Reja: Parazitizmni turli XIL ko’rinishlari. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari. Parazitizmni kelib chiqishi
Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari
Download 27.17 Kb.
|
PARAZIT BUG
Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari. Ba’zi erkin yashovchi organizmlar turli tasodiflarga ko’ra boshqa organizmlarga tushib qolib, yashab ketish hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. Fakultativ parazitizm parazitlarni kelib chiqishini o’rganishda muhimdir.
Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o’tishida ularning tuzilishi va fiziologiyasida o’ziga xos xususiyatlar hamda ma’lum sharoitlar mavjud bo’lishi shart. M: xo’jayinlarni hazm shirasi ta’sir qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega bo’lishi, anaerob sharoitda yashay olishi kerak. K.I.Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida ulardan erkin yashovchi nematodalar(Rhabditis)ni topgan. Nematodalarning rhabditis avlodida ana shu xususiyatlar mavjud. Natijada shu xususiyati erkin formalarini (Rhabditis) odam parazitiga aylanish imkonini beradi. Demak parazitlar fakultativ yo’l bilan ham paydo bo’ladi. Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim organizmlar evolutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yashayolmaydi (masalan, yomg'ir chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin), turli pashsha, chivinlarning lichinka yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli kasallik belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko’ngil aynashi, qayt qilish va hokozo). Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin sutemizuvchilar uchun esa parazit hisoblanadi. Parazitlar xo’jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaqtinchalik va stattsionar (doimiy) parazitlarga bo’linadi. Vaqtinchalik parazitizmda – parazit xo’jayin organizmida vaqtinchalik yashaydi, normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko’paymaydi. Bunda parazit va xo’jayin o’rtasida garmonik bog’lanishlar bo’lmaydi. Parazit faqat oziqlanish vaqtida xo’jayinga tashlanadi. Bularga ko’pgina qon so’ruvchi ektoparazitlarni misol qilib ko’rsatish mumkin(chivinlar, pashshalar, kanalar, qandalalar, zuluklar va boshqalar). Stattsionar parazitizm ikkiga bo’lib o’rganiladi. Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda – organizmlarning rivojlanish sikllarida parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar lichinkalik davrida parazit (larval parazitizm, m: mermitidalar). Ayrimlari esa voyaga yetgan davrida(imaginal) parazitlik qiladi (m: nematodalardan-Strongilidalar). Doimiy parazitizmda parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivojlanishning hamma bosqichlarini xo’jayin tanasida o’tkazadi (bitlar, junxo’rlar, parxo’rlar, qichima kanalari va boshqalar). Shuningdek, obligat hamda fakultativ xo'jayinlar ham uchraydi. Rivojlanishi uchun qulay sharoit bo'lgan organizm parazitning obligat yoki haqiqiy xo'jayini hisoblanadi Jigar qurtining haqiqiy xo'jayini qo'y), aksincha parazitning rivojlanishi uchun qulay sharoit yetarli bo'lmagan organizm fakultativ xo'jayin deyiladi (o'rdaklarda drepanidoteniylar). Ayrim hollarda giperparazitizm (o'ta parazitlik) uchraydi. Bunda bir parazit ikkinchi parazitning tanasida yashaydi. Masalan, ayrim bir hujayrali hayvonlar – apikomplekslar(sporalilar)dan nozemalar toksakara degan nematodaning jinsiy organlarida yoki nematodalardan bunostomalar tasmasimon chuvalchanglardan - moniyeziylarning tanasida parazitlik qiladi. Transo’varial parazitizm - (kasallik qo’zg’atuvchilari bilan avlodlarini zararlantirish) kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib olgan ektoparazitlar: kanalar, qandalalar, o’zlarining avlodlarini ham shu kasallik qo’zg’atuvchilari bilan zararlaydi. Tuxumdan chiqqan kana, qandalalar sog’lom odam va hayvonlarni chaqsa kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling