchilar bilimi va ko'nikmalari darajasini tekshirishning bu metodi butun tekshirish tizimida asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Psixologlarning tasdiqlashicha, o'quv materialini kitob bo'­ yicha yoki o'qituvchining so'zlaridan eslab qolish yo'li bilan bir marta ishlab chiqqanda, hatto kuchli o'quvchilar ham uning taxminan 70-75% ini yaxshi o'zlashtirishiga muvaffaq bo'ladi. Demak, uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish, nazoratning boshqa metodlari bilan bir qatorda, o'quv materialini o'zlashtirish sifatini hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Uyga berilgan vazifalarni tekshirish vaqtida tekshirishning bir metodiga ko'proq e'tibor berish va bunda boshqa samaraliroq metodlarni inkor etish yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Keyingi vaqtlargacha o'quvchilar uyga berilgan topshiriqlarni darsning boshlanishidan oldin so'rash (buning uchun bir necha o'quvchini doska yoniga chiqarib, darsning ko'p vaqtini sarflash) tarafdori 295 edilar. Burring natijasida yangi materialni o'tish uchun vaqt yctishmas, yangi mavzu shoshma-shosharlik bilan tushintirilar, bu esa o ‘quvchilarning uyga berilgan navbatdagi vazifalarga tayyorgarlik ko'rishida qo'shimcha qiyinchiliklar tug'dirar edi. Lekin yuqorida aytilganlarga ko‘ra uyga berilgan vazifalarni tekshirishning bunday metodidan foydalanmaslik kerak, degan xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo ‘lar edi. Aksincha, agar yangi o‘rganilayotgan mavzu bilan m ustahkam bog‘liq bo'lsa va but u n ­ lay uning materiali asosida tuzilgan bo‘lsa, bu metodning a h a m i ­ yati kattadir. O'quv materialining xarakteriga, dars tipiga, uning maqsad hamda vazifalariga to'la-to'kis muvofiq keladigan tekshirish metodi to'g'ri tanlangan metod hisoblanadi. Uyga berilgan vazifalarni tekshirishni, yangi materialni o'rganish yoki darsda ilgari tayyorlangan vazifalarga o'xshash yangi material mashqlarini bajarish bilan qo ‘shib olib borish o'zining ijobiy tomonini ko'rsatadi. Bunda h a m m a o ‘quvchilar ishga jiddiy kirishib ketadilar, chunki uyga berilgan vazifa yuzaki emas, balki astoydil tekshirilavotgan 1 igini ko'rsatadi va shu sababli ularning vazifalarni bajarishga bo'lgan munosabati o'zgaradi. O'quvchilarning uyga berilgan vazifalarni bajarishdagi bilimlari va mehnat ko'nikmalarini tekshirishda nazoratning texnikaviy vositalaridan foydalanish katta yordam ko'rsatadi. Bu vositalar tekshirishning boshqa metodlari bilan birga qo'shib olib borilganda yaxshi natija beradi. Amaliy laboratoriya ishlarini tekshirish. Amaliy laboratoriva ishlari ta’lim metodi sifatida o'quvchilarda g'oyaviy va mafkura dunyoqarashini, ayniqsa, tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar yuzasidan shakllantirish ishida katta ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilar amaliy laboratoriya ishlari jarayonida kuzatishlar olib boradilar. Tajriba bosqichlarini aks ettiruvchi lahzalarni chizadilar, kuzatishlarni yozib qo'yadilar, olingan natijalarni qayta ishlaydilar va vozma hisobotlar tuzadilar. 0 ‘qituvchi laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida o'quvchilarga yordam berib boradi, o'zining kundaligiga har bir o'quvchining mustaqillik darajasini, ayniqsa mashg'ulotning zveno shaklida topshiriqlarning to'g'ri bajarilganligini, o'lchovlar. tuzilgan eskizlar, chiqarilgan xulosalarning to'g'ri 1 igini tekshiradi va qayd qiladi. 296 Shunday qilib, amaliy laboratoriva ishlari jarayonida o'qituvchining tekshirishi natijasida aniqlangan m a ’lumotlar va tayyorlangan yozma hisobotlarning natijalari o'quvchilarga obyektiv baho qo‘yishni t a ’minlaydi. Amaliy laboratoriya ishlariga yakun vasaganda o'qituvchi o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan yozma hisobotlarga baho qo'yish bilan cheklanmasligi kerak. Butun guruh ishtirokida bu hisobotlarni m uh o k am a qilish, yo‘l qo'yilgan kamchiliklarni ko'rsatib o'tish va xulosalarni oydinlashtrish muhimdir. Ana shunday tekshirishgina amaliy laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida olingan bilimlarning va mehnat ko'nikmalarining sifatli bo'lishini ta’minlaydi. Texnikaviy vazifalarni hal qilishni tekshirish. O'quvchilar bilimi va ko'nikmalarini tekshirishning bu metodi keyingi vaqtlarda tobora dolzarbroq bo'lib bormoqda. Bunga sabab shuki, xilmaxil texnikaviy vazifalarni hal qilish ning o'zi ijodiv,- texnikaviy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa o'quvchilarning mehnat tayyorgarligi mazmuniga nisbatan qo'yilayotgan asosiy talablardan biridir. O'qishga qiziqish uvg'otish uchun o'quvchida bilim olish faoliyati bilan shug'ullanish ehtiyojini vujudga keltirish kerak, bu faoliyat qiziqarli texnikaviy vazifalarni hal qilish jarayonida namoyon bo'lishi mumkin. Shu bilan birga o'quvchini shunday sharoitlarga qo'yish kerakki, u o'zi olgan bilimlaridan bemalol fovdalangan holda bi 1 ishga oid ijodiy vazifalarni hal qilish uchun ko'p irodaviv kuch sarflasin. O'quvchilarda xayolni ishlatish, bilimlar va mehnat malakalaridan faol foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ijodiy-texnikaviy vazifalar ayniqsa katta qiziqish uyg'otadi. Muayyan eskiz bo'yicha bajariladigan, ijodiy ish uchun o'rin qoldirmaydigan vazifalarni hal qilish o'quvehilarni unchalik qiziqtirmaydi. Shuning uchun o'quvchilar tomonidan bajarilgan texnikaviy vazifalarga baho berishda o'qituvchi turli omillarni, chunonchi: hal qilish usulining qulayligini, vazifani hal qilish vaqtida o'quvchining fikrlashiga xos bo'lgan mantiqiymazmuniy tavsilot, olingan bilimlardan mohirlik bilan fovdalana bi 1 ish, konstruktiv-texnikaviy yoki texnologik hal qilishning qimmatliligi, chiqarilgan xulosalar va um um lashm alarning muhimligini hisobga olish lozim. Mustahkamlash uchun savollar:

1. O'zlashtirishni hisobga olish qanday turlarga bo'linadi?

2. O'zlashtirishni hisobga olishga qanday um umiy talablar qo'yiladi?

3. Joriy hisobga olish qachon amalga oshiriladi?

4. Davriy hisobga olish ta’lim jarayonining qaysi bosqichida olinadi?

5. Yakuniy hisobga olish qachon amalga oshiriladi?

6. O'quvchilarga berilgan vazifalarni tekshirish qay tarzda amalga oshiriladi? Mustaqil ta’lim topshiriqlari:

1. M ehnat ta'limi yo'nalishlari bo'yicha mavzularga oid testlar tuzish va ularni baholash mezonlarini ishlab chiqish (topshiriq variantlari o'qituvchi tomonidan beriladi).



2. Mehnat ta'limi yo'nalishlari bo'yicha yakuniy nazorat uchun savolnomalar tuzish va ularni baholash mezonlarini ishlab chiqish (topshiriq variantlari o'qituvchi tomonidan beriladi).
Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling